Men asiri g‘amzai bir guluzor o‘ldim
yana,
Mubtaloi ikki zulfi tobdor o‘ldim
yana.
Kunji g‘am ichra tunu kun intizor
o‘ldim yana,
Ko‘yida qon yig‘lamay, naylayki, zor
o‘ldim yana.
Oh, bu yerda turolmay, beqaror
o‘ldim yana.
Vasli umidi bila chashmim to‘kar
chun oshkor,
Yig‘lagayman kechalar hijroni birla
zor-zor,
Qolmadi dardi firoqida inonu ixtiyor,
Hasratida dilda dardim, ko‘z
yoshimdur shashqator,
Men giriftori o‘shal Shirinshior
o‘ldim yana.
Oh, bir soat kelib, holing nechun,
deb so‘rmadi,
Kelsa negah, loaqal bir lahzae
o‘lturmadi,
Kechalar tortgan firoqida azobim
ko‘rmadi,
Boshima shafqat niholi soyasin
soldurmadi,
Naylayin, bir mehrsiz yora duchor
o‘ldim yana.
Noz ila gulshanda ochti orazin ul
sarvinoz,
Oldi xushimni boshimdin, ayladi
beimtiyoz,
Lol o‘lub qoldim qilolmasdin boqib
ifshoyi roz,
Kechti umri mustadomi hasratida
qishu yoz,
Bu tamannolar bila beixtiyor o‘ldim
yana.
Nolayu afg‘onima yerda bashar,
ko‘kda malak
Sabr etolmas, charx urub holimg‘a
yig‘lab no‘h falak,
Mumkin ermasdur g‘amim sharhini
aytmak yak-bayak,
Mumkin ermas hasrati Bimiyni
mahsub aylamak,
G‘ussau, g‘am naqdi birla beshumor
o‘ldim yana.
Bimiy
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев