Na boshi ma’lum na so’ngi ayon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.
Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi,
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi.
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi,
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
To'planishib uch to'rtta nodon,
Eshshak tabiatin qilur namoyon.
Ular davrasida sen ham eshshak bo'l,
Bo'lmasa kofur deb qilishar e'lon.
Бир қўлда Қуръону биттасида жом,
Баъзида ҳалолмиз, баъзида ҳаром,
Феруза гумбазли осмон остида
На чин мусулмонмиз, на кофир тамом.
Dilim ilmlardan mahrum bo‘lmabdi.
Bir sir qolmabdiki mavhum bo‘lmabdi.
Tunu kun o‘yladim yetmish ikki yil.
Ongladim—hech narsa ma’lum bo‘lmabdi.
- Umar Hayyom
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Учёный, астроном, математик и т.д.