Sudlanuvchi Nasiba Uzoqova Toshkent shahar IIBBda tergov xonasida oʻzini tergovchi deb tanishtirgan shaxs tomonidan qiynoqqa tutilganini aytib bergan. "Tergovchi" Nasiba Uzoqovani kaltaklayotgan vaqti, u onasiga oʻxshab ketishi tufayli ham koʻproq nafratlanishini aytgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida 18 aprel kuni bir guruh dindorlar ustidan mahkama jarayoni davom etgan.
Ular "Hizbut tahrir" firqasiga aʼzolikda ayblanmoqda. Sudlanuvchilarning barchasi ushbu ayblarni rad etgan va oʻzlariga nisbatan qiynoqlar qoʻllanilganini maʼlum qilgan.
Bu safargi sud jarayonida sudlanuvchi Nasiba Uzoqova koʻrsatmalari tinglangan.
Videoni BBCUZBEK.COMning YouTube dagi kanalida ham tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=2W5KoX4ocdQ&feature=youtu.be Sudda sudlanuvchi sifatida ishtirok etgan va mahkama qarori bilan uy qamogʻiga olingan Nasiba Uzoqovaning qizi Umida Uzoqova bilan bogʻlanib sud tafsilotlarini soʻradik.
"Onamning sudda aytishicha, 2017 yil 13 noyabrda u va ukamni Toshkent shahar GUVD Terrorizmga qarshi kurashishi boshqarmasiga olib kelishgan. Boshqarmaning tezkor xodimlari oʻtiradigan xonasida boʻylari uzun, rangi oqishdan kelgan yigit oʻzini tergovchi deb tanishtirgan va onamga bosim oʻtkazgan. Boshiga urib koʻrsatma yozdirib olgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi", deydi Umida Uzoqova.
Nasiba Uzoqova terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasida tezkor xodimlari oʻtiradigan xonada tahqirlash va kaltaklar ostida qogʻozga qoʻl qoʻyib berishga majburlanganini aytgan.
"Onamni burchakka turgʻizib qoʻyishgandan soʻng, sen iflos, yaramas, manqurt, mani onamga oʻxshaysan, degan gap gapirgan tergovchiman deb tanishtirgan odam. Shunda onam ajablangan, meni shuncha yomon koʻrib, oʻzining onasiga oʻxshatyapti, deb. Onamning qarashidan tushungan u odam aytganki, meni onam yoshligimda tashlab ketgan Men begona ota-onaning qoʻlida katta boʻldim. Oliy maʼlumotliman, shu darajaga yetdim. Shuning uchun onamga oʻxshatyapman. Onam meni tashlab ketgan. Shu iflos ayolga sani oʻxshatyapman, degan", - deydi Umida Uzoqova.
Bundan tashqari Nasiba Uzoqova ayni damda ishdan chetlashtirilgan tergovchi Solih Rahmonov bilan oʻrtalarida boʻlib oʻtgan gap-soʻzlarni ham aytib bergan.
Maʼlum boʻlishicha, Solih Rahmonov uning qizi Umida Uzoqovaning uy qamogʻiga oʻtkazilganidan norozi boʻlgan. Chunki uy qamogʻiga oʻtkazilgan Umida Uzoqova dastlabki tergov vaqtida qiynoqlar va bosimlar ostida bergan koʻrsatmalaridan bosh tortgan.
Umida Uzoqovaning aytishicha, aynan ular koʻrsatmalardan bosh tortgach, ukasining turmush oʻrtogʻiga bosim oʻtkazib qaynonasiga qarshi koʻrsatma berishga majburlashgan.
Nasiba Uzoqovaning sudda aytishicha, u bilan tergov xonasida yuzlashtirilgan kelini uni shunga majburlashganini aytib, yigʻlagan.
Mahkama 23 aprel, dushanba kuni davom etadi. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43831499?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3