Bir musulmon yarim
tunda köchadan uyi tomon
qaytardi. Köchada ikki rus yigiti
bir-biri bilan janjallashishardi. Bu
janjal mushtlashuvga aylanib
ketdi. Musulmon öz e'tiqodi
talablariga köra ularni ajratib
qöyishga oshiqdi. Ayni shu
vaqtda janjallashayotganlardan
biri ikkinchisini pichoqlab qöydi.
U pichoqni nima qilishni bilmay
qolgan musulmonning qöliga
tutqazib, özi qochib qoldi. Tez
orada militsiya yetib keldi.
Yigitni qotillikda ayblab hibsga
olishdi. Qotil emasligini
aniq dalillar bilan isbotlay
olmagani, guvohlarning yöqligi
sabab uni 6 yilga qamashdi.
Qamoqxona Sibirda
joylashgan edi va haddan
tashqari sovuq edi. Eng yomoni
esa, qamoqxonadagi
maxbuslarning qalblari Sibir
havosidanda sovuqroq edi. Yigit
har kuni 5 vaqt namozni kanda
qilmasdi. Öz farzlarini astoydil
ado etardi. Lekin uning namoz
o'qishi qamoqxonadagi
xodimlarga yoqmasdi. Qahraton
yanvar kunlarining birida,
harorat -45 daraja sovuqligiga
qaramay
bir badfe'l xodim musulmonni
yengil kiyimida köcha
kalonnasiga uloqtirdi. Tashqari
shu qadar sovuq ediki,
musulmon qilich bilan tanasini
kesib tashlashayotgandek his
qilardi özini. Sovuqdan ko'zlarini
ochishga qiynalardi. Qorong'u
tushgach, sovuq battar
kuchaydi. U tinmay Ollohga
yolvorardi: Meni bu azobdan
qutqar, Tangrim! Oxiri tanasi
butunlay muzlab qoldi. Sekin
xushidan
keta boshladi. Shu paytda bir
yorug'lik paydo böldi va asta-
sekin unga yaqinlasha boshladi.
Bu bir oq ayiq bölib, uning tanasi
juda kata edi. Oq ayiq
musulmonni bag'riga oldi. Uning
tanasi shu qadar issiq
ediki, yigit uxlab qoldi. Ayiq ham
qilt etmay yotardi. Ertasiga
ertalab
qamoqxonada shov -shuv
tarqaldi: tungi navbatchilikda
turgan ikki nafar sovuqdan
muzlab qolgan kishining jasadi
topildi. Sal o'tmay yana bir shov-
shuv kötarildi: kecha
ko'cha qamog'ida yotgan
musulmon yigiti ustida bir dona
ko'ylagi bilan qamoqxonaga tirik
va tetik holda kirib keldi! Olloh
hech qachon unga iltijo qilgan
bandasini yolg'iz tashlab
qo'ymaydi! E'tiqodimiz
mustahkam bölsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев