Предыдущая публикация
Mol-davlat, pul deya sarsonmiz.
Naxotki ko'rmaymiz hech o'ylab...
Besh kunlik dunyoda mexmonmiz
,,Men boyman'' deb qaddin urar kim,
Kimgadir nopisand qarar kim,
Ayt ustun bo'ldimi biror kim?
Besh kunlik dunyoda mexmonmiz.
Har kun, har daqiqa bir imkon,
Yaxshilik qilaylik ey inson.
G'aflatda qolmaylik kel, uyg'on,
Besh kunlik dunyoda mexmonmiz.
Yaxshisan murodga yetmoq bor,
Yomonsan, gunohga botmoq bor.
Keldikmi... bir kun tark etmoq bor.
Besh kunlik dunyoda mexmonmiz.
Duosi asraydi joningni,
Rozi qil otangni, onangni,
Sof tutgil o'z ko'ngil xonangni,
Besh kunlik dunyoda mexmonmiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев