To`yib gaplashaman deb, Ko`pgina pul ham soldim. Zamonaviy bo`lay deb, Internetga ulandim. Uch kun o`tmay\"odnoklassniki`` ni, Kasaliga aylandim. Xar shaxarda, xar xil yosh, Go`zal qizlar qalam-qosh. Gaplashdim xo`p qiziqib. Do`stim bo`ldi odnodosh. Kunlar o`tdi, oy o`tdi, Bir qizga ishqim ketdi, Yozib shirin so`zlarni, O`ziga maftun etdi. She`rlar bitib tonggacha, Suxbatlashib shomgacha, Uxlamadik xattoki, Yulduz sanab tonggacha. Muxabbatdan so`ylashib, Xayollarda o`ynashib. Layli-Majnun bo`ldik biz, Ishk dardida kuylashib. Baxtli edim go`yoki, Topdim deb zo`r go`zalni. Qizg`onardim soyamdan, Xattoki u asalni. Kunlar o`tib, kun sayin, Sevgimiz bo`ldi mayin. Odnodagi qiz bilan, Uchrashuv bo`ldi tayin. Oq yuvinib, oq tarab, Oynaga ming bor qarab. Sevgilimni ko`ray deb, Otlandim shaxar taraf. Yurak to`la xayajon, Bordim aytgan manzilga. Sms keldi shu on, Xafa bo`lmang xazilga. Afsus, afsus shuncha oy, Ishq dardida kuyganim. Odnoklasniki saytida, Soatlab utirganim
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев