Kichik adib ikkinchi va uchinchi yirik asarlarini esa 13 hamda 14 yoshligida o‘quvchilarga taqdim etgan. “Eng uzun roman” Frantsuz adibi Marsel Prustning “Yo‘qotilgan vaqt izidan” romani 13 tom, 9 609 000 so‘zdan iborat. Asarning birinchi jildi 1912 yilda chop etilgan. So‘nggi olti tom esa adib vafotidan keyin dunyo yuzini ko‘rgan. “Eng katta tarjimai hol” Buyuk Britaniyaning mashhur bosh vaziri ser Uinston Cherchilning tarjimai holi 8 ta asosiy va 16 ta qo‘shimcha tomlardan tashkil topgan. Asar Cherchilning o‘g‘li Rendalf va tarixchi Martin Gelbert tomonidan yozilgan. “Eng yirik adabiy mukofot” Eng sara nasriy asarlar uchun beriladigan Xalqaro Dublin adabiy mukofoti sohibiga 100 ming irland funti (130 900 dollar) taqdim etiladi. “Eng katta kitob” AQShning Kolorado shtatida 1976
yilda 2,74x3,07 metr hajmli 300
sahifadan iborat “Superkitob” chop
etildi. Kitobning og‘irligi — 252,6 kg ni
tashkil qildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев