http://www.bbc.co.uk/academy/uz/articles/art20141215122545844 Tasavvur qiling, elektron pochta orqali muhim bir voqeaning guvohi boʻlgani haqida yozgan mushtariy maktubi va bu e-meylga biriktirilgan fotosurat oldingiz.
Mushtariydan kelgan surat haqiqiyligini tekshirish
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari oʻquvchi, tomoshabin va tinglovchilari ijodiga ham katta oʻrin bermoqda. Ayniqsa, Internet sahifalarida sayt mushtariylarining suratlari va videokliplarini koʻp koʻrish mumkin. Tasavvur qiling, elektron pochta orqali muhim bir voqeaning guvohi boʻlgani haqida yozgan mushtariy maktubi va bu e-meylga biriktirilgan fotosurat oldingiz. Bunda qilinadigan ishlar:
1. Email egasi
Elektron maktub egasiga javob xati yozing. Undan telefon raqamini soʻrang, imkoni boʻlsa qoʻngʻiroq qilib gaplashing.
•U kishi suratda nima aks etganini tushuntirib beroladimi? (Javoblari qanday hodisa yuz bergani xabariga aniqlik kirita oladimi)
•U kishidan hozir qayerda ekani haqida soʻrang (agar Internet-kafedaman, deb javob bersa, Google orqali tekshirib bunga oydinlik kiritishga harakat qiling)
•Fotosuratlarni kim tasvirga olgani haqida soʻrang
•Fotosurat qanday fotokamera, mobil telefon yoki boshqa uskuna bilan olingani haqida soʻrang.
2. Fotosuratni tekshirish
Nima deb oʻylaysiz, balki surat oddiy bir fotoishqiboz olgan suratga qaraganda, professional fototasvirchi rasmiga oʻxshamayaptimi? Agar surat sizda shubha uygʻotsa, internetdagi Elvis, Yahoo yoki Google tizimlaridagi yangi fotosuratlarni tekshirib koʻring – balki birortasi oʻxshash chiqib qolar. Shuningdek, Tineye deb nomlangan yangi veb-sayt sizga surat haqiqiyligini aniqlashda koʻmaklashishi mumkin.
3. Bu suratlarning HAMMAsini bir kishi tasvirga tushirgan boʻlishi mumkinmi?
Ushbu fotosuratchi bir necha suratlarni olgan. Agar sizga bir necha surat yuborishgan boʻlsa, shunday bir savolni qoʻyish mantiqli boʻladi: bir inson shu joylarning hammasida (suratlarda aks etgan joylar) boʻlishi mumkinmi?
4. PowerPoint? Ehtiyot boʻling
Agar suratlar PowerPoint slayd-shousi shaklida yuborilgan boʻlsa, bu shubhali. Demak bu suratlarni kimdir turli manbalardan yigʻib olib, jamlagan.
5. Matn boʻlmasin
Sizga kelgan suratlarni biror joydan nusxa olib yuborgan kishi oʻzining biror izohini ham qistirib oʻtishdan oʻzini tiya olmasa kerak. Suratda matni boʻlsa, bu ham ehtiyotkorlikka chorlov uchun yana bir sababdir. “Mana bular juda zoʻr suratlar" degan maʼnodagi soʻzlar yozilgan suratlar, hoynahoy, internetdan nusxa olingan suratlardir.
Texnik jihatdan ham surat haqiqiy yoki soxtaligini aniqlashtirishning imkoni bor:
6. Piksellarini tekshiring
Surat hajmiga qarang, fotosurat piksellari qancha? Odatda oddiy fotoapparatlarda tasvirga tushirilgan suratlarning hajmi 2,000 x 1,200 va undan yuqori boʻladi. Bu hajmdan kichkina boʻlgan suratlar “qirqilgan” surat boʻladi.
Internetdagi fotoyangiliklar suratlarining hajmi odatda bir xil boʻladi, shunga qarab ham surat haqiqiyligini aniqlash mumkin. Misol uchun, Yahoo fotoyangiliklarida eʼlon qilinadigan suratlarning piksellari eniga 380 yoki boʻyina 345 ni tashkil etadi.
Siz, shuningdek, EXIF fotosuratlar maʼlumotxonasidan ham surat haqida maʼlumot olishingiz mumkin, u yerda fotosurat qayerdan olingani haqida sizga xabar berishadi.
7. Fotosuratning sifati juda ham yaxshimi?
Ayrim paytlarda fotosurat sifati juda yuqori boʻladi. Bunday suratga Photoshop dasturi orqali ishlov berilgan boʻlishi mumkin. Agar sizda fotosurat sifati shubha uygʻotsa, kompyuterida Photoshop oʻrnatilgan kishidan ushbu suratni Photoshop orqali kattalashtirib tomosha qilishni iltimos qiling. Balki suratning ayrim “xira” joylari Photoshop orqali olib tashlangan yoki “jilo” berilgandir. Suratning bunday joylari kattalashtirilganda oʻzini oshkor etib qoʻyadi.
Qisqa qilib aytganda, fotosuratning haqiqiyligini tekshirish uchun yuqoridagi roʻyxatdagi hamma jarayonlarni bosib oʻtish shart emas. Bir-ikkitasi bilan kifoyalanib, qaror berish mumkin. Agar sizda shubha uygʻongan boʻlsa, sinchiklab tekshirib koʻring.
Tezkorlik juda muhim. Ayrim paytlarda mushtariy yoki tinglovchidan kelgan material yaqindagina yuz bergan biror bir voqea haqida sizning qoʻlingizga kelib tushgan birinchi material boʻlishi mumkin. Bu materialni siz boshqa ommaviy axborot vositalari xabar berguncha eʼlon qilishni istaysiz. Bu paytda sizning ixtiyoringizda vaqt kam boʻladi. Mushtariy materialini tekshirish qancha kam vaqtni olsa, uning nashr etilishi shuncha tez amalga oshadi.
Mushtariy, tinglovchi elektron maktubi haqiqiyligiga ishonch hosil qiling
Soxta elektron maktublar muammoli boʻlishi mumkin.
E-meyllar haqiqiyligini tekshirish yoʻllari fotosuratnikiga oʻxshashdir. Agar kimdir Bi-bi-siga telefon qoʻngʻirogʻi qilib, muhim hodisaning shohidi boʻlganini xabar berganda ham, bu kishining gaplari rost-yolgʻonligini tekshirish yoʻllari ham yuqoridagidek boʻladi.
1. Elektron maktub egasiga javob xati yozing
Elektron maktub yoki SMS-xabar yuborgan kishi xabaridan radio uchun yoki internet xabar yozish maqsadida foydalanmoqchi boʻlsangiz, bu insonga qaytib qoʻngʻiroq qilib, ChINDAN HAM hodisa guvohi boʻlgani yoki yoʻqligi haqida soʻrash HAYoTIY ahamiyatga ega.
2. Suratini soʻrang
Tahririyatingizga elektron xat yuborgan kishidan uning oʻzining suratini yuborishini iltimos qiling. Agar oʻz suratini yuborishga rozi boʻlsa, demakki, gap chindan ham yuz bergan voqea haqida boryapti, degan fikrga kelishimizga asos bor. Ammo bu haqiqatan ham favqulodda bir hodisa berganini anglatmaydi.
3. Ularning ismi-sharifini internetda qidirib koʻring
Ularning ismi-sharifini internetda izlab koʻring. Balki ularning oʻzining koʻzlagan biror maqsadi bordir. Balki e-meyl yuborgan insonlar biror bir kampaniyaning ishtirokchilaridir? Oʻxshash, mos iboralar bilan ularning ismi-sharifini birga yozib qidirib koʻrish foydadan xoli boʻlmaydi.
4. Pochta manzilini tekshiring
Insonlar aytgan joyning pochta manzili, postkodi, ularning elektron pochtasini tekshirib koʻring. Amalda ham shunday adres, elektron pochta mavjudmi?
5. Tafsilotini tekshiring
Elektron pochta orqali kelgan maktubda xabar qilingan yangilik yoki hodisa mavzusidan foydalanishga qaror qilsangiz, voqea haqida koʻproq tafsiloti, detallari haqida soʻrang. http://www.bbc.co.uk/academy/uz/articles/art20141215122545844 #БиБиСи #bbc #jurnalistika #журналистика #СоциалМедиа #SocialMedia
https://www.bbc.com/uzbek/world-68336163
https://www.bbc.com/uzbek/world-69057425
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69029325
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев