Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.
Sietlning Seahawks jamoasi ishqibozlari CenturyLink Field stadionida. Foto © The Verge
15-sentabr kuni Vashington shtatining Sietl shahri CenturyLink Field stadionida Amerika futboli bo‘yicha Sietlning Seahawks va San-Fransiskoning 49ers jamoalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda Seahawks muxlislari jon-jahdi bilan o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatladi. Ularning quloqni qomatga keltiruvchi shovqinlari 136,6 detsibel deb baholandi. Bu momaqaldiroq gumburlashi yoki havoga ko‘tarilayotgan reaktiv samolyotning yaqin masofadan eshitiladigan tovushiga tengdir.
Bu momaqaldiroq gumburlashi yoki havoga ko‘tarilayotgan reaktiv samolyotning yaqin masofadan eshitiladigan tovushiga tengdir.
Ta’kidlash joiz, avvalgi rekord Turkiyaning “Galatasaroy” futbol jamoasi ishqibozlariga tegishli bo‘lib, u 131,76 detsibelni tashkil etgan.
The Seattle Times xabar berishicha, o‘yinning birinchi choragidayoq avvalgi rekord 131,9 detsibel balandlikdagi qiyqiriqlar bilan yangilanib bo‘lgan edi. Biroq, uchinchi chorakda stadion shovqini o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Uni o‘lchash ishlarini Sietlning SSA Acoustics kompaniyasi ovoz muhandisi Bill Styuart bajardi. Shuningdek, unga Ginnes hakami Fil Robertson hamrohlik qildi. Robertson stadion shovqin solgan chog‘ida qo‘lidagi papkaning titrab ketganini qayd etdi.
O‘yinda muxlislari qiyqirig‘idan ruhlangan Seahawks jamoasi o‘z raqiblarini 29-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bizning futbol ishqibozlarimiz ham stadionda mana shunday jonbozlik ko‘rsatgan holda futbolchilaimizni qo‘llab-quvvatlaganida, balki, Braziliyaga borarmidik?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев