Kobuldagi saylovchilarni qayd qilish markazida xudkush tomonidan sodir qilingan portlash kamida 52 kishining umriga zomin boʻldi. Bu haqda Afgʻoniston hukumati xabar bergan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, markazga kirishga navbat kutib turgan olomon oʻrtasidagi portlash natijasida 112 kishi jarohatlangan.
Mahalliy OAV ning maʼlumotiga koʻra, oʻlganlar orasida 21 ayol va 5 nafar bola bor.
Hujumlarga masʼuliyatni IShID guruhi oʻz zimmasiga olgan.
Jihod guruhi nazorati ostidagi Amak xabar agentligining aytishicha, portlovchi moddalardan belbogʻ taqib olgan xudkush hujumchi Kobul gʻarbidagi Dashti Barchi mavzesiga kirib kelgan.
Hodisa joyidan olingan kadrlarda qonga bulangan hujjat va suratlarni koʻrish mumkin. Portlash sodir boʻlgan joy singan oyna parchalari bilan qoplangan, yaqinroqda turgan mashinalar ham zararlangan.
Guvohlardan biri qurbonlar orasida saylov uchun roʻyxatga oʻtishga hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olishga kelgan koʻplab ayol va bolalar borligini aytgan.
Oktyabr oyida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan saylovlarga saylovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish shu oyning boshida boshlangan edi.
Bu vaqt davomida qayddan oʻtish markazlariga kamida toʻrt marta hujum uyushtirildi.
Afgʻoniston Ichki ishlar vazirining BBCga aytishicha, "Tolibon" va "IShID" odamlarni hukumatga qarshi qayrash hamda mamlakatda xaosni keltirib chiqarish uchun oddiy fuqarolarni oʻldirmoqda.
Parlament saylovidan soʻng 2019 yili Prezident saylovi ham boʻlib oʻtadi.
BBC maʼlumotlariga koʻra, Afgʻoniston hukumati mamlakatning atigi 30 foizini toʻliq nazorat qiladi. Qolgan joylar Tolibon va IShID hujumlari tahdidi ostida qolmoqda. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/world-69057425
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69029325
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3