Iqtidorli xonanda Sayyorai Jahon bugun saytimiz orqali xalqimiz e'tiboriga o'z tuhfasini taqdim etmoqda. Bu tuhfa uning ijodidagi navbatdagi klipi bo'lib, tomoshabinlarga manzur kelishi shubhasiz. “O'sma qo'yib” deb nomlangan qo'shiq uchun yaratilgan videoklip qiziqarli voqealarga boy va u muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashmasdan qolmaydi.
Klipda xonandaning hamkasblari ya'ni do'stlari Gulsanam Mamazoitova, Zuhra Soliyeva, Dilso'z, Umidaxon va Mirolim Qilichev ishtirok etgan.
Yor ko'ngliga yo'l topolmay sarson bo'lgan Sayyoraga dugonalarining maslahati ham kor qilmadi. Biroq opasidek qadrdon bo'lgan Gulsanam Mamazoitovaning ko'rsatgan yo'li bu masalaga osonlik bilan yechim topdi.
Tarona va klip mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, so'zi Nilufar qalamiga mansub. Musiqasi va aranjirovkasi ustida Shavkat Umarov ishlagan. Klip rejissyori Shuhrat Mavlonov. Barchangizga yoqimli tomosha tilaymiz. Marhamat ko'ring va o'z fikrlaringizni bildiring.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1