Dilni ezib yig'latmas sözlar,
Kulib yurgin deganda döstlar,
Yetar endi kulib yashayman.
Balki dardlar yiroqlab qolar,
Muhabbat ham oldinda borar,
G'am tashvishlar izsiz yöqolar,
Yetar endi kulib yashayman.
Shamol esib yomg'irlar yoqsa,
Xazonlari loylarga botsa,
Onam menga kulibroq boqsa,
Shunda men ham kulib
yashayman.
Sevib qolsam armon bölsa ham,
Döstlar ketib dushman kelsa ham,
Vujudimga nishlar kirsa ham,
Yetar endi kulib yashayman,
Yozda qolib kuyib yonmayman,
Kuzda esa hazon bölmayman,
Qishga yetib muzlab qolmayman,
Bahor kabi gullab yuraman,
Endi faqat kulib yuraman.
Bugun seni s6ngi bor eslab,
Yonib yig'lab,bag'rimni tig'lab,
Bor g'amlarim ortimga tashlab,
Endi faqat kulib yuraman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1