Ilhom kelib yozdim sizga she'r.
Raxnamosiz saxiy va tanti.
Zamondoshlar sizga raxmat der.
Ich ichidan sevinar shodon.
Yuraklarda ishonch yashaydi.
Olamda kam siz kabi xoqon.
Yurt siz bilan gullab yashnaydi.
El dardini ko'tarmoq og'ir.
Va albatta siz bunga qodir.
Shukurlarkim tinchlik hukmron.
Armiyamiz ham sergakdur xar on.
Vatanimiz tan oldi jaxon.
Kuchli xalq ham bir tan-u bir jon.
Avlodlarga ruhi shod bo'lib.
Temur bobom boqarlar kulib.
Mard va jasur erur xalqimiz.
Ikkilanmay olg'a yuramiz.
Rivojlangan,go'zal va tengsiz.
Olamda yo'q davlat quramiz.
Mustaqillik abadiy bo'lar.
Oftob turar charaqlab doim.
Nurga to'lar yurt,gulga to'lar.
Ota sizni qo'llar Hudoyim.
Va xalqimdek yurakdan men ham.
Ich ichimdan shuni istayman.
Chin dilimdan sog'lik tilayman
Dilshod Davron
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев