Vladimir Putinning oʻn toʻrtinchi Federal majlis qarshisida chiqishi misli koʻrilmagan tarzda tajovuzkorona boʻldi. AQSh bilan aksil-raketa mudofaasi borasida olib borilgan muzokaralar haqidagi uzun hikoyasi ortidan Putin bu muzokaralarning barbod boʻlishiga Rossiya qanday javob qilganini koʻrsatdi.
Uning aytishicha, Rossiya yangi qurollar, ballistik raketalar va koʻp-funktsiyali komplekslarni ishlab chiqqan.
Putin oʻz chiqishining yarmidan sal kamrogʻini AQSh bilan yangi qurol-yarogʻ borasida yuzaga kelgan ziddiyatga bagʻishladi.
AQSh Aksil-raketa mudofaasi boʻyicha kelishuvdan chiqib ketdi. Prezidentga koʻra, Strategik hujum qurollari borasidagi bitim bilan bir qatorda, bu kelishuv yadroviy qurolning qoʻllanmasligini kafolatlab kelgan.
"Biz amerikaliklarni Aksil-raketa mudofaasi boʻyicha kelishuvni buzmaslikka uzoq koʻndirmoqchi boʻldik, lekin hech nima ish bermadi", - dedi Putin.
Uning aytishicha, Rossiyaning ogohlantirishlariga qaramay, AQSh oʻz aksil-raketa mudofaasini mustahkamlash va yadroviy salohiyatini oshirishda davom etgan.
"Biz taklif va ogohlantirishlardan tashqari yana nima qildik? Bunga Rossiya qanday javob berdi? - deya savol berdi prezident. - Mana bunday!"
Bu bayonot ortidan Putin katta ekranlarda paydo boʻlgan Rossiyaning yangi qurollarini birma-bir tasvirlay boshladi.
Birinchi boʻlib u "Sarmat" ogʻir qitʼalararo raketasini oʻz ichiga olgan yangi raketa kompleksining sinovlari haqida gapirdi.
Sinovlar videosiga raketa parvozi yoʻnalishini namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi hamrohlik qildi.
"Bizni hech qanday aksil-raketa mudofaa tizimi toʻxtata olmaydi", - dedi Putin.
Putin, shuningdek, energetik yadroviy qurilmaga ega boʻlgan eng yangi qurol turining sinovlari haqida ham gapirdi. Davlat rahbariga koʻra, bu sinovlarda mudofaa chegaralarini aylanib oʻtish mumkinligi namoyish qilindi.
"Bu qurolning qancha masofaga uchishi cheklanmagan, u istagancha manyovr qilishi mumkin", - dedi Putin. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 58