Oʻzbekiston Karimov davrida tish-tirnogʻi bilan qarshi boʻlgan Rogʻun GESi qurilishida ishtirok etishi mumkin. Bundan ikki yil oldin Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Rogʻun GESi qurilishi "toʻgʻrilab boʻlmas oqibatlar"ga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Endi Oʻzbekiston tomoni mintaqadagi suv-energetika muammolarini hal etishda barpo etilayotgan gidroenergetik inshootlar muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlamoqda.
Ikki davlat rahbari tomonidan tarixiy deb baholanayotgan Prezident Mirziyoyevning Dushanbega rasmiy tashrifi davomida tomonlar qoʻshma bayonot imzolagan.
Unda Karimov davrida ikki davlat oʻrtasida eng bahsli boʻlgan Rogʻun GESi boʻyicha murosaga borilganini koʻrish mumkin.
Yangi Prezident Shavkat Mirziyoyev oradan ikki yil oʻtib, oʻtmishdoshi Karimovdan farqli ravishda Rogʻunni nafaqat mintaqa uchun xavf deb bilmasligini, balki u energetik muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan.
Oʻzbekiston Rogʻunni qurishda ishtirok etishga tayyorlgini bildirgan.
"Oʻzbekiston tomoni Tojikiston Respublikasida gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rogʻun gidroelektr stantsiyasining qurilishida umumʼtirof etilgan xalqaro normalar va mazkur obʼektlarni qurish boʻyicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama koʻrib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi", deyiladi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziriligi tomonidan chop qilingan rasmiy xabarda.
Islom Karimov boshqaruvchi davrida oʻzbek hukumati Rogʻun borasida keskin qarshi turish pozitsiyasini tanlagan.
Ushbu qarama-qarshilik Prezidentlarning mintaqa boʻylab uchrashuvlarida "dahanaki" tortishuvlarda ham boʻy koʻrsatardi.
3,6 gigavattlik Rogʻun loyihasiga doir ishlar 1976 yil boshlangan, lekin Sovet Ittifoqi tugagach, amalga oshmagan edi.
2012 yil yozida Jahon Banki talabi asosida Rogʻun GESini qurish ishlari xalqaro tekshiruvlar nihoya topgunga qadar butunlay toʻxtatilgan va u yerda mehnat qilayotgan besh ming ishchi taʼtilga chiqarilgan edi.
2014 yil 1 sentyabr kuni Jahon Banki Tojikistondagi Rogʻun GESi loyihasi boʻyicha ekspertlar xulosalarini eʼlon qilgandi.
Jahon banki moʻljallanayotgan loyiha xavfsiz degan toʻxtamga kelgan.
Biroq oʻsha vaqti tashqi siyosatda Islom Karimovning soʻzchisi va vakili sifatida tanilgan Oʻzbekiston Bosh vazirining muovini Rustam Azimovning, Oʻzbekiston hech qachon Tojikistonda Rogʻun GESini qurish rejasini qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qilgandi.
"Oʻzbekiston Respublikasi hech qanday holatda ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlamaydi", - deb aytgan Rustam Azimov.
Oʻzbek mulozimi mamlakatining Rogʻun GESini qurish loyihasiga qarshi chiqishi omillarini sanab oʻtgandi.
U GESini qurish loyihasi "xalqaro xavfsizlik standartlari"ga mos kelmasligi va unda texnik ekspertiza shartlari inobatga olinmaganini aytgan.
Oʻzbekistonning sobiq Bosh vaziri muoviniga koʻra, Rogʻun GESini qurish loyihasi 44 yil muqaddam ishlab chiqilgan va u bugungi talablarga javob bermaydi.
Bundan tashqari Rustam Azimov Rogʻun GESi tez-tez zilzila boʻlib turadigan qurilishi xavfsizlik talablariga javob bermasligini taʼkidlagan.
Karimov oʻlimidan qariyb bir yarim oy oldin oʻsha vaqti Bosh vazir boʻlgan Shavkat Mirziyoyev Tojikiston tomoniga Rogʻundan xavotir bildirib maktub yozgandi.
Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 19 iyulda tojikistonlik hamkasbi Qohir Rasulzodaga yuborgan maktubida:
"Jahon banki shafeligida olib borilgan loyiha ekspertizasida Rogʻun GESi butun Markaziy Osiyo mintaqasini keng miqyosdagi xavf ostida qoldirishi tasdiqlandi. Bu xavotir qoʻshni mamlakat rahbarlari va mutaxassislari tomonidan koʻp marotaba taʼkidlangan va Tojikiston hukumati bu haqda xabardor etilgan.
Aynan shu boisdan bu loyiha ulkan texnogen, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy xatar tugʻdirishini anglagan holda Jahon banki Rogʻun GESi qurilishini moliyalashda ishtirok etishdan voz kechdi", deyiladi.
