Aron Safir, BBC
Prezident Tramp hokimiyatga kelgandan soʻng qochqinlarga nisbatan olib borilgan keskin siyosat tufayli AQShda rasman qochqinlik maqomiga ega boʻlgan shaxslar soni soʻnggi 30 yil ichida eng quyi darajaga tushib ketdi. Bunday siyosat qochqinlarning oilalariga qanday taʼsir koʻrsatmoqda?
35 yashar Muhammad Chogʻil Kennektikut shtatida joylashgan Nyu Heven shahridan turib har kuni yoshi oʻtib qolgan onasiga qoʻngʻiroq qiladi. Ona oʻgʻli oʻzining uddasidan chiqa olayotganligi yoki yoʻqligi, hayoti qandayligi haqida soʻraydi. Oʻgʻil esa onasining dorisini oʻz vaqtida ichayotganligini bilishga qiziqadi, tez orada yana yuz koʻrishishlariga vaʼda berib, uni yupatadi. Biroq Muhammad bu vaʼdasining ustidan chiqishiga ishonchi komil emasligini yaxshi tushunadi.
Muhammad va uning ota-onasi Suriyadagi urush dahshatlaridan qochib, 2012 yil dekabr oyida mamlakatni tashlab chiqqanlar. Ular maʼlum vaqt Iordaniyadan boshpana olib turdilar, soʻng AQShda yashashga ruxsat olish uchun ariza topshirdilar. 2016 yil kuzida Muhammadning otasi vafot etadi. Biroz vaqtdan soʻng Muhammadning arizasi AQSh hukumati tomonidan qondiriladi.
Qaror qabul qilish qiyin boʻlganiga qaramay, Muhammad onasisiz AQShga joʻnab ketadi. Ona ham, bola ham tez orada yangi vatanda uchrashishlariga ishonar edilar. Muhammad AQShga kelishidan bir necha hafta oʻtib, Donald Tramp prezident sifatida qasamyod keltiradi.
Muhammadning onasi yaqinda beva qolgani sababli uning hujjatlari va arizasi qaytadan koʻrib chiqilishi haqida maʼlum qilinadi. Shundan soʻng prezident Trampning ayrim musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash boʻyicha qarori eʼlon qilinadi. Taqiq ostiga tushgan Suriya fuqarolari AQShdan rasmiy qochqinlik maqomini olish imkoniyatidan mahrum boʻladilar. Bir yildan ziyodroq vaqt oʻtibdiki, Muhammadning onasida oʻgʻlini yana koʻrish umidi soʻngani yoʻq.
Tramp maʼmuriyati amerikaliklar hayotini muhofaza qilish vaji bilan qochqinlar boʻyicha dasturni muzlatib qoʻydi va xavfsizlik yuzasidan topshirilgan arizalar qayta koʻrib chiqilmoqda. Biroq uzoq davom etgan huquqiy jarayonlardan soʻng ham Chogʻillar kabi koʻplab oilalar oʻz yaqinlari bilan yana qayta birlashish imkoniyatiga ega boʻla olmayapti.
"Arizalar ikki yildan beri qayta koʻrib chiqilmoqda. Shunchalik kuchli tekshiruvdan oʻtgan shaxslar AQSh xavfsizlikka raxna solmaydi, degan fikrdaman. Hukumat shu bahona bilan qochqinlar boʻyicha dasturni muzlatib turibdi, xolos", deydi AQSh Qochqinlar Kengashi raisi Meri Jiyovagnoli. Uning guruhi mamlakat boʻylab qochqinlarni qayta joylashtirib chiqish agentliklarining vakili sifatida faoliyat yuritadi.
AQSh Qochqinlar Kengashining iddaosicha, arizalarni koʻrib chiqish jarayoni byurokratik yoʻllar orqali sekinlashtirilmoqda, imkon qadar kamroq qochqinlar bilan suhbat oʻtkazishga harakat qilinmoqda. "Yuz berayotgan holat qochqinlar dasturini bekor qilish yoʻlidagi puxta oʻylangan reja ekanligi koʻrinib turibdi", deydi Jiyovagnoli xonim.
Qochqinlar oqimi
Muhammadning Kennektikutga joylashishida yordam bergan qochqinlar boʻyicha agentlik rahbari Kris Jorj shunday deydi: "Koʻplab qochqinlar boʻyicha dasturlar faoliyati sustlashtirib qoʻyildi yoki toʻxtatildi. 2016 yilda mening tashkilotim 530 nafar qochqinni joylashishida koʻmaklashgan edi. Bu yil esa 200 qochqinga yordam berolsak ham katta gap".
Bir yil ichida qancha shaxsga qochqinlik maqomi berilishi AQSh prezidenti tomonidan hal qilinadi. 2017 yil oktyabr oyida prezident Tramp 45,000 shaxsni qabul qilishga qaror qildi. 2016 yilda esa prezident Obama tomonidan 110,000 odamga qochqinlik maqomi berilgan edi. 45,000 nafar qochqin - bu soʻnggi 30 yil ichidagi eng past koʻrsatkichdir.
Prezident Tramp qochqinlar miqdori borasida aniq qarorga kelganidan yarim yil oʻtibdi hamki, hukumat tomonidan atigi 10,548 nafar shaxsning qochqinlik boʻyicha arizasi qondirildi.
AQSh Qochqinlar Kengashi qochqinlar sonining kamayishi prezident tomonidan belgilanadigan raqamning pasaytirilishiga sabab boʻlib xizmat qilishidan tashvishga tushmoqda.
Mamlakat boʻylab qochqinlarni joylashtirish bilan shugʻullanuvchi 20 dan ortiq agentliklar hozirda yopilish arafasida. Tramp maʼmuriyatining aytishicha, agentliklarning birlashgan firqalari qochqinlarni joylashtirish ishlarini bemalol uddalay oladi. Shuningdek, prezident Tramp vakillari AQShning qochqinlarga yordam beruvchi xalqaro tashkilotlarning asosiy homiysi ekanligini ham yoddan chiqarmaslik haqida taʼkidlamoqda.
Agar qochqinlarni joylashtirish agentliklari yopiladigan boʻlsa, u holda Amerikaning anʼanasiga aylanib qolgan yordamga muhtojlarga koʻmak qoʻlini choʻzish ishlarini davom ettirish koʻngillilarga qoladi.
2014 yil dekabrida radio orqali Suriyadagi fuqarolar urushi haqida eshittirishlarni tinglagan Robin Beslou qochqinlarga yordam berishga qaror qildi. U mahalliy sinagogalar va cherkovlardan koʻngillilarni toʻplab, Kris Jorjning tashkiloti orqali Afgʻonistondan kelgan qochqin oilaning Brenford shahriga joylashishida koʻmaklashdi.
Robinni bu ishga ruhlantirib turadigan narsa oddiy. "Biz bu ishni insonlar hayotini saqlab qolish uchun qilamiz. Mening onam Frantsiyada boʻlgan Xolokost voqealaridan omon qolgan. Men onam uchun qilingan yaxshiliklarni boshqalarga qaytaryapman, xolos".
Maxsus maqom
Zohir, uning ayoli Nuriya va ularning oʻgʻilchasi Bahij yaqinda Brenfordga kelib, joylashganlar. Zohirning Afgʻonistonda AQSh harbiylari uchun tarjimon boʻlib ishlagani ortidan Tolibon oilani taʼqib qila boshlagan. Zohirni otib ketishlariga sal qolgan, Nuriya esa mashinasi tagidan bomba topib oladi. Nihoyat ular joriy yilning yanvarь oyida AQShga keldilar.
Ular AQShga Maxsus Viza dasturi orqali kelganlar. Ushbu dastur Iroq va Afgʻonistonda AQSh bilan hamkorligi natijasida hayoti xavf ostida qolgan shaxslarga moʻljallangan. Maxsus Viza dasturida belgilangan qochqinlar miqdori prezident Tramp davrida ham oʻzgarishsiz qolmoqda. Oʻtgan yilning oktyabr oyidan beri 8,020 nafar shaxs mazkur dastur asosida AQShga koʻchib keldi.
Oilaning yangi hayoti oʻzlari orzu qilgandek kechmoqda. Zohir ishlayapti. Koʻngillilar oilaga egasi ochiqkoʻngil boʻlgan ijara uy va uy jihozlari topishda yordam berdilar. Boshqa koʻngillilar esa ularga ingliz tilini mukammallashtirish borasida koʻmaklashdilar. Mahalliy doʻkonlardan biri ularga kiyim-kechak hadya qildi, Nuriya yoga kurslariga qatnay boshladi - u Afgʻonistonda bunday imkoniyatdan mahrum edi.
Biroq Robinning jamoasi prezident Trampning oddiy qochqinlar boʻyicha siyosatidan hamon xavotirda.
"Mening oilam ham qochqin edi, lekin ular bunday qiyinchiliklar bilan yuzlashmaganlar". deydi jamoa aʼzosi Syuzan Smit. "Oilam hukumatning qochqinlarga nisbatan muomalasi yaxshi boʻlgan paytlarda koʻchib kelgan edi. Men oʻsib kelayotgan avlod bunday bagʻrikenglik nimaligini bilmasligidan qoʻrqaman."
Biroq Kris Jorj vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarishidan umidvor. "Biz aksil-qochqin kuchlarga qarshi tura olamiz", deydi u. "Qochqinlarga nisbatan mehmondoʻst boʻlish ushbu mamlakat qilishi lozim boʻlgan eng oliyjanob vazifadir."
"Ozodlik Haykali harakatga tushdi. U yoʻlidagi har qanday prezidentni yanchib ketadi. Va u bir kun kelib, boshini baland koʻtargancha, viqor bilan yana joyiga qaytadi." BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/lotin-43798426 #bbcuzbek #Prezident #Donald #Tramp #AQSh #Suriya #suriyaliklar #taqiq #fuqarolari #rasmiy #qochqinlik #maqomi #mahrum #Afgʻoniston
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2