Besh kun bo'lsin baxtlisan doim
Insonchi ex, pul deya xalak
Bolam chaqam der ,uyim joyim
Yechish kerak ming ming masala
Birin yechsa yangisi chiqar
Xech bitmas bu ishlari chala
Muammosi qabrga tiqar
Yetmish yildan nima ma'ni bor
O'tsa xar kun g'amu alamda
Senchi ajab aylanglding gulzor
Inson g'amgin o'ylangan damda
Qanotmi yo kamimiz bizning
Yuraverib zerikdikmikan
Yo'q yo'q sening mitti yuraging
Muxabbat deb yaralgan ekan
Besh kun bo'lsin yashading sevib
Tongda tomchi shabnamgaz to'yib
Inson boylik ortidan quvib
Ketayabdi nafsini qo'yib
Qizlar endi oltin gadosi
Gul tutsang gar yuzingga otar
Yillarimiz qani ma'nosi
Shunday yetmish yilimiz o'tar
Insonga sen yashashni o'rgat
Chaman kezsin sen bilan birga
Yuragini cho'lg'ab mudabbat
Tan bermasin qora taqdirga
Qurib ketsin sho'xligim mening
Kechir yana yo'lingni to'sdim
Alishardim umrimni sening
Beshta baxtli kuningga do'sdim
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев