- Farishtam nima qilayapsan, kelaqolsangchi, dedim hovlida ivirsib yurgan hotinimga.
- Ish qilayapman begim, degan tovushi keldi hotinimning.
- Yarm tun bo'lyapti sen bo'lsang hali ham ishingni tugatmading?!
- Xa begim sizni kir kiyimlaringizni yuvayapman-da, hozir tugataman.
- Xay akangni hotini, ish qilishlaringdan, dedim, g'alati tarzda hotinimni erkalab.
- Iya begim! degan nozli tovushi eshitildi hotinimning!
- Farishtam tezroq kelaqol biz kutayapmiz! dedim so'zimdagi ko'plik ohangiga urg'u berib!
- Iya begim suyulmangda, xo'p-xo'p hozir borayapman, dedi u yana o'sha nozli tovush bilan. Xonaga qaytib kravotda cho'zildim. Bir payt hotinim yugurib hovluqqancha kirib keldi.
- Xa ortingdan arvox-parvox quvladimi, juda sog'inib qolibsanda-a, sal sekinroq kelavergin edi.
- Iya manu kishini siz uchun yugurib kelganim yo'q, hovlimizda sharpa yuripti, shundan qochdim, dedi hotinim ko'zlarini pir-piratib.
- Sharpa! Xa-xa-xa, qotib-qotib kuldim!
- Begim rostdan ko'zimga g'alati narsa ko'rindi, u hu-u-uv anavi omborxonaga kirib ketdi.
- Yana qanaqa g'alati narsa, dedim, meni hayolim boshqa, hotinimni hayoli boshqa narsada ekaniga jaxlim chiqib.
- Qorong'uda yaxshi ko'rolmadim odamidie-e-ey!
- Mayli hozir borib tekshirib kelaman, dedim-u, omborxona chirog'i yo'q ekani yodimga tushib:
- Anavi boshida chirog'i bor telefoningni ber, dedim, u kechagina olib berganim "nokia 1202" telefonini olib menga tutdi. Hovliga chiqsam xotinim shoshib kelib qo'limdan mahkam tutib olibdi, men ham siz bilan birga boraman deydi. "U o'zi juda qo'rqoq-ku lekin men bilan birga bo'lsa jaxannamga ham ketaveradi". Shunday qilib ikkimiz qo'l ushlashgancha hovlimizning darvoza tarafidagi eski-tuskilar turadigan binosi tomon ketdik. Omborxona eshigini sekin ochdim, ichkari qorong'u, ortimda hotinim qo'limdan mahkam tutib olgan. Ikki yoki uch qadam tashladim-u "jon joyim"ga kimdir zarb bilan tepdi. Ko'zimda o't chaqnab, voy onangni, deb yubordim. Hotinim menga yopishib olgan, voydod nima bo'ldi, deb baqirdi. Og'riq zo'ridan bukchayib chirog'ni pastga qaratsam oyoqlarim tegida ketmon yotibdi, nojo'yi yotqizib qo'yilgan ketmonni bosh tarafini bosganman-u tayoq sofi kelib kerakli joyga zarba bergandi.
- Ketmonni kim buyerga qo'ydi, deb baqirdim.
- Kecha o'zingiz agorotga suv ochgandingiz-ku, degan tovushi eshitildi hotinimning.
- Naqt kelajagimni barbot qilayozdi, senlarga kerak bo'lmasa boshqalarga kerak, dedim, jaxl bilan. Hotinim nimani aytayotganimni tushunmadi shekili:
- Yo'q, yo'q kelajagingiz menga kerak, menga kerak begim, deydi shoshilib... Qorong'u omborga har narsalar ilib tashlangan, qo'limdagi chirog'ni uyoq bu-yoqqa tutgan bo'ldimda hotinimga mana ko'rdingmi hech kim yo'q dedim. Shu payt qorong'u omborning burchak-burchagidan allaqanday hirillagan tovush eshitildi. Hotinim mahkam menga yopishib, yuring ketaylik bu yerda sharpalar bor ajina bor deydi. Chirog'ni o'sha tarafga qaratdim, burchakda odamga o'xshash allaqanday narsa g'alati tarzda yotardi. Yaqinroq borib chirog' yorug'ida ko'rsam bu qo'shnimiz Mamarayim aka ekan.
- Iya-a bu qo'shnimiz Mamarayim aka-ku, deb baqirib yubordi hotinim.
- Xa Mamarayim aka, rosa ichganga o'xshaydi, ko'p aroq ichsa adashib birovlarning uyiga kirib qoladigan odati bor, o'tgan safar yarm tunda Iqbol aka uyiga kirib qolibdi, qarasa Iqbol aka ko'ylaksiz hovlida yuripti, Mamarayim aka xa ablax hotinimni o'ynashi sen ekansanda deb do'pposlay ketibdi, shunda Iqbol akani hotini, voydod erimni o'ldirib qo'yadi, deb yugurib chiqgan, Mamarayim aka qarasaki Iqbol akani hovlisiga adashib kirib qolgan ekan. Hotinim qiqir-qiqir kuladi. Mamarayim akani katta o'g'lini aytib chiqdim-da, ikkimiz birgalikda uyiga olib kirdik, qaytganimda hotinim shiringina bo'lib uhlab qolibdi, uyqusini buzgim kelmadi... Ertasi tong kimdir burnimdan chindayapti, uyqusirab zo'rg'a ko'zimni ochsam hotinim.
- Bor hovlida o'yna, dedim, jaxlim chiqib.
- Turing begim sharpa keldi, deydi.
- Yana qanaqa sharpa, uyqumni buzma sharpangni chiqaraman hozir!..
- Ana qarangdi begim aldamayapman! Derazadan qarasam Mamarayim aka darvoza oldida qunishgancha turibdi. Hotinimni o'zingdan katta odamni kalaka qilayapsanmi deb koyib bergandim, xo'p kechiring begim, dedi-yu jim qoldi. Hotinimga shu yerdan qimirlamay o'tir hozir qaytaman keyin sen bilan jiddiy ish qilamiz dedim. U avvaliga tushunmadida so'ngra ikki yuzi lov etib qizarib itoatkorona xo'p begim dedi. Chiqsam Mamarayim aka quyuq salomlashib, uka uzr kecha ko'payib ketibdi deydi. Hechqisi yo'q deb uyga taklif qildim, kirmayman bosh og'riq qilgani do'konga chiqayotudim dedi-yu gapira ketdi:
- Vey uka shu ichkilikni tashlamasam bo'lmaydi, tunov kuni nima bo'ldi degin, Salim o'g'aynim o'g'ilchasiga sunnat to'yi qilgandi, Salimni taniysan-a?
- Xa xa taniyman, dedim.
- Xa o'sha Salim akangni to'yida ertalab nahor oshidan ichkilikni boshlagan edik kechgacha rosa ichibmiz, kayf ming kechki payt uyga kelsam hovlini o'rtasida olapar dumini likillatib yotibdi, bilasan-a, eshshakday keladigan itimiz bor, olapar!
- Xa xa, bilaman.
- Vey buniqaraki it ichgan odamni biladi, mast kelgan kunim sekin dumini qisib qochib qoladi, ichmagan paytlarimda dumini likillatib keladi. Hullas kayf ming uyga kelsam hovlini o'rtasida olapar yotibdi, dumini likillatib, yaqin borgunimcha qochmaydi, xe onangni dumingni likillatnay o'l ko'ppak, deb, zarb bilan bir tepdim. Shunda hotinimni voydo-o-od deb baqirgan ovozi eshitildi. Hovlini o'rtasida hotinim kir yuvib o'tirgan ekan uni olapar deb kayfchilikda tepib yuboribman, keyin rosa janjal ko'tardi, men sizga it bo'lib qoldimmi, deb. Bir hafta arazlab ham yurdi, gapirmasdan, shuni aytsa kerakda uka it vafo hotin jafo deb. Mamarayim aka kula-kula biroz jim qoldi-da, chuqur ho'rsinib qo'yib:
Shunday deymiz-ku uka bazida ayollarimizga nisbatan nohaqlik qilib yuboramiz, agar shu ayolim bo'lmasa ichib kelgan paytlarim kim boshimga yostiq qo'yib choy damlab beradi, xalqimiz ayollari farishta uka, qaysi xalqni ayollari eri ichib kelib shunday qo'polliklar qilsa chidarkan, bazida ichib kelib hafa qilgan paytlarimda, jaxl qilib chiqib ketadi, keyin o'g'limizni chaqiradida bor dadangga choy damlab ber, boshiga baland qilib yostiq qo'yib bergin, deydi. Yotgan joyimda eshitib yotaman, ayol degani shunchalik bo'larda uka. Mamarayim aka chuqur g'amga botgancha do'kon tarafga qarab ketarkan "ex ayollarimizga nisbatan ko'p nohaqlik qilamizda" deb qo'yadi. Uyga qaytib, xonaga kirarkanman dumog'imga gup etib rayhoning hushbo'y isi urildi. Hotinim rayhon uzib, stol ustiga issiq choy damlab shirinlik qo'yibdi, o'zi esa ikki yuzi qizargancha, keldizmi begim deydi, unga nisbatan mexrim jo'shib ketadi... xay akangni xotini.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10