foizi saqlanib qolgan bo‘lsa,
to‘lovga yaroqli
Pul qanday holatda mutlaqo
yaroqsiz hisoblanadi? Bir
tarafdagi raqamlari yirtilgan pulni
sotuvchi yoki bank qabul
qilmasligi mumkinmi?
Adliya vazirligida 2008-yil 27-
iyunda ro‘yxatga olingan “Tijorat
banklarida kassa ishini tashkil
etish, inkassatsiya va
qimmatliklarni tashishga doir
Yo'riqnoma"da so‘mning
to‘lovga yaroqlilik belgilarini
aniqlash qoidalari keltirilgan
bo‘lib, unga asosan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar quyidagi
banknotalarni, ya’ni:
har qanday qismida teshik
yoki yirtilishlar,
siyqalanishlar, dog‘lar,
qalam, siyoh va flomaster
bilan yozilgan yozuvlari
mavjud bo‘lgan pullar;
yirtilgan va yelimlangan
pullar, agar pulning qismlari
shak-shubhasiz bitta
banknotga tegishli bo‘lsa;
bo‘yoq moddalari va kislota
to‘kilgan, tabiiy rangi
o‘zgargan, kuydirilgan,
bo‘yalgan yoki chizilgan
pullar;
banknot hajmining 55
foizdan kam bo‘lmagan
qismi saqlanib qolingan
pullar to‘lovga yaroqli
hisoblanadi hamda hech
qanday moneliksiz to‘lovga
qabul qilinishi lozim.
Shuningdek, shikastlanish
turidan qat’iy nazar (shakli
buzilgan, pachoqlangan,
siyqalangan, teshilgan, qirqilgan,
sindirilgan, ishqorga solingan,
biror bir metall bilan
payvandlangan, olovda eritilgan,
ko‘karib va qorayib ketgan),
o‘zining to‘la hajmini va old
tomonidagi qiymati tasvirini
saqlab qolgan hamda
haqiqiyligiga shubha
tug‘dirmaydigan metall tangalar
to‘lovga yaroqli hisoblanadi.
Bunday shikastlangan pullar
eskirgan pullar toifasiga kiritilib,
to‘lovga yaroqli hisoblanadi va
banklar tomonidan ular shu
qiymatdagi pullarga almashtirib
beriladi.
Shunday ekan, to‘lov vositasi
sifatida taqdim etilayotgan
banknot yirtilgan bo‘lsa-da,
banknotning 55 foizi va undan
ko‘p qismi saqlanib qolgan bo‘lsa,
bu pullar to‘lovga yaroqli
hisoblanadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев