"Novichok" Sovet davrida Oʻzbekiston gʻarbidagi kimyoviy qurollar laboratoriyasida ishlab chiqarilgan. Orol dengizining janubi-gʻarbidagi "Vozrojdeniya" orolida joylashgan maxfiy laboratoriya 1990-yillar oxirida AQShlik ekspertlar koʻmagida zararsizlantirilgan.
Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning maʼlum qilishicha, rossiyalik josus Sergey Skripal va qizi Rossiyada ishlab chiqarilgan markaziy nerv sistemasini falaj qiluvchi modda bilan zaharlanganlar.
Bu haqda britan bosh vaziri parlamentda bayonot bergan.
Uning soʻzlariga koʻra, "Novichok" ismli zaharli modda kimyoviy qurollarning yangi avlodiga mansub.
Tereza Mey seshanba kuniga qadar Rossiyaga hodisa yuzasidan izoh berish uchun muhlat berishini aytgan.
Uning soʻzlariga koʻra, agar Rossiya tomonidan ishonchli bayonot yangramasa, Skripalning zaxarlanishi Rossiya davlati tomonidan Buyuk Britaniya hududida noqonuniy kuch ishlatilishi, deya talqin qilinadi.
"Novichok" sovet davrida Oʻzbekiston gʻarbidagi kimyoviy qurollar laboratoriyasida ishlab chiqarilgan.
Orol dengizining janubi-gʻarbidagi "Vozrojdeniya" orolida joylashgan maxfiy laboratoriya 1990-yillar oxirida AQShlik ekspertlar koʻmagida zararsizlantirilgan.
AQSh Kongressi ayni maqsad uchun 6 million dollar mablagʻ ajratgan.
Avvalroq Rossiya Angliyaning Solisburi shaharchasida xushsiz holda topilgan sobiq josus voqeasi haqida "hech qanday maʼlumot"ga ega emasligini aytgandi.
Britaniya foydasiga josuslik qilishda ayblangan rossiyalik Sergey Skripal oʻtgan yakshanba Solisburi shaharchasidagi savdo markazi oʻrindigʻida 33 yoshli qizi Yuliya Skripal bilan birgalikda hushsiz holda topilgan.
Kreml ushbu hodisani tekshirish ishlarida Britaniya politsiyasi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Moskva hodisani tekshirish ishlarida koʻmak berishga tayyorlanayotganini maʼlum qilgan.
"Biz bu hodisani fojia sifatida baholaymiz, lekin bizda uning sabablarini ochiqlashga imkon beradigan biror maʼlumot yoʼq", degan Peskov.
Solisburi shaharchasi joylashgan Viltshayr grafligi politsiyasi bayonotiga koʻra, ota va qiz shaharchadagi "Maltings" savdo markazi oʻrindiqlaridan birida yonma-yon holda topilgan. Ularda biror ochiq jarohat aniqlanmagan, lekin politsiya suiqasd ehtimolini oʻrganib chiqmoqda.
Bosh konstebl yordamchisi Kreyg Holdenning aytishicha, ota-bola nomaʼlum modda bilan zaharlangani gumon qilinmoqda.
Janob Holdenga koʻra, politsiya hozircha bu hodisani aksil-terrorizm doirasida oʻrganmayapti, lekin koʻplab maxsus xizmatlar jarayonda ishtirok etib, har qanday holatga shay turibdilar.
Ayni vaqtda savdo markazi yaqinidagi "Zizzi" restorani atrofi xavfsizlik chorasi sifati politsiya tomonidan yopiqligicha qolmoqda. Hozircha qoʻllanilgan zaharli moddaning keng ommaga xavfi darajasi maʼlum emas. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев