Muallif: Ibn Rajab Al-Hanbalining “Jam'ul-Ulum wal Hikam” kitobidan
Umar ibn Al-Khattob dan rivoyat qilinadiki: Men Rasululloh ning shunday deganlarini eshitdim: “Darhaqiqat, har bir amal niyyat bilandir. Wa har bir kishiga (ajr) niyyatiga yarasha bo'ladi. Shunday ekan, kimda kim Alloh wa Rasuli uchun Hijrat qilgan bo'lsa, demak Hijrati Alloh wa Uning Rasuli uchun bo'libdi (ya'ni niyyatiga yarasha), agar kimda kim dunyo matosi uchun yoki bir ayolga uylanishlik uchun Hijrat qilgan bo'lsa, demak uning hijrati nimaga niyyat qilgan bo'lsa o'shanga bo'libdi (ya'ni ajrini ham shu tarzda oladi). [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
Bu hadis faqat bitta sahih isnad bilan rivoyat qilingan bo'lib, u Yahya ibn Said Al-Ansoriydan Muhammad ibn Ibrohim At-Taimeedan Alqama ibn Waqqosdan Ibn Al-Khatta (Radiyallahu anhu) dan rivoyat qilingandir.
Al-Khattabi (Rahimahulloh): “Ahlul Hadislar ichida bu hadis haqqida ikhtilofni bilmayman (ya'ni bu hadisning sahih ekanligida shak shubha yo'q) ” degan ekanlar. Bu hadis boshqa roviylar tomonidan ham rivoyat qilingan bo'lib, lekin Hadis Ulamolarini fikriga ko'ra barchasi sahih emas, magar yuqoridagi hadisdan boshqa.
Al-Ansoriydan ko'p odamlar ham rivoyat qilishgan. Hattoki, 200 tadan ortiq kishilar rivoyat qilganlar deb ham aytishgan, boshqa rivoyatlarda ularning soni 700 dan ortadi. Bu fikrda bo'lgan ulamolardan: Imom Molik, As-Sawri, Al-Awzoiy, Ibn Al-Muborak, Lais ibn Sa'd, Hammad ibn Zaid, Shu'ba, Ibn Uyayna wa boshqalar (Rahimahum Allah) dur. Ulamolar bu hadisning sahihligini tan olishgan wa qabul qilishgandir.
Har bir (diniy) kitobni shu hadis bilan boshlashlikning tafsiya qilinganligi haqqida
Imom Bukhoriy (Rahimahulloh) o'zining Sahihini shu hadis bilan boshlab, unga ochunchi hadis qilganlarki, bu degani: “Allohning roziligi uchun qilinmagan har bir amal maqbul emasdir wa bu dunyo wa Ohiratda hech qanday meva bermaydi.” Shuning uchun ham Abdur-Rahmon Al-Mahdi (Rahimahulloh): “Agar boblardan tashkil topgan bir kitob yozzam, har bir bobini "har bir amal niyyat bilan " haqqidagi Umar ibn Al-Khattobning hadisi bilan boshlagan bo'lar edim (ya'ni yuqoridagi hadis) “ , degan ekanlar.
Bu hadis butun Dinni tashkil qilgan hadislar qatoridan joy olgan, Imom Shofiiy (rahimahulloh) ning shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Bu hadis barcha Ilmning uchdan birini tashkil qiladi”.
Imom Ahmad (rahimahulloh) esa: “Islomning asosi (negizi) uch hadisga tayangandir:
1. Umar ibn al-Khattob ning “har bir amal niyyat bilandir” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
2. Oisha onamiz ning “Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan narsani qo'shsa, bu amal mardud amaldir” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
3. Nu'mon ibn Bashir ning “Darhaqiqat, Halol bayyin (ochiq-oydin) dur, wa Harom ham ochiq-oydindur...” hadislaridur. [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
Ishoq ibn Raahiwaya (rahimahulloh) shunday degan ekanlar: “Dinning asosi to'rt hadisga tayangandir:
1. Umar ibn Al-Khattob ning “Har bir amal niyyat bilandir” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
2. “Darhaqiqat, Halol ochiq-oydindur wa Harom ham ochiq-oydindur” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
3. “Shak shubhasizki, sizlarning har biringizning onangizning qornidagi yaratilishi awwalida 40 kun nutfa shaklida bo'ladi.....” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
4. “Kimda kim bu dinda bo'lmagan narsani ikhtiro (o'ylab chiqarsa) qilsa, u amal mardud (rad qilingan) amaldir” [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari] hadislaridur.”
Abu Ubaid (rahimahulloh)dan: “Paygambarimiz butun Ohiratga tegishlik mas'alalarni hammasini “Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan amalni o'ylab chiqarsa, u amal mardud amaldir” hadisida wa bu Dunyoga tegishlik mas'alalarni barchasini “Albatta, har amal niyyat bilandir (niyyatga bogliqdir)” hadisiga jamlagandurlar. Shunday ekan, har bir bobni shular bilan boshlagin”.
Abu Dawood (rahimahulloh): “Men Musnadda bo'lgan hadislarning hammasini o'qidim wa u (Musnad) 40,000 (qirq ming) ta hadisdan tashkil topgandir. So'ngra yana bir bor shu hadislar ichiga qaradir wa shu khulosaga keldimki, bu 40,000 hadislar barchasi to'rt hadisning asosiga qurilgandir:
1. An-Nu'mon ibn Bashir ning “Darhaqiqat, Halol ochiq-oydindur wa Harom ham ochiq-oydindur ...” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
2. Umar ning “Shak shubhasizki, har bir amal niyyatga bo'gliqdir ....” hadisi,[Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
3. Abu Huraira ning “Darhaqiqat, Alloh tohirdur, faqar tohir narsalarni qabul qiladi. Wa darhaqiqat, Alloh Paygambarlarni nimaga buyurgan bo'lsa shu amalni mo'minlarga ham qilishlikni buyurdi ....” hadisi, [Imom Bukhoriy wa Muslim rivoyatlari]
4. wa “Kishining o'ziga ta'alluqli bo'lmagan narsalarni tark qilishi uning Islomining go'zalligidandir” hadislaridur.” [Imom Termiziy rivoyati: Hasan Hadis]
Abu Dawud (rahimahulloh) yana shunday degan ekanlar: “Kishining mana shu hadislar (Ahmad ibn Hanbalning Musnadidagi hadislar) ichidan faqat mana shu to'rt hadislarni o'rgansa kifoyadir (ya'ni amal qilsa, komil mo'min bo'lishlikka olib boradi), bular:
1. Birinchisi, Paygambarimiz ning “Albatta, har bir amal niyyat bilandir ...” so'zlari,
2. Ikkinchisi, Paygambarimiz ning “Kishining o'ziga ta'alluqli bo'lmagan narsalarni tark qilishi uning Islomining go'zalligidandir” so'zlari,
3. Uchinchisi, Payg'ambarlar ning “Kishi komil iymonga ega bo'lmaydi, magar o'ziga yahshi ko'rgan narsasini birodari uchun ham ravo ko'rmasa” so'zlari,
4. To'rtinchisi, Payg'ambarlar ning “Darhaqiqat, Halol ochiq-oydindur wa Harom ham ochiq-oydindur. Wa ularning orasida ko'p kishilar bilmaydigan shubhalik narsalar bo'rdur ...” so'zlaridir.”
Yana boshqa bir yerdan undan (Abu Dawud-rahimahulloh): “Fiqh 5 hadisga asoslangandir:
1. “Darhaqiqat, Halol ochiq-oydindur wa Harom ham ochiq-oydindur....” hadisi,
2. Payg'ambarlar (SAWS)ning “Zarar keltirmagin wa senga keltirilgan Zararga qarshi o'ch olmagin” hadisi,
3. “Darhaqiqat, har bir amal niyyat bilandir ...” hadisi,
4. “Din Nasihatdur” hadisi,
5. “Nimadan qaytargan bo'lsam chetlaninglar, wa nimaga buyurgan bo'lsam qurbingiz yetgancha qilinglar ...” hadislaridur”
Niyyatning arab tilidagi ma'nosi wa u haqqidagi ulamolarning fikrlari.
Shuni bilingki, arab tilidagi “Niyyat” so'zi ikki turlikdir: maqsad (qasd) wa hohish (iraadah)dur. Ulamolarning fikricha, niyyat ikki ma'noni anglatadi:
1. Har hil turdagi ibodatlarni farqlashlik uchun ishlatilagidan Niyyat kalimasi. Masalan, Zuhr (Peshin) namozidan Asr namozini, Ramozon oyidagi ro'za bilan boshqa Sunnat ro'zalarini farq qilishlik uchun. Ba'zi paytlarda odatiy qilingan amallar bilan ibodat amallarini farq qilishlik uchun: o'zini kir bo'lgan holidan toza bo'lishlik uchun qilingan g'usl bilan Janaba holidagi shar'iy g'usldan tozalanish uchun qilingan g'uslni farqlashlik uchun. Niyyatning mana shu turini ko'p Fuqoho olimlarning shariat mas'alalarini echishda qollagan ishlarida ko'rasiz.
2. Amal orqali qilingan maqsadlarni farq qilishlik uchun – bu “faqat Allohning roziligi uchunmi yo boshqalarning rizosi uchun ham qilinganmi yoqmi?” mas'alasini aniqlovchi Niyyat kalimasi. Niyyatning mana shu turini ko'p Aarif (Allohga ibodat orqali yaqin bo'lgan kimsalar) kimsalarning Niyyat haqqida suhbatlashganlarida mana shu turini topasiz, wa Salaf ulamolarining Niyyat haqqida aytgan so'zlari ham mana shu turiga bo'glangandur.
Abu Bakr ibn Abi Dunyo (rahimahulloh) bir kitob yozib, uni “Ikhlos wa Niyyat” nomini qo'ygan ekanlar, bu sarlawha bilan niyyatning ikkinchi turini nazarda tutganlar (niyyatning - amal Allohning ro'ziligi uchungina qilinganmi yo yo'qmi ma'nosidagi turi). Shuning uchun ham Paygambar ning Niyyat haqqidagi ko'p nutqlari niyyatning ikkinchi turiga bagishlangandir wa Alloh Ta'aloning oyatlarida ham bu yaqqol ko'rinib turadi.
Qur'oni Karimdagi wa Paygambar (SAWS) ning Hadislaridagi Niyyatning ma'nosi wa Salaflarning u haqqidagi fikrlari.
Shuni awwal aytib o'tganimizdek, Paygambarimiz wa Salaf ulamolarining Niyyat haqqidagi yuritgan ko'p so'zlari niyyatning ikkinchi turiga boglangandir wa Iroda ma'nosini beradi.
Quroni Karim niyyatni ko'p yerlarda Niyyatni Iradah ma'nosida yo'd qiladi:
“...Sizlarning orangizda bu dunyoni istaganlar (arab tilida: يريد ) ham wa o'hiratni istaganinglar ham bor...”[aL-Maida surasi 3:152]
“... Kimdakim bu dunyo wa uning ziynatini hohlasa ( يُريْدُ )...”[Hud surasi 11:15]
“Wa o'zingizni (ey Muhammad) ertalab wa kechalari Robbilarini yuzini (roziligini) istab ( يُردونَ ) duo (iltijo) qiladiganlar bilan birga sabr qiling, wa bu dunyo ziynatini hohlab ( تُريْدُ ) ular haqqida ko'zingiz hayratda qolmasin ...”[aL-Kahf surasi 18:28]
Ba'zi oyatlarda esa, Niyyat ibtigo (hohish) ma'nosida kelgan:
“faqat Oliy bo'lgan Robbisini yuzini hohlabgina ( إِبْتِغَآءَ ) (qilingan amal)”[Al-Lail surasi 92:20]
“... sizlar faqat Allohning roziligini istagan ( إِبْتِغَآءَ ) holingizda infoq qilganinglar faqat o'zingizlar uchun yahshidur (ya'ni faqat Allohning rizosini olaman deb qilgan barcha amallinglar o'zinglar uchun foydalikdur) .. ”[Al-Baqara surasi 2:272]
Endi, hadislarga wa Salaf ulamolarining aytgan so'zlariga kelsak, ikkinchi turdagi Niyyatni ko'zda tutib aytilgan misollar juda ham ko'pdir wa ularning ba'zilarini bu yerda zikr qilamiz:
Paygambarimiz shuday dedilar: “(Qiyomat kuni) Insonlar niyyatlariga qarab toplanadilar” (ya'ni riyokorlar bir to'p alohida wa kholis amal qilganlar alohida) [Imom Ibn Mojja rivoyati, Sahih al-Jami', #7898]
“Insonlar niyyatlariga yarasha qaytadan tiriladilar (Qiyomat kuni qabrlaridan qayta turadilar)” [Imom Muslim rivoyati]
“Albatta, jangda halok bo'lganlarning hammalari niyyatlariga ko'ra (Qiyomat kuni qayta) tiriladilar” [Imom Abu Dunya rivoyati]
“Faqat bu dunyonigini ko'zlagan insonning hayot ishlarini Alloh yoyib yuboradi, wa ikki ko'zi oldiga kambagallikni qoyadi. Wa lekin bu dunyodan unga nima yo'zilgan bo'lsa (taqdirida nima bo'lsa) shundan boshqa hech narsaga erisha olmaydi. Niyyati Ohirat bo'lgan kishining hayot ishlarini Alloh bir yerga to'playdi wa qalbiga taskinlikni beradi wa bu dunyo u kimsaning oldiga o'z hohshi bilan keladi (molu dawlat majburan keladi).[Ibn Mojja rivoyati, Sahih Al-Jami', #6386]
Yahyo ibn Kasir (rahimahulloh) shuday degan ekanlar: “Niyyating haqqida ogoh bo'lginkii, chunki u amalingdan ko'ra muhimroqdir”.
Zaid ash-Shomi (rahimahulloh) dan : “Mening har bir ishda niyyatim bo'lishini hohlayman, hattoki ichmoq wa yemoqlikda ham (ya'ni har bir ishning Allohning roziligi uchun qilishli istayman)”
Wa u kishi yana: “har bir ishda yahshilikni (Ohiratni ko'zlagan holda) niyyat qilgin, hattoki hojathonaga borishlik uchun bo'lsa ham”.
Sufyon As-Sawri (Rahimahulloh): “Niyyatimdan boshqa hech narsamni ko'proq dawolamadim, chunki u ko'p o'zgarib turadi”, degan ekanlar.
Yusuf ibn Asbot (rahimahulloh): “Niyyatni har hil fasodchiliklardan tozalashlik mehnatkashlarning qattiq ishlaridan ham og'irroqdir”, degan ekanlar.
Ibn Al-Muborak (rahimahulloh) esa: “Kichik amal niyyat orqali (agar niyyat kholis Alloh uchun qilingan bo'lsa) katta bo'lur, wa katta amallar niyyat o'rqali (riyo uchun qilingan bo'lsa) kichik qilinur (ya'ni sawobi bo'lmas)”
Ibn Ijlaan (rahimahulloh): “Alloh sendan faqat niyyatingni wa hohishingni kholisligini hohlaydi”
[kitobdagi hamma Salaf ulamolarining so'zlari tarjima qilinmadi]
Bularning barchasi Ibn Abi Dunya (rahimahulloh) ning “Al-Ikhlas wa An-Niyyah” kitoblarida keltirilgan.
Shunday qilib, Imom Ahmad (rahimahulloh)ning quyidagi so'zlari bizlarga aniqroq bo'ladiki, “Din Asoslari uch hadisga asoslangandir:
1. “Darhaqiqat, har bir amal niyyatga bogliqdir”
2. “Kimda kim bizning dinimizda bo'lmagan amalni o'ylab chiqarsa, u amal rad qilingan amaldir”
3. “Darhaqiqat, Halol ochiq-oydindur wa Harom ham ochiq-oydindur...” hadislari.”
Darhaqiqat, Numon ibn Bashir rivoyat qilgan hadisga ko'ra, butun Din buyurilgan amallarni qilishlik wa qaytarilgan amallardan qaytishlik wa shubhalik narsalardan kishi o'zini chetlatishligi demakdir. Wa ularning hammasi mana bu ikki asos bilan poklanadur:
1. Amalning tashqi ko'rinishi Oisha onamiz rivoyat qilgan “Kimda kim dinimizga unda bo'lmagan narsani ikhtiro qilsa, u amal mardud amaldur” ko'ra amallarning Paygambarimiz ko'rsatib ketgan yo'li o'rqali qilinishi shart bo'lsa,
2. amallarning ichki ko'rinishi Umar ibn Khattob rivoyat qilgan: “Darhaqiqat, ham bir amal niyyatga bo'glangandur” hadisi niyyatning faqat Allohning roziligi uchungina qilishlik wa boshqa insonlarning ro'ziligi uchun qilmaslikka dalolat qiladi.
Fudail ibn 'Iyaad (rahimahulloh) ning Alloh Ta'aloning:
“Sizlarning qaysi biringiz amalda yahshi ekanligini bilishlik uchun” [Al-Mulk surasi 67:2]oyatini tafsirlab: “kimki niyyatni kholisligini wa to'griligini bilishlikdur. Agar, amal ikhlos bilan qilingan bo'lsayu, to'gri holda qilinmagan bo'lsa, u ham maqbul emasdur. Agar amal to'gri bo'lsayu, lekin kholis bo'lmasa, u amal ham maqbul emasdur. Agar amal to'gri wa ikhlos bilan qilingandagina maqbuldir. Amalning ikhlos bilan bo'lishligi – amalning faqat Allohning rizoligi uchungina qilishlikdir, wa to'gri bo'lishligi – (Paygambarning) Sunnatiga muvofiq bo'lishligidir.” deb aytgan ekanlar. Fudail (rahimahulloh) ning bu Hikmatli so'zlariga dalil Alloh Ta'aloning kalomi:
“... Kimda kim Robbisi bilan uchrashishlikni hohlasa, solih amallar qilsin (paygambar nimani buyurgan bo'lsa qilsin wa nimadan qaytargan bo'lsa chetlansizn) wa Unga bo'lgan ibodatda hech kimni sharik qilmasin (shirk, riyo, sum'a qilmasin) . ” [Al-Kahf surasi 18:110]
http://www.islomyoli.com
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев