Navoiylik Dilshoda Tongotarova oʻgʻliga nisbatan qoʻllanilgan qiynoqlar boʻyicha jamoatchilikka gapirgani uchun oʻgʻliga yana muddat qoʻshib berilganini iddoa qilmoqda. Jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudi 2016 yil 7 yilga hukm qilingan Sanʼat Salimovga yana 1 oy qoʻshib bergan.
Dilshoda Tongotarovaning murojaatini BBCUZBEK.COM ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=DTAmvrB4fYM&feature=youtu.be Salimov Jinoyat kodeksining 244 1-moddasi bilan jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatish bilan ayblangan.
Dilshoda Tongotarova oʻgʻlini 2015 yilda ushlab qiynoqlar natijasida boʻyniga ayb qoʻyishganini 7 yilga hukm qilishganini aytadi.
Uning aytishicha, 2017 yilda Sanʼat Salimovni Hasan Arziyevga qarshi koʻrsatma berishga majburlashgan.
Bundan bosh tortgan Salimovning jinsiy aʼzolari, moyaklariga suv toʻldirilgan baklashka osib qiynashganini aytishadi.
Bundan oldinroq Toshkentda namoyish oʻtkazgan Dilshoda Tongotarova murojaati Mirziyoyevg yetib bormaguncha toʻxtamasligini taʼkidlaydi.
Mirziyoyevning 2 mart kuni Navoiyga tashrifi chogʻida bir necha onalar bilan bir qatorda Dilshoda Tongotarova ham Prezedint bilan uchrashmoqchi boʻlganida ichki ishlar xodimlari tomonidan idorada ushlab turilgan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43417925


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3