uyg'onmayaptilar?"
Jajji bolakayning savoli
shundog'am
siqilib turgan dadasining
yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga
ötqazdida, peshonasidan öpdi.
"Oying
ög'lim, rosa charchagan. Endi
bir-
necha kun uxlab, yaxshilab dam
olishi kerak" Bolakay indamadi.
5
yoshli bolakay onasining og'ir
kasalligini ancha oldin
fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi
körishga olib borganida, oyisi
uni
quchib rosa yig'lagandi. Dadasi
oying tuzalib ketadi, keyin
shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida
bola oyim tuzalibdilar deya
rosa
sevingandi. Öy-hayollari özidek
sof murg'ak bola oyisiga
boshqa sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har
kungidek örniga yotarkan
bolakay osmonga qarab qölini
chözdi: "Oyimni tuzalishiga
yordam ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda uyg'onib
ketdi.
Pildirab koridorga chiqdi.
Dadasi
balkonda sigaret chekib, kim b-
ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga
ham tushunmadi- yu shu gaplar
orasidan operatsiya, katta pul
degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir
kinoda körgandi. Operatsiyada
doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni
ham ukol qilishsa sog'ayib
ketadilar" öyladi bolakay.
Örniga
qaytib yotarkan osmonga
qarab yana qölini chözdi: "Oyimni
tuzalishiga katta pul ber,
Xudojon" Bolakayning
onasining
ahvoli kundan-kun
yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U
faqat dadasining ösha kungi
gaplarini öylardi:
operatsiya...katta pul...
Oxirgi kunlar bolani oyisining
yoniga kiritmay qöyishdi. U uyiga
kelib-
ketayotgan köplab
qarindoshlarni
jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi
bolakayga pul tutdi: -Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib
ye... Bolakay onasining
yaqinlari
b-n vidolashyotganini
tushunmasdi. Nihoyat uni
chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Közlari shishib
ketgan, oppoq choyshab
yopingan köyi chözilib
yotgan oyisining yoniga
keldi. -Kel shirinim,-
oyisining hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola
bölyapsanmi bog'chada? -
Ha, oyijon. -Yaxshi özimni
toychog'im... -Oyi, endi
tuzalib ketasizmi? -Hm...,-
oyisi yig'lab yubordi. - Menga yana ertak aytib berasizmi? -
Hm...
-Sizni
yaxshi köraman...
Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday
sönggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham
bilardi u. Bog'chadan
kelganida uyidagi
odamlarning köpligidan
hayron qoldi. Hamma
bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim
uyg'ondilarmi?", dadasining
yoniga kelib söradi u.
Dadasi chökkalab ötirib
ög'lining közlariga boqdi:
"Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini
quchdi,- oying bizni tashlab
ketdi. Ög'il yaxshi
tushunmadi, kissasini
shoshib kovladi-yu bir siqim
buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga
ayting, oyimni ukol qilishsin,
oyim tuzalib ketsa böldi,
men bitta ham muzqaymoq
yemayman, faqat ayting
ada, oyimni tuzatib berishsin...." Ög'ilning
peshonasidan öparkan
dadasining köz yoshlari
uning yuziga tomchiladi...
Onasini kömishdi. Tun
chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga qölini
chözdi: Iltimos, oyimni
menga qaytarib ber,
Xudojon...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев