Sabr qilgin ko'radi Xudo,
Niyat qilsang beradi Xudo,
Berganiga shukr qilmasang,
Bilib qo'ygin uradi Xudo.
Uch ne'matni qadriga yetgin,
Oilani, omadni, do'stni.
Shu so'zimni yodingda tutgin,
Ochib yasha ikkala ko'zni,
Kimni goho sinadi Xudo,
Kimni goho siyladi Xudo,
Har insonning asl yuzini,
Faqat o'zi biladi Xudo.
Uch boylikni ehtiyot qilgin,
Iymoning, sog'liging, umidni.
Shirin baxting avaylab bilgin,
So'ndirmagin dildagi o'tni.