)Oddiy qizlar yaxshi
bo'ladi.. Bo’z yigitlar baxshi bo’ladi
Oshiqlarning naqshi bo’ladi Hayotimda
bildimki shuni Oddiy qizlar yaxshi
bo’ladi.. Hayolari yo’lni to’sarkan
Obro’lari obdon o’sarkan Gap otsangiz yuzi qizargan Oddiy qizlar yaxshi
bo’ladi,, Huzuriga ne bor olib kel Sarpo
aylab barin solib kel Ko’zlari
mung ,yuzlari sepkil Oddiy qizlar
yaxshi bo’ladi.. Oriyatning bo’g’ida
yurgan Sovchiga choy kulib keltirgan Onasining gapiga kirgan Oddiy qizlar
yaxshi bo’ladi.. Soy bo’yida hayol sursa
ham Yig’lasa ham ,kulib tursa ham
Uzun ko’ylak kiyib yursa ham Oddiy
qizlar yaxshi bo’ladi.. Ichlariga
saqlagan rashkin Ko’z-yoshlari daryodan toshqin Ro’moliga yashirgan
ishqin Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..
Biling do’stlar azaldan – azal Arzir alar
sha’niga g’azal Izlasangiz vafodor
go’zal Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..
O’tmishlardan izlasak ibo Momolardan kelmish bir sado Tannozxonlar keltirar
balo Oddiy qizlar yaxshi bo’ladi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев