Tashabbuskorlar xorijdagi bir vaqtlar Oʻzbekistonga tegishli boʻlgan qimmatbaho madaniy boyliklarni Oʻzbekistonga qaytarishga bel bogʻlagan. Xalqaro auktsionlarda sotuvga qoʻyilgan osori-atiqalarni hukumat va yirik tadbirkor homiylar eʼtiboriga havola qilingan holda u ortga qaytariladi.
18 aprel kuni Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida "Oʻzbekistonning madaniy boyliklari Buyuk Britaniya toʻplamlarida" nomli anjuman boʻlib oʻtdi.
Elchixonadan videolavhani BBCUZBEK.COM ning YouTube kanalida tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=BWJ8Wks8tzs Qadimiy Oʻzbek qoʻlyozmalari Britaniya kutubxonasiga qanday kelib qolgan? https://www.youtube.com/watch?v=ctiJILZsXb4 Anjuman "Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida" loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov va Oʻzbekistonning Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil qilindi.
Unda Oʻzbekistonning Britaniya muzeylari va shaxsiy kollektsiyalarida saqlanayotgan qoʻlyozma asarlari hamda osori-atiqalariga befarq boʻlmagan olim va professorlar qatnashdi.
Anjuman davomida Oʻzbekiston dunyo boʻylab sochilib ketgan madaniy merosini qanday qilib toʻplab uni jamoatchilikka taqdim qilayotgani haqida aytildi.
Loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqovning BBC Oʻzbek xizmatiga aytishicha, shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyatining Katta langar qishlogʻida saqlanib kelingan halifa Usmon (r.a)ga buyrugʻi bilan yozilgan ilk Qurʼoni Karimning faksimele nusxasi tayyorlanib tarqatilmoqda.
Faksimele nusxa kitob va qoʻlyozmalarni asliga moslab nusxa koʻchirish demakdir.
Masalan, faksimele nusxada Qurʼonga tushgan qon dogʻlari aslida qanday boʻlsa shunday koʻrish mumkin.
Yoki qadimiy kitoblarda tillo suvi yuritilib yozilgan qoʻlyozmalardan faksimel nusxa koʻchirilganda nusxalarga ham tillo suvi yuritiladi.
Bir yil ichida Katta langar qishlogʻida saqlanib kelingan Qurʼondan tashqari Amir Temurning "Temur tuzuklari", Husayn Bayqaroning "Devoni Husayni", va "Merojnoma" kabi asarlarning faksimile nusxalari yaratilgan.
Firdavs Abduxoliqovning taʼkidlashicha, loyiha bu kabi asarlarni faqatgina nusxasini yaratib tarqatmasdan, balki qiyin boʻlsa-da ularni Oʻzbekiston qaytarishni ham maqsad qilgan.
"Madaniy merosni Oʻzbekistonga qaytarishning qonuniy yoʻli bor. Xalqaro auktsionni kuzatib, ularda sotuvga qoʻyilgan boyligimiz haqida maʼlumotnomani toʻplab olib, hukumat va vatanparvar yirik homiylarga yetkazish va ularning eʼtiborini shu masalaga jalb etish", deydi Firdavs Abduxoliqov.
Biroq qachonlardir chetga chiqib ketgan yoki ayrimlari arzimas pullarga sotilgan madaniy boyliklarni ortga qaytarish oson boʻlmaydi.
Masalan, ayni damda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Mirzo Ulugʻbekning nefritdan ishlangan piyolasi 1960 yilda bir kollektsionerdan 50 funtga sotib olingan.
Keyinchalik uning qiymati maʼlum boʻlgan va ayni damda juda qimmatbaho matoh sanaladi. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/lotin-43825694
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев