Oʻzbekiston 2017 yili 230 nafar ichki ishlar vazirligi xodimi jinoiy javobgarlikkka tortilgan. 8 ming 32 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar koʻrilgan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov maʼlum qildi.
OʻzAga intervьyu bergan Ichki ishlar vaziri qoʻl ostidagi xodimlarga intizomiy choralar koʻrilgani va ayrimlari jinoiy javobgarlikka tortilganini aytgan.
"Shuning uchun ham biz domiy ravishda saflarimizni nopok xodimlaridan tozalab kelmoqdamiz. Masalan, 2017 yilda xizmat intizomini buzganligi uchun 8 ming 32 nafar xodim intizomiy jazoga tortildi. Shundan 230 nafari turli jinoyatlarni sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi", degan u.
Vazir 230 nafar jinoyat sodir etgan ichki ishlar xodimlarining aynan qaysi sohada jinoyat qilgani toʻgʻrisida izoh bermagan.
Ularga qanday jazo berilgani borasida ham maʼlumot yoʻq.
Oʻzbekistonda hokimiyat almashgach Ichki ishlar xodimlariga nisbatan jinoiy ish ochilayotgani toʻgʻrisida xabarlar chiqa boshladi.
Oʻtgan yilning 16 dekabr kuni Toshkent viloyat Zangiota tuman Ichki ishlar boshqarmasi rahbari Ulugʻbek Jabborov tumandagi xoʻroz jangi tashkilotchilaridan pora olgani uchun 5 yilga qamalgani xabar berilgandi.
Biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan tushgan yoki matbuotga chiqqan barcha shikoyatlar ham fuqarolar foydasiga qanoatlantirilmaydi.
Shu yil ning 12 yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi bir qator nashrlarda Yashnobod tumanida joylashgan byuroda Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan nooʻrin xatti-harakatlar sodir etilayotganligi boʻyicha xabarlarga raddiya bildirib chiqdi.
Xususan, xabarda hududdagi IIB xodimlari mardikor ayollardan sigaret, "Kola", tushlik yoki kechki ovqat uchun kolbasalarning pulini undirib olishi, pul bermaganlarni avtobusga tiqib, "Panelniy"ga olib ketib, pasport rejimini buzganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima yozib, keyin qoʻyib yuborishlari haqida soʻz yuritilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan. Shikoyatlar oʻz tasdigʻini topmagan.
Toshkentlik Aziza Uzoqova onasi Nasiba Uzoqova, singlisi Umida Uzoqova va ukasi Muhammadamin Abdurahmonov ishida oila tegishli boʻlgan 19 ming 800 dollar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tergovchisi Solih Rahmonovning aralashuvidan soʻng yoʻqolganini aytgan.
"Hizbut Tahrir" oqimiga aloqadorlikda ayblanayotgan oilaning uy olish uchun 20 mingga yaqin dollari borligidan tergovchi xabar topgach ertasi kuni pulni soʻrab oʻzlarini ichki ishlar organi xodimlarimiz, deb tanishtirgan odamlar kirib keladi.
Nasiba Uzoqovaning qizi Aziza Uzoqovaning aytishicha, taxminan 6 dekabr kuni togʻasi Sayfulla Saidxoʻjayevning uyiga ikki organ xodimi tintuv uchun orderni koʻrsatgan holda kirib kelgan.
"Ikkitasi togʻamlarning uylariga kelib, togʻamlarga guvohnomasinimi yo orderni koʻrsatgan Qorongʻu boʻlgani uchun togʻam oʻqiy olmagan. Oʻzlarini tergovchining yordamchilarimiz deb tanishtirgan. Nasiba Uzoqovaning sizda pullari bor ekan. U "Hizbut tahrir"dan tushgan pullar ekan. Oʻshani bizga bering deyishgan", deydi Aziza Uzoqova.
Sayfulla Saidxoʻjayev bu pullar singlisini uyini sotib, boshqa uy olish uchun unga berib qoʻyilganini aytadi. Shunda oʻzlarini tergovchi Solih Rahmonovning yordamchilarimiz deb tanishtirgan shaxslar, agar pulni bermasa uyni tintuv qilish bilan tahdid qiladi.
"Oʻzlaricha akt tuzishibdi. Oʻsha ikkita odamning oʻzi kelgan. Guvohsiz, qoʻshnilar chaqirtirilmagan. Oʻzlari qogʻozga bir narsalarni yozib, shuning ostiga qoʻl qoʻyasizlar pulni olib ketayotganimiz haqida degan. Togʻam menga bir narsalar berasizlarmi, deb soʻrasa, "uch-toʻrt kundan keying tergovchining oʻzi telefon qiladi. Borganingizda oʻzi gapirib, qogʻozni beradi", degan".
Shundan soʻng pul izsiz yoʻqolgan. Azizaning singlisi Umida Uzoqova tergovchi Solih Rahmonovdan pul haqida soʻraganida, tergovchi pulga teginmaganini aytgan.
Biz Aziza Uzoqovadan oʻzlariga tegishli 19 ming 800 dollarning togʻasi Sayfulla Saidxoʻjayevda saqlanayotganini tergovchi qayerdan bilishi mumkinligini soʻradik.
"Singlimning aytishicha, u uy hibsiga chiqib ketayotgan kuni tergovchining xonasida onam va singlim oʻtirishgan boʻlishgan. Oʻshanda tergovchi uy hibsiga schifayotganda garovga pul olinishi ham mumkinligini aytgan. 5 milliondan qanchagacha, degan. Keyin singlim buncha pul bizda yoʻq-ku deb onaslarga qaragan. Onam uyimizning puli bor, togʻangga borib oʻshani olasan, degan. Singlim uy qamogʻiga olingach, tergovchi telefon qilib togʻamlarning raqamini soʻragan. Keyin togʻamga telefon qilib uylarining aniq manzilingi soʻragan".
Telefon boʻlganidan bir kun oʻtib Sayfulla Saidxoʻjayevning uyiga oʻzlarini tergovchi Solih Rahmonovning yordamchilarimiz deb ikki kishi keladi va pullarni olib ketadi.
19 ming 800 dollar izsiz yoʻqolgach Aziza Uzoqova va togʻasi alohida-alohida Toshkent shahar IIBBga ariza yozgan.
Ayni damda ushbu ariza koʻrib chiqilmoqda.
Ushbu oila oʻzlariga nisbatan Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qiynoqlar boʻlganini aytgan.
Qiynoqlar holati boʻyicha ham surishtiruv ishlari boshlangan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69029325
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69025874 Сўнгги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69025874 Нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69025869 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69025869 Бугунги аҳволга яқиндан бир назар.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69022269 Янги гап.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69022269 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11