Olis bo'lsa ham masofalar
men yuragingda borman. Azob
chekayotgan bir sen emas men
ham tunlari bedorman.
Yulduzlarga termulub tunda
so'zlashaman senla go'yo.
So'zlarimni aytaman takror men
sevaman toki bor dunyo
Uni sevib ne topdim,
Faqat g`amu-alammi?
Mening yolg`iz dardkashim
Oq qog`ozu-qalammi?
Yozaversam dardlarim,
Ado bo`lay demaydi.
Mening shuncha kuyganim
Ul bevafo bilmaydi.
Qog`ozning ham yuzlarin
Qaro qilib tashladim,
Bilib turib o`z boshim
Balolarga boshladim.
Deyishardi hech ham sevma,
Sevgi faqat qiynoqdir.
Shirin dami bir onlik,
Misoli bir chaqmoqdir.
Qarshi chiqdim barchaga
Menda unday bo`lmaydi.
Uning ishqi haqiqiy,
Sevgisi hech o`lmaydi.
Adashibman bilsam men,
Yorim ekan bevafo.
Sevgi dardi bunchalar,
Bo`lar ekan bedavo.
Kuzda yog`gan yomg`ir kabi,
Ko`z yoshlarim to`kadi.
Ul yoshlarga mening oppoq
Orzularim cho`kadi.
Ul bevafo yurar shodon,
O`zga yor-la k