Uyga qaytganimda ayolim kechki ovqatga dasturxon tuzayotgan ekan. Uni qo`lidan tutib yonimga o`tkazdim va jiddiy gapim borligini aytdim. U jim o`tirib meni tinglardi. Imkon qadar ko`zlariga qarab gapirishga urinardim, biroq ulardagi o`g`riq meni sozlashimni qiyinlashtirardi. Nafasimni jamlab keyingi kunlarda ichimda o`ylab yurganimni shart aytdim qo`ydim: “Sen bilan ajrashmoqchiman”.. Uni bu so`zlarim hayratga solmadi va u sokinlik bilan “Nega?” deb sababini so`radi. Javobdan o`zimni olib qochdim, unga bu harakatim yoqmadi. Nima deb aytishim kerak edi? Hotinimni sevmay qo`ganimga ancha bo`lgan, hozir ko`nglim butkul Dilraboga tegishli. Ertasi kuni ishdan qaytganimda hotinim nimalarnidir yozib o`tirgan edi. Indamay kirib yotdim, Dilrabo
bilan o`tgan kunim ta`surotlarini o`ylab shirin uyquga ketibman.
Ertalab ayolim qo`limga bir parcha qog`oz tutkazdi. Unda bir shart yozilgan edi. U men bilan ajrashishga qarshilik qilmasligini va buning
evaziga mendan biroy muddat so`ragan edi. Shu bir oyni baxtli oiladek
o`tkazishimizni iltimos qildi. Sababini oddiygina tushuntirdi. Yaqinda o`g`ilchamiz maktabga borishi kerak edi va yomon ta`surotlar bilan o`qishni boshlamasligini hohlardi. Men rozi bo`ldim. Uning yana bir kichkinagina sharti bor edi. Turmushimizning ilk oyidek uni har tongda
uy ichidan qo`llarimda ko`tarib eshik oldigacha olib chiqishimni so`radi. Ayolim ajrashish oldidan aqldan ozibdi degan hayol keldiyu indamadim, shu bilan qutulsam mayli. Ayolimga nisbatan hohish istagim ham yo`q edi, meni yana o`ziga isitib oladi desam. Begonani ko`targandek ko`tarib yurarman bir oy. Birinchi kun g`alati o`tdi. O`g`lim bizni ko`rib qiyqirib yubordi: “Ada nega oyimni ko`tarib oldiz?”. Hotinim ajrashish
haqida zinhor gapirmasligimni iltimos qilganligi uchun men jilmayib qo`ya qoldim va kocha eshigigacha ko`tarib bordim. U ishga ketdi…
Har tong shunday o`ta boshladi. Har safar ayolimni qo`limga olarkanman qandaydir iliqlik paydo bo`layotgandek tuyulardi. Men o`zimni ishontirardim boshqasini sevaman deb. Dilraboni oldiga oshiqardim. Bir oy bo`lishiga ikki kun qolganda..........Davovi bu grupada mana manzil
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=56889255526446&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1155
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев