Gʻallaorollik Shuhrat Zamonovni ayovsiz kaltaklangan, hayotiga xavf soladigan jarohatlar olgani bois Jizzax viloyat shifoxonasida amaliyotni boshidan oʻtkazgan.
Qarindoshlarining xabar qilishicha, Shuhrat Zamonovni 9 apreldan 10 aprelga oʻtar kechasi "Qoʻytosh" va "Koʻkbuloq uchastka nozirlari mast holda kaltaklaganlar.
Qiynoqlardan boxabar boʻlib, chora koʻrmagan rasmiy qamaladi
1987 yilda tugʻilgan va fermer xoʻjaligida traktorchi boʻlib ishlaydigan Shuhrat Zamonovni Gʻallaoroldan Jizzax viloyat shifoxonasiga yotqizishga majbur boʻlganlar.
Shifoxonaning neyroxirurgiya boʻlimida jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan, Shuhrat Zamonovning boshidan 30 ml.dan ortiqroq qotib qolgan qon olingan.
Hozir reanimatsiya boʻlimida davolanayotgan Shuhrat Zamonov koʻzi yaxshi koʻrmayotganini aytmoqda.
Uni shafqatsiz doʻpposlagan ikki uchastka noziri ayblarini boʻynilariga olib tilxat ham yozib berganlar.
Shuhrat Zamonov ukasi Dilshod Zamonovning BBCga aytishicha, 13 aprelda mushtumzoʻr ikki militsiya xodimi ustidan shikoyat arizasi yozib topshirganlar.
Ushbu hodisa yuzasidan ish qanday bosqichda ekanini aniqlash maqsadida BBC Jizzax viloyat Gʻallaorol tuman IIBga telefon orqali bogʻlandi.
Telefon goʻshagini koʻtargan serjant, "uchastka nozirlari mast boʻlmaganlar", deb aytdi.
"Ish vaqtida xodimlar qanday qilib mast boʻlishlari mumkin?", deya savol berdi gʻallaorollik IIB xodimi.
Gʻallaorol tuman prokuraturasi Shuhrat Zamonovning kaltaklangani yuzasidan ish qoʻzgʻatgan.
Tuman prokuraturasining BBC bilan suhbatlashgan masʼuli aytishicha, hozir surishtiruv ishlari amalga oshirilyapti. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43785223 #jizzax #жиззах #ички #ишлар #IchkiIshlar #GAllaorol #ғаллаорол
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Юртбошини айтганлари
Тасир килмаяпди
Улар ЮРТБОШИНИ Худди
Ислом Каримов давдидагидек
Алдашяпди
Узр
эе Болам сенга хам мансаб вактинча
Вакти келиб Боланг хам хато жиноят килиши
Мумкун
сендан Колган калтаклаш Унинг хам бошида Синади
УНИТМА.
Сен хозирдан Боланг набираларингни Асра.
Одамий