Rossiyaning Yakutsk aeroportidan xabar qilishlaricha, An-12 transport samolyoti osmonga koʻtarilayotgan payti "oʻta qimmatli yuk" tushib ketgan.
"15 mart kuni "Nimbum" aviakompaniyasiga tegishli An-12 transport samolyoti Yakutsk aeroportidan koʻtarilayotganda havo oqimi yuk lyukining chap tavaqasini yulib olgan. Ekipaj havo kemasini Yakutsk aeroportiga qaytarish haqida qaror qabul qilgan", deyiladi xabarda.
Dastlab samolyotdan oltin qulagani haqida habar tarqalgan. Keyinchalik "Interfaks" axborot agentligiga gapirgan rasmiylardan biri, samolyotga ortilgan yuk oltin emas, kumush edi, deb aytgan. "Mendagi axborotga koʻra, bortda kumush quymalari boʻlgan. Hammasi boʻlib qimmatbaho metallning 200 quymasi. Yukning bir qismi uchish-qoʻnish yoʻlagiga tushgan", - deb aytgan "Interfaks" manbasi.
Ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan Rossiya Tergov qoʻmitasi xabarida soʻz "9,3 tonnaga yaqin qimmatbaho metall" haqida boradi.
Tergov qoʻmitasiga koʻra, yuk Chukotkadagi kon-metallurgiya kompaniyasiga tegishli boʻlgan. Bu kompaniya Chukotkadagi Kupol deb nomlanadigan konda qazish ishlari bilan shugʻullanadigan Kanadaning Kinross Gold korporatsiyasi tarkibiga kiradi.
"Interfaks" axborot agentligiga Kinross Gold shirkatining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Stanislav Borodyuk aytishicha, uchoqdan qulagan quymalar Dore qorishmasi deb ataladi, uning tarkibiga kumush va oltin kiradi(uning necha foizini oltin, necha foizini kumush tashkil etishi haqida maʼlumot bermagan.
Janob Borodyuk soʻzlariga koʻra, toʻkilib ketgan hamma quymalar topilgan. "Barcha yuk yigʻib olindi, hech qanday yoʻqotish yoʻq, shuning uchun sugʻurta masalasi ham koʻtarilgani yoʻq", deb aytgan Stanislav Borodyuk.
Aeroport maʼmuriyati xabar qilishicha, samolyot soz boʻlgan. Matbuot xizmati xabariga koʻra, uchoqni parvozga ekipaj tarkibiga kirgan mutaxassislar tayyorlashgan. sakhaday.ru portali axborotiga koʻra, uchoq lyuki eshigi uzilib tushganidan keyin "oʻta qimmat yuk" yoʻqolgan. Shu tufayli politsiya aeroportda yoʻlovchi va haydovchilarning yon-atrofini titkilab tekshirishni boshlagan.
Matbuotda eʼlon qilingan fotosuratlarda samolyot yuk lyukining pastki tavaqalari yoʻqligini koʻrish mumkin. Lyuk eshigi yopiq holda turibdi, bu eshiklarining chetlari ancha shikastlangan. Mutaxassislar fikricha, bunday shikastlanishga yukning notoʻgʻri mahkamalangani sabab boʻlishi mumkin.
Hodisadan keyin samolyot Magan aeroportiga beshikast qoʻngan. yakutiamedia.ru portali xabar qilishicha, kuchishlatar tizimlari uchish-qoʻnish yoʻlagi atrofini oʻrab olganlar, hududga hech kimni kirgizmaganlar. Aeroportda politsiyaning xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/world-43416089 #bbcuzbek #Rossiya #Yakutsk #Magan #aeroport #oltin #An12 #transport #samolyot #yuk #politsiya #xavfsizlik #Kinross #Gold #Moskva #Stanislav #Borodyuk
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14