http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42641103?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Muxolifatdagi Oʻzbekiston xalq harakati "Karimov davrida oʻzgacha fikrlovchilarga qarshi kurashgan 700 dan ortiq Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining roʻyxati"ni qoʻlga kiritganini aytmoqda.
Tashkilot oʻz websaxifasida MXX xodimlari ekani aytilgan shaxslardan baʼzilarining nomlarini eʼlon qilgan.
OʻXH Prezident Mirziyoyevning MXXni isloh qilish rejasini qoʻllab-quvvatlagan va "MXX idorasini butunlay tugatib, yangi xavfsizlik tashkilotini tuzish"ga chaqirgan.
Oʻzbekiston xalq harakati rahbari Muhammad Solihning BBCga aytishicha, roʻyxat "MXXdagi manba" tomonidan taqdim etilgan.
Muhammad Solih hozircha roʻyxat bilan bogʻliq bir strategiya ishlab chiqilmagani, lozim topilgani taqdirda, uni toʻlaligicha eʼlon qilishlari mumkinligini aytdi.
Oʻtgan yil oktyabrida Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xizmati Muhammad Solihni davlat tuzumini agʻdarishga urinishda ayblagan.
Yunusobod tuman mahkamasining 1 oktyabr kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevga nisbatan chiqargan ajrimida Muhammad Solih Oʻzbekiston tashqarisidan turib "konstitutsion tuzumni agʻdarish"ni rejalagani va ayni maqsadda "Yigʻim-terim" ("Jatva") nomi berilgan uch bosqichdan iborat "inqilob loyihas"i ishlab chiqilgani iddao qilingan.
Muhammad Solih MXXning ushbu daʼvolarini rad etgan.
Tafsilotlar uchun bbcuzbek.comni kuzatib boring.
#bbcuzbek #Prezident #Mirziyoyev #Karimov #OʻXH #muxolifat #Oʻzbekiston #xalq #harakati #Muhammad #Solih #milliy #xavfsizlik #xizmati #MXX #xodimlar #roʻyxat #YigʻimTerim #Jatva #Yunusobod #tumani #mahkama #jurnalist #Bobomurod #Abdullayev
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5