Akam menga ham ota, ham ona örnida
edi. Qiynalib-qiynalib meni odam qilgan,
özlari öqimagan bölsada, meni öqitgan.
Ota-onam ukanga g'amxörlik qil deb u kishiga vasiyat qilganlari u-n og'ir mehnat qilib bölsada
meni hech nimaga zoriqtirmay katta qildilar. 28
yoshida uylandilar. Ikki farzandlik ham bölishdi. Akam
meni juda yaxshi körardilar. Gohida yangam
hazillashib: "Akaiz mendan ham köproq sizni yaxshi
köradi", derdi. Nima topsalar menga ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Hammasi ösha kunlardan
boshlandi. Dastavval ancha toblari qochib bir-necha
kun ishga chiqmadilar. Keyin bir kun hushidan ketdilar.
Shifoxonaga obordik. Doktor közimga boqib, tashvishli
nigohda bittagina söz aytdi: rak.. Men umrimda
bundan dahshatli sözni eshitgan emasman. Butun vujudim muzlab ketdi. Bir necha kun özimga
kelolmadim. Akam bu haqda yangang bilmasin dedi.
Doktorlar umid juda kam, deyarli davosi yöq deyishdi,
99 foizga. Bir foiz umid bor ekan-u deb Xudoga shukr
qildim. Doktor agar operatsiya qilinib ilik köchirib
ötkazilsa, uni saqlab qolish mumkin deyishdi... Yangam bilib qolib, yig'ladi. Jiyanlarim hali yosh. Ular biz kabi
otasiz ösmasligini Allohdan sörardim. Akam ularga
kerak edi. Suyak köchirib ötkazishsa faqat meniki
unga mos kelishi mumkin. Yagona muammo bu
operatsiya tufayli mening hayotimga xavf tug'ilishi
mumkinligida edi. Men hali yoshman. Uylanmaganman. Akam u-n shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu
haqda akamga aytmasligini söradim.. Operatsiya kuni
yaqinlashardi. Lekin xotirjam edim. Axir jondan ortiq
jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi. Akamga
donor topilganini aytishdi. Biroz sevindilar. Oxirgi oyda
akam ancha qiynaldi. Ayniqsa bolalarini körganida boshqacha ezilardi. Bildirmasada mendan
bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi
but bölsin deb yelib-yugurganida, kasal bölib
qolganimda kechasi b-n boshimda bedor ötirib
chiqqanlarida nigohida shu qörquv bor edi. "Akajon, siz
hali yashaysiz! Men bormanku.." Nihoyat ösha tong otdi. Insholloh, bu tong akamga yangi hayot ato etadi.
Men.. nasib qilgan bölsa yashayman! Shifoxonaga
kelsam doktor akamni palatasi yonida öychan turardi.
Salomlashdim, operatsiyaga tayyorligimni aytdim. U:
"Endi operatsiyaning foydasi yöq" dedi. -Akangiz
olamdan ötdi, bandalik uka, bardam böling.. Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. Ötirib qoldim. Doktor akamni
kechagi bir kunlik dorisini ichmaganligini, yarim tunda
joni uzilganini aytdi, qölimga qog'oz tutqazdi. Yig'lab
yubordim. Bor ovozim b-n yig'ladim. Közimda yosh b-n
akamning sönggi yozuvlarini öqidim: "Ukaginam,
sendan roziman. Tugab bölgan odam u-n hayotingni xavf ostiga qöyishning keragi yöq. Yangang va
jiyanlaring senga omonat. Xudo yor bölsin!" Akam
bilgan ekan.. Eh, akajon! Sizga bir martagina
g'amxörlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yaxshi
körishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon, baribir
siz meni köproq yaxshi körarkansiz. JPG.uz saytidan
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев