SIZGA MALOL KELMAGUNCHA ALLOHGA MALOL KELMAYDI
U zot alayhissalomning amallari shunday edi. Buning dalili mana bu hadisi sharifdir: “Alqama Naxaiy Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning amallari haqida soʻrab bilish uchun Oisha roziyallohu anhoning oldiga keldi va: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birortasini (muayyan bir ibodat uchun) xoslab olgan edilarmi?” dedi. U: “Yoʻq, u zotning amallari davomli edi, xolos. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qurbilari yetgan ishga sizdan qaysi biringizning ham qurbi yetar edi-ya?!” deb javob berdi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning bir odatlari bor edi. Biror amalga qoʻl ursalar, uni puxta bajarar edilar. Biror kasallik yoki monelik tufayli kechki vazifalarini bajara olmay qolsalar, kunduzi qazosini ado etardilar. U zot alayhissalom kishi ibodat qilaman deb jismu jonini qiynab qoʻyishini, oʻzini toqati yetmaydigan ishga majburlashini xush koʻrmasdilar. Chunki nafs bunday amalda bardavom boʻla olmaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев