http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42591162 Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasida qiynoqlarga tutilgani aytilayotgan dindorlar ishi yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Qiynoqqa tutilgan dindorlarning yaqinlari adolatdan umid qilishmoqda.
4 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi rahbari Oʻktam Murodov tergov davomida qinoqqa tutilganini daʼvo qilayotgan dindorlarning yaqinlarini qabul qilgan.
"Vazirlik masʼuli bizni juda ham xushmuomala bilan kutib oldi. Bundan bir necha yil oldin oʻtgan ishlar boʻyicha uzr soʻradi. Ularni unutishimizni aytib, yaqinda boʻlgan qiynoq hollari boʻyicha surishtiruv ishlarini boshlashini va ish prokuraturaga oshirilishini bildirdi", deydi uchrashuvda ishtirok etgan dindorlardan biri.
IIV maxsus guruhi tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari keyinchalik prokuratura oshirilishi kutilmoqda.
Oldinroq Ichki ishlar vaziri qiynoqlarga yoʻl qoʻymaslik borasida maxsus tadbirlar olib borilayotganini aytgandi.
Toshkent militsiyasi 2017 yilning noyabr oyida Toshkent shahri va viloyatida 20 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan 79 nafar ayol va erkak dindorlar qoʻlga olgani haqida xabar bergan edik.
Ularning aksariyati 8 soatlik savol-javobdan soʻng qoʻyib yuborilgan. 7 kishi hibsxonada ushlab qolingan. Ushlanganlarning ayrimlari kaltaklangani aytilgandi.
Militsiya xodimlari avvaliga hibsga olinganlardan 2008 yildan beri qidiruvda boʻlgan Goʻzal Toʻxtaxoʻjayevaning yashirish aybini qoʻyishga harakat qilishgan.
Keyinchalik ularga boshqa ayblar: Toshkentdagi masjidda varaqa tarqatish, Hizbut tahriri gʻoyalarini tarqatish kabi ayblar qoʻyishga harakatlar boʻlgan.
Hibsga olinganlardan Umida Uzoqova haqida OʻzA agentligida "Shayxontohurda ekstremist ayol ushlandi" maqolasini chop qilgandi.
OʻzA masʼullari maqoladagi faktlar Toshkent GUVDsi tomonidan berilganini maʼlum qilgandi. Maqolada Umida Uzoqova Gulbozordagi masjidda varaqa tarqatgani yozilgan. Bbcuzbek.com ning izlanishlaridan Toshkentda masjidlarida varaqa tarqatilmagini oydinlashgandi.
15 kunlik qamoqdan soʻng hibsdagi 7 kishidan yana 3 tasi uyga qoʻyib yuborildi. Ular qamoqda qiynoqqa tutilganini aytmoqda.
Ayni damda qamoqda Nasiba Uzoqova va uning oʻgʻli Muhammadamin Abdurahmonov hamda Muhammad Rashidovlar sud qarori bilan tergov qilinmoqda.
Nasiba Uzoqovaning qizi Aziza Uzoqova uy qamogʻiga oʻtkazilgan va uydan tergovga qatnamoqda. Avvaliga varaqa tarqatishda ayblangan Umida Uzoqova endi Hizbut Tahrir gʻoyalaridan taʼlim olishda ayblanmoqda.
Davlat tomonidan tayinlangan advokat Rustam Rahmatullayev Umidaga nisbatan varaqa tarqatish aybi qoʻyilmayotganini bildirdi.
Yaqinlari ushbu odamlarga nohaq ayb qoʻyilayotganini va iqrorlar 15 kun davom etgan ayovsiz qiynoqlar natijasida olinganini aytishadi.
Toshkentdan inson huquqlari faoli Surat Ikromov Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishi boshqarmasi 15 kun qamoqqa olingan Umida Uzoqovani yechintirishgani va yalongʻoch qilingan videosini internetga tarqatib yuborish bilan tahdid qilishganini maʼlum qilgandi.
Oʻzbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi chiqargan xabarda aytilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari Umida Uzoqovaga nisbatan "Hizbut tahrir" tashkilotiga aʼzo boʻlish va tashkilotning varaqalarini tarqatish aybini qoʻyishga uringan.
Ushbu ayblovlarni rad etgan Umida Uzoqovani yechintirishgan va rezina tayoq bilan zoʻrlaymiz deb tahdid qilishgan.
Oilaviy sharoiti tufayli uy qamogʻiga oʻtkazilgan Umida Uzoqova sogʻligi yomonligi aytilmoqda. Kuchli taksikos holatini boshidan kechirayotgan Umidaga doʻxtirlar yotib davolanish tavsiyasini berishgan. Qiynoqlar va tahdidlardan kuchli stressga tushgan Umidaning homilasi tushib qolish xavfi yuqori ekanligi aytilmoqda.
Oldinroq Umidaning opasi Aziza Uzoqova Toshkent GUVD binosida onasini qiynashayotganini oʻz quloqlari bilan eshitganini aytgandi.
"13 noyabr kuni Toshkent militsiyasi onam, akam, singlim va kelinimni ushlab ketgan. Kechroq kelinimizni qoʻyib yuborishgan. 14 kuni meni ham chaqirtirishdi. 1,5 yashar bolam bilan Terrorizmga qarshi kurashish boʻlimida ertalabdan kechgacha ushlab oʻtirishdi. U yerda oʻtirganimda onamni boshqa xonaga olib kirishdi va xonadan onamning baqirgan ovozlarini eshitdim. Avvaliga baqiriq kuchli chiqdi, keyin ogʻziga latta tiqilgandek boʻgʻiq chiqdi", - degan Aziza Uzoqova.
#тошкент #toshkent #musulmon #qiynoq #қийноқ #мусулмон
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5