Предыдущая публикация
Tangridan bahtim-u, toleim kutgan.
Endi esa g'amlarimga g'amgusor onam.
Mening yo'llarimga intizor onam.
Men kulsam kuldingiz, yig'lasam yig'lab,
Yiqilsam, yelkam uzra bardosh bo'ldingiz.
Men bo'lsam omadning ortidan quvib,
Ketdim uzoqlarga bag'ringiz tig'lab.
Qaniydi bo'lsangiz hozir yonimda,
Yelkangizga boshim qo'yib, to'yib yig'lasam.
Alam-alam dardlarimni aytib yig'lasam,
Boshim uzra doim parvonam onam
Ko'zlari yo'limda intizor onam.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев