Ism – insonning bir umrlik hamrohi. U xoh qiz bolalar, xoh o‘g‘il bolalar ismi bo‘lsin, ham chiroyli, ham ma’noli bo‘lishi kerak. Kimdir noodatiy, kam uchraydigan, yana kimdir esa taniqli va ko‘p qo‘llaniladigan ism qo‘yishni xohlaydi.
Factorname nashri O‘zbekistonda eng ommabop ismlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Nashr besh mingga yaqin yoshlarning (17 yoshdan 25 yoshgacha) ismlarini tahlil qilib chiqqanda, 200 dan ortiq turdagi ismlar ma’lum bo‘ldi. Ular ichida “Abdu”, “bek” va “jon” kabi qo‘shimchalar bilangina farqlanuvchi ismlar umumlashtirildi. Masalan, Sardor, Sardorbek, Mirsardor, Sardorjon ismlari Sardor ismi ostida birlashtirildi.
Marhamat, eng ommabop o‘g‘il bolalar ismlari 20 taligi bilan tanishing:
Sardor
Bekzod
Doston
Sherzod
Bobur
Jasur
Otabek
Ulug‘bek
Islom
Alisher
Nodir
Dilshod
Anvar
Jahongir
Aziz
Oybek
Sirojiddin
Javohir
Jamshid
Rustam
Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommabop o‘g‘il bolalar ismi bu – Sardor ekan. Rahbar, boshqaruvchi degan ma’no anglatuvchi ushbu ism so‘rovnoma bo‘yicha 25 ming yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1