- Assalomu alaykum. Iroda, sizmisiz?
- Vaaleykum assalom. Adashdiz.
- Bilmasam, shu raqamni berishgandi.
- qaysi raqamni terdiz uzi?
- 322-xx-xx, 90 lik kodi.
- Lekin bu mening raqamim. Notoғri yozib olgandirsiz.
- Bolishi mumkin. Kechirasiz...
- Ҳechqisi yoq. Salomat boling.
- Uzr, ochirmay turing.
- Nega, tinchlikmi?
- Biroz suxbatlashsak, nima deysiz?
- qiziq ekansiz-ku. Men sizni tanimasam, nimani gaplashaman?
- Ismim Baҳrom. YOshim 24 da. Eski shaqarda yashayman. “Ipoteka-bank”da ishlayman...
- Toxtang, shoshmang. Tarjimai ҳolizni aytib bermoqchimisiz deyman.
- Yog'-e, ozimni tanishtirmoqchi edim xolos. Mana endi kimligimni bildiz.
- Ҳmm, gapga usta ekansizku.
- Unchalik emas aslida. Bilmadim, negadir siz bilan gaplashgim kelyapti juda.
- Sabab?
- Xafa bolmang-u, ovozingiz yoqimli ekan.
- Ҳmm, shunaqa deng.
- Shunaqa. o'zizni ismiz qanday?
- Kechirasiz, Baxromjon. Siz bilan gaplashishga vaqtim ҳam, xoxishim ҳam yoq.
- Nega? Biror nojoya gap aytdimmi?
- Yoq, ҳammasi joyida. Shunchaki, duch kelgan odam bilan gaplashib ketadigan odatim yoq.
- Lekin bu taqdir bolsachi?
- Tushunmadim. Tақdirning nima aloqasi bor?
- Aytmoqchimanki, balki taqdir bir-birimizga bog'lab bergandir xozir. Umuman boshqa odamga qongiroq qilib. mana siz bilan gaplashyapman.
- Ooo! Fantaziya kuchli ekanku Baxromjon! - Inkor qilmayman. qayolparastlik bor yaxshigina )))
- Mayli, ҳayollariz bilan vaqtiz mazmunli otsin. Ҳayr...
- Toxtang, toxtang, toxtang!!!
- YAna nima deysiz?
- Odamlar baribir qandaydir sabab bilan tanishadiku. Keyinchalik bir-biriga ma’qul kelsa xayotini xam bog'lashadi.
- Ie, xali sizga turmushga chiqishimni ҳam sorarsiz.
- Nima qilibdi? o'zimni maqtamayman-u, lekin boshqalardan kam joyim yoq.
- Xaqiqatda qayolparast ekansiz. Salomat boling...
- Xop, bittagina oxirgi savolim bor.
- Xosh?
- Tasavvur qiling. Mana men xozir sizni raqamingizni bilib oldim. Raqam aniq sizniki, oziz aytdiz. Ҳozir menga ҳayr deb unutib yuborishiz ҳam mumkin. Men xam boshqa bezovta qilmayman, telefonda.
- Nima deganiz bu?
- Aytmoqchimanki, men raqamiz orqali kimligizzi, qaerda yashashizzi surishtirib, ortizdan kuzatib yurib, keyinchalik uyizga sovchi yuborsamchi?
- Exe, oddiy xayolparast emas, ularning eng kattasi ekansizku!
- Bexazil. Uyizga sovchi qoyib tinmayman, oxiri uchrashasiz, yoqsam rozi bolasiz. Lekin men ekanligimni bilmaysiz. - Shunday qilaқoling unda. Ҳayr.. - Toxtang oxirigacha eshitmadiz. Men sizga taklif qilmoqchi bolganim. Keling telefonda gaplashib turaylik. Bir-birimizni, dunyoqarashimizni organamiz. Umuman notanish odam bilan ҳayotizni boglagandan kora taniganiz, sinaganizga turmushga chiqsez yaxshimasmi?
- Baxromjon, xafa bolmang. Gap-sozizdan aqlli, uddaburon yigitga oxshaysiz. Meni sizga turmushga chiqish niyatim yoq. Ming tanib, bilgan taqdirimdayam tegmayman sizga. Lekin kayfiyatimni kotardiz, raҳmat. Sizdek ajoyib ҳayolparastlar borligini bilmas ekanman. -
Demak, javobiz - “Yoq”.
- xuddi shunday. Sog' boling.
- oziz xam, salomat boling. Umid qilamanki bu oxirgi suxbatimiz emas.
-Men esa umid qilamanki – bu songgisi!
Qisqa gudoklar...
Davomi bor....

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8