Rogʻun GESi oʻtgan asrning 70 yillarida, sovet gigantomaniyasi yillarida ishlab chiqilgan va bugungi zamonaviy talab va tajribalar orqasidan toʻliq qayta koʻrib chiqishga muhtoj. Balandligi boʻyicha dunyoda tengi yoʻq hisoblangan 335 metrlik toʻgʻonga ega bu qadar ulkan miqyosli GES majmuasi qurilishi uchun tanlangan maydonning seysmikligi Rixter shkalasi boʻyicha 9−10 ball boʻlgan togʻ hududida ekani jiddiy shubha-gumonlarni keltirib chiqaradi. Obʼektning maʼlum qilingan 3,9 mlrd AQSh dollari miqdoridan ancha uzoq boʻlgan umumiy smeta qiymatida amaliy aniqlik mavjud emas, loyihaviy hujjatlash ishlari toʻliq yakunlanmagan, obroʻli ekspertlar tomonidan bildirilgan jiddiy mulohazalar inobatga olinmagan", - taʼkidlanadi maktubda.
Oʻzbekiston Bosh vaziri xatida Tojikistonni Rogʻun GESi qurilishi "toʻgʻrilab boʻlmas oqibatlar"ga olib kelishi mumkinligi ogohlantiriladi.
"Tojikiston hukumati mamlakat energiya taʼminotidagi mushkul muammolarni Tojikiston hududidagi koʻp sonli daryo va suv manbalaridan foydalangan holda kichik va oʻrtacha GESlar qurish yoʻli bilan hal etish mumkinligiga barcha asoslarimiz bor. Bizga maʼlumki, bunday istiqbolli dastur Tojikistonda allaqachon amalga oshirilmoqda" deyilgandi shuningdek.
Rogʻun GESidan qoʻrqitish targʻibotlari oʻsha vaqtlari Oʻzbekistonning markaziy telekanallari orqali tez-tez koʻrsatib turilgan.
Oradan 2 yil oʻtib Oʻzbekiston hukumati tepasiga kelgan yangi rahbariyat Rogʻunni mintaqa uchun xavf emas, balki suv-energetika muammosini hal etishdagi yechim ekanligini eʼtirof etmoqda. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18
помогите пожалуйста!!!!
...ЕщёАндрей Анатольевич Камоликов, со своей женой, Оксаной Александровной
Комоликовой, поехали по семейным обстоятельствам в Корею. Прилетели
27.02.2018г. На следующий день, на остановке он потерял сознание. На скорой
увезли в госпиталь, где диагностировали гематомы головного мозга и сразу же
28.02.2018г, прооперировали. Сейчас они в госпитале города Иксан, Корея. Она не
может отойти от него больше чем на 10 минут. На данный момент госпиталь
выставил счет на 700000₽. Сумма увеличивается каждый день - послеоперационный
уход и тд. К моменту выписки она должна заплатить всю сумму, иначе их не
выпустят из страны. Министерство здравоохранения и Министерство туризма, МИД г.
Хабаровска никакой помощи предложить не могут. Семья не располагает такими
средствами. Очень прошу откликнуться и помочь.
важна
любая сумма 10, 50,100 рублей. Если нет возможности отправить деньги ,
пожалуйста, разошлите это сообщение по группам в Контакте, в WhatsAp
помогите пожалуйста!!!!
Андрей Анатольевич Камоликов, со своей женой, Оксаной Александровной
Комоликовой, поехали по семейным обстоятельствам в Корею. Прилетели
27.02.2018г. На следующий день, на остановке он потерял сознание. На скорой
увезли в госпиталь, где диагностировали гематомы головного мозга и сразу же
28.02.2018г, прооперировали. Сейчас они в госпитале города Иксан, Корея. Она не
может отойти от него больше чем на 10 минут. На данный момент госпиталь
выставил счет на 700000₽. Сумма увеличивается каждый день - послеоперационный
уход и тд. К моменту выписки она должна заплатить всю сумму, иначе их не
выпустят из страны. Министерство здравоохранения и Министерство туризма, МИД г.
Хабаровска никакой помощи предложить не могут. Семья не располагает такими
средствами. Очень прошу откликнуться и помочь.
важна
любая сумма 10, 50,100 рублей. Если нет возможности отправить деньги ,
пожалуйста, разошлите это сообщение по группам в Контакте, в WhatsApp и другим,
пожалуйста, помогите
Все
вопросы можно задать по телефону 89842992816 или в личном сообщении.. Фото
прилагается.
Номер карты 4276-7010-6249-5728-РФ Валерий
Евгеньевич С. или по номеру телефона +7 (984) 299-28-16.-мобильный банк.