Yurtmenboshining xotira daftari-6 http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42583082?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 48. Oʻlik paxta
Liverpuldagi jahon paxta bozoriga bu yil ham bizni yaqin yoʻlatishmasa kerak. Chunki ob-havo qiyinchiliklari tufayli yana-tagʻin maktab oʻquvchilarini ommaviy ravishda yigʻim-terimga jalb etishga toʻgʻri kelyapti. Boz ustiga, bir guruh aʼlochi oʻquvchilar barcha tengdoshlariga murojaat etib: "Xalqimiz peshona teri bilan yetishtirgan oppoq paxtamizni soʻnggi chanogʻigacha nes-nobud qilmasdan terib olib davlat xirmonlariga topshirish har bir vijdonli faqiru fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi!" degan shiorni oʻrtaga tashladi. Ayniqsa, "Nazir otaning gʻazabi" sheʼri hatto "Darakchi" gazetasining ham birinchi sahifasida eʼlon qilingach, yigʻim-terimga ommaviy safarbarlik avj olib ketdi.
Shu paytgacha har xil qalangʻi-qasangʻi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bizning ichki ishlarimizga aralashib asabimizni tez-tez buzib turardi. Endi ularning yoniga paxta xaridorlari ham qoʻshildi. Xaridor boʻlsang, qistaloq, tolamizni tekshirib koʻrmaysanmi? Sifati jahon standartlariga javob bermasa, mayli, eʼtiroz bildirgin; uzumini yegin-u, bogʻini soʻramagin. Yoʻq, ularga bogʻni ham koʻrsatish kerak. Bogʻni koʻrsatib qoʻysak, keyin koʻzimizni shamgʻalat qilib devor oshib oʻgʻirlik qilishdan ham toyishmaydi. Bizni laqillatib boʻpsan! Gʻarazli xaridorlarning ogʻziga urib, poytaxtimizda xalqaro paxta bozori yarmarkasini tashkil etdik. Har tomonlama bizga xayrixoh boʻlgan doʻstlar paxtamizga xaridor boʻlib "zayavka" berishyapti.
Man ham umumiy safarbarlikdan oʻzimni chetga tortmadim. Mirzachoʻlga borib chaman boʻlib ochilgan paykalda beliga etak boylab, chakkasiga loʻppi ochilgan chanoq qistirib olgan - rasmona terimchilar qiyofasiga kirgan maxsus xizmat xodimlarini atrofimga toʻplab olib telekamera qarshisida shaxsiy bilim va tajribalarim bilan oʻrtoqlashdim. Egatga engashib uch-toʻrtta loʻppi ochilgan chanoqni uzib olib kameraga toʻgʻrilab repetitorim oʻrgatib qoʻygan matnni eslab salmoqli ohangda gap boshladim:
- Baʼzan ochilgan koʻsak chanogʻining ostki burchagiga bitta chigit mahkam oʻrnashib qoladi. Bunday hol ayrim gʻoʻza navlariga xos xususiyat boʻlib, amaliy jihatdan foydasizdir. Chunki oʻsha chigit chanoq ostida qolib ketib isrofgarchilikka sabab boʻladi. - Chanoq ostida qolgan chigitni koʻrsatkich barmogʻim bilan chiqarib olib kaftimga qoʻydim va kameraga yaqinlashtirib koʻrsatdim. Soʻng chanoqni choʻntagimga solib, yana egatga engashdim; gʻoʻza tuplarini paypasladim va davom etdim: - Maʼlumki, tola asosan gul ochilgan kundan boshlab rivojlanadi. Shu vaqtda urugʻlangan urugʻkurtak hamda undagi tola rivojlanishga kirishganda urugʻlanmagan urugʻkurtak va undan oʻsa boshlagan tola ham qisman rivojlanishni davom ettiradi, ammo bu rivojlanish uzoq davom etmaydi, tezda rivojlanishdan toʻxtaydi va nobud boʻladi. Bunday oʻlik urugʻkurtakli paxta quriganda qisqa tolali tuguncha hosil boʻlib qoladi. Buni agronomlar tilida "mayda oʻlik" deb ataydilar. - Gʻoʻza tupi ostidan chigitlari puch boʻlgan chanoqni uzib olib koʻrsatdim. - Urugʻkurtakning urugʻlanmay qolishi natijasida hosil boʻladigan "mayda oʻlik"dan tashqari paxtada "yirik oʻlik" ham boʻlishi mumkin. "Yirik oʻlik" urugʻlangan va murtagi ozmi-koʻpmi rivojlangan urugʻkurtakning toʻsatdan oʻlib qolishi natijasida vujudga keladi. Demak, "yirik oʻlik" - rivojlanishdan qolgan oʻlik toladir. Mayda va yirik oʻlik paxtalarning paydo boʻlishiga, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan omillardan tashqari, oʻsimlik va uning ayrim shoxlarining notoʻgʻri oziqlanishi, gʻoʻzaga kasallik tushishi ham sabab boʻladi. Oʻlik paxta miqdori har bir gʻoʻza navining biologik va boshqa xususiyatlariga koʻra har xil boʻladi. Gʻoʻza naviga qarab oʻlik paxta miqdori bir foyizdan kam yoki bir foyizdan sal oshadi. Oʻlik paxtaning paydo boʻlishi hosil choʻgʻini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun "oʻlik bola tugʻmaydigan" yangi gʻoʻza navlarini yaratish kerak. Agar urugʻlanish jarayoniga yordam berib yuborilsa ham maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻlik paxta faqat hosilning miqdoriga emas, balki sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Koʻsaklarda ayrim tolalar rivojlanmay qolsa, paxta xom boʻladi va tolalar yetarli darajada buralmaydi. Eshilib-buralmagan tolalar toʻqimachilik sanoatida "oʻlik tola" deyiladi. Bundan tashqari, toʻqimachilik sanoatida tolaning uzunligi, tolaning ingichkaligi, tolaning pishiqligi, tolaning buraluvchanligi kabi paramertlar ham muhim ahamiyatga ega boʻladi. Man oʻylaymanki, terimchilar terim paytida toʻqimachilik sanoatining standart talablarini hisobga olgan holda ish jarayoniga ongli ravishda yondashib, dehqon-fermerlarning ogʻirini yengil qiladilar. Shu fikrimga qoʻshilasizlarmi?..
-Qoʻshilamiz! - deydi "terimchilar" joʻr boʻlib.
- Rahmat! - deyman qoʻlimni koʻksimga qoʻyib. - Endi man sizlar bilan, xudo xohlasa, Hosil bayramida uchrashaman, - deb paxta paykalining adogʻi tomonga egat oralab yoʻl olaman.
"Paxtakorlar bilan uchrashuv"dan katta taassurot olib Qarorgohga qaytdim. Kechki payt telestudiyada qayta-qayta montaj qilingan dolzarb reportajning toʻrt xil variantini keltirib koʻrsatishdi. Tasvir orqasidagi matnni serhayajon artist Yoqub Ahmedov oʻqigan ekan. Uchinchi varianti koʻproq oʻzimga maʼqul boʻldi. "Axborot"ning oʻzbekcha koʻrsatuvidan soʻng davlat va xususiy televideniyelarining barcha kanallarida bir vaqtda efirga qoʻyib yuborish toʻgʻrisida maxsus koʻrsatma berdim. Agar dolzarb reportaj bir vaqtda efirga uzatilmasa, tomoshabinlar boshqa kanalda boshlangan serialni bemalol koʻrib oʻtirishi mumkin. Jamoatchilik fikrini bir nuqtaga yoʻnaltirish uchun bitta koʻrsatuv barcha kanallarda bir vaqtda efirga uzatilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
49. Qorongʻu uydagi qora mushuk
Man tarix saboqlaridan toʻgʻri xulosa chiqarish tarafdoriman.
Buyuk davlatlar bilan doʻstona aloqa oʻrnatish uchun tarixiy tajribalar albatta hisobga olinishi kerak.
Esimda bor, talabalik yillarimda sobiq Ittifoq bilan Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar nihoyatda keskin tus oladi. Oʻsha paytlarda tarqalgan mishmishlarga qaraganda, Stalin jasadini mavzoleydan chiqarib tashlanishiga Xitoy rahbari Mao Tszedun eʼtiroz bildirgan edi. 1958 yilda Nikita Xrushchyov ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni izga solish uchun rasmiy tashrif bilan Pekinga borgan. Xrushchyov bilan Mao Tszedun yuzma-yuz uchrashadi... Keyinchalik oʻsha uchrashuv chogʻida tarjimonlik qilgan Nikolay Fedorenkoning xotiralari eʼlon qilinadi. Tarjimon xotiralarini yaqinda qaytadan koʻzdan kechirdim. Xrushchyov bilan Mao Tszedun oʻrtasida boʻlib oʻtgan bahs-munozara hamon oʻz ahamiyatini yoʻqotmagandek tuyuldi.
Xrushchyov:
-Siz nuqul Stalinning buyuk xizmatlari toʻgʻrisida gapiryapsiz, lekin partiya va xalq boshiga qanday musibatlar solganini esingizdan chiqaryapsiz. Axir kollektivlashtirish davrida, Ulugʻ Vatan urushi yillarida yoʻlboshchining oʻzboshimchaligi tufayli millionlab insonlarning yostigʻi quritildi, ommaviy ravishda qatliom uyushtirildi.
Mao Tszedun:
-Hozir bu haqda gap ketayotgani yoʻq. Stalinning qilmishlarini hech kim oqlamoqchi emas. Bu oʻzingizning ichki ishingiz. Oʻsha qilmishlar uchun bitta Stalin aybdormi yoki boshqalar ham aybdormi, buni mandan koʻra oʻzingiz yaxshi bilasiz. Hozir gap boshqa narsa haqida ketyapti. Dunyoning juda koʻp mamlakatlarida Stalin nomi izzat-hurmat bilan tilga olinadi. U sobitqadam inqilobchining eng yuksak namunasi edi, yuksak maʼnaviyat sohibi edi. Demak, yengilmas kuch timsoliga aylanib qolgan edi. Biz unga ishonardik, uning taʼlimotiga ishonardik. Endi hammasiga chiziq tortib yuborildi. Oʻsha ishonchdan mosuvo boʻlsak, oʻzimiz ham xalq ishonchidan ayrilib qolmaymizmi?
Xrushchyov:
-Qanaqa ishonch? Axir xatolikni, qip-qizil yolgʻonni ishonch deb boʻlmaydi-ku! Biz yolgʻonni yolgʻon deb aytishimiz kerak edi. Yolgʻonni fosh etishimiz shart edi, qanchalik achchiq boʻlmasin, haqiqatni roʻy-rost aytishimiz zarur edi.
Mao Tszedun:
-Dard-sitam, aldanish qanaqa boʻlishini biz ham yaxshi bilamiz. Kurash tariximiz dard-sitamdan iborat. Haqiqatning achchiq boʻlishini ham yaxshi bilamiz. Achchiq dori shifobaxsh boʻlishini allaqachon anglab yetganmiz. Biroq, siz oʻz qaroringiz bilan faqat xato va kamchiliklarni qoralamayapsiz. Xato va kamchilik kimdan oʻtmaydi deysiz. Beayb - Parvardigor, deydilar. Siz Stalin nomi bilan bogʻliq boʻlgan barcha ezgu ishlarni shubha ostida qoldirdingiz, yaxshi bilan yomonni aralashtirib yubordingiz, endi ijobiyat bilan salbiyatning farqi qolmadi.
Xrushchyov:
-Biz haqiqatni roʻy-rost aytdik.
Mao Tszedun:
-KPSS XX quriltoyining qarorlari munosabatlarimizni nihoyatda murakkablashtirib yubordi. Bunday sharoitda Partiyalarimiz orasida risoladagidek doʻstona munosabat boʻlishi mumkin emas.
Xrushchyov:
-Shoshmashosharlik bilan oqilona xulosa chiqarish mumkin boʻlmasa kerak.
Muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qoladi. Boz ustiga, Xitoy atom bombasiga ega boʻlishni istardi, Xrushchyov esa yon qoʻshnisiga atom bombasi berishni ham, atom bombasi tayyorlash uchun zarur boʻlgan texnologiyani taqdim etishni ham istamasdi. Oraga sovuqchilik tushadi. Sovuqchilik muzga aylanadi.
Sirtdan qaralsa, Mao Tszedun goʻyo Stalinning buyuk xizmatlarini himoya qilayotgandek tuyuladi. Aslida esa, Xitoyda avj olgan "shaxsga sigʻinish" anʼanasini himoya qiladi. Agar sobiq Ittifoqda roʻy bergan "shaxsga sigʻinish" qoralangan boʻlsa va bu hodisa Xitoyda ham qoʻllab-quvvatlansa, sopqon aylanib kelib uning boshiga urilishi aniq edi. Shu bois u qichiydigan joyini oldindan qashlab qoʻyadi.
Oʻlik dohiyni qoralash qanchalik oson boʻlsa, tirik dohiyni oʻrnidan qoʻzgʻatish shunchalik qiyin boʻladi.
Shaxsga sigʻinish hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi.
Ammo tarixiy shaxsning buyuk xizmatlarini butunlay inkor etish ham yaxshi emas.
Demak, oʻrta yoʻlni tanlash kerak. Oʻylaymanki, bizning dono xalqimiz oʻziga xos va oʻziga mos yoʻlni tanlaydi.
Qorongʻi uyda qora mushukni tutib olish qanchalar qiyin ekanini hamma biladi, buni har kim oʻziga tasavvur etib koʻrishi mumkin. Ammo oʻsha uyda qora mushukning oʻzi boʻlmasa-chi? Uni tutib boʻlarmikan?
Man xudoga qayta-qayta shukronalar aytamanki, bizning qorongʻi uyimizda mushuk ham, uni tutadigan ovchilar ham yetarli. Buning isboti - tez orada mahalliy vandallar ustidan Inoyatli mahkama jarayoni boshlanadi va bu jarayon ommaviy axborot vositalari tomonidan kunma-kun haqqoniy yoritib boriladi.
Man tarix saboqlaridan toʻgʻri saboq chiqarish tarafdoriman.
50. Uchrashuv
Muxolifbashara Qalamkashni norasmiy uchrashuvga taklif etdim. U oʻz oyogʻi bilan Qarorgohimga kirib keldi. U koʻp ichadi, baʼzan soʻl tarafga qatnaydi deb taʼriflashgan edi. Aft-angoridan ichkilikboz yoki xotinboz ekanini bilib boʻlmasdi. Sipo kiyingan, boʻyinbogʻ taqmagan boʻlsa-da, lekin zamonaviy ziyolilarga oʻxshardi. Qalin moʻylovi hurpayib turardi.
Salom-alikdan soʻng:
- Choy ichasizmi, qahva? - deb soʻradim. - Balki kuchlirogʻidan icharmiz? - deb koʻz qisib qoʻydim.
-Yoʻq, rahmat, jigarim ogʻriyapti, - deb biqinini ushlab divanga choʻkdi. - Mumkin boʻlsa, koʻk choy damlashsin.
Hasanaliga bosh barmogʻimni koʻrsatdim. U birpasda ikki choynak keltirib bittasini manga yaqinroq, ikkinchisini Qalamkash oldiga qoʻyib tavoze bilan orqasiga tisarilib borib ostonaga yetganda boshini koʻtardi.
-Agar kerak boʻlib qolsam, shu yaqin atrofda boʻlaman, - dedi.
Qalamkash Hasanaliga zimdan nazar tashlab miyigʻida kulib qoʻydi.
-Xorazmcha anʼana joriy etilgan ekan-da! - deb Qalamkash choyni qaytarib, shamasi tingach oʻziga bir piyola quyib oldi.
Kulgan boʻldim. Nimaga shaʼma qilayotganini darhol angladim. Indamasdan man ham oʻzimga choy quyib bir-ikki hoʻplab piyolani stolga qoʻydim.
- Har qanday urush, ogʻayni, oxir-oqibat bari bir sulh bilan yakunlanadi, - dedim. - Yo notoʻgʻrimi?
- Toʻgʻri, hatto eng uzoq davom etgan Shimoliy urush ham sulh bilan nihoyasiga yetgan.
-Xoʻsh, adabiyot olamida qanday yangiliklar bor? - deb soʻradim.
U pastki labini tishlab, qoshlarini chimirdi. Xiyla oʻylab ogach:
-Mustaqillikning dastlabki yillarida Shukur Xolmirzayev degan katta yozuvchimiz "Adabiyot oʻladimi?" degan maqola yozgan edi. Adabiyot oʻlmadi-yu, lekin yozuvchining oʻzi oʻlib ketdi.
-Hm-m... - Zaharxanda aralash unga tikildim. - Nima, yozuvchilarning sharoiti shu qadar yomonmi?
Qalamkash qoʻllarini ikki tomonga yozib yubordi, yelkasini qisdi.
-Kitoblar peshma-pesh nashr etilyapti; unvonlar, mukofotlar navbat boʻyicha taqsimlanyapti. - Uchta barmogʻini bukib shiftga tikildi.
Aftidan piching qilayotganini sezdirmadi.
Man ham holatimni oʻzgartirmadim.
-Nima uchun jiddiy asarlar yaratilmayapti? - deb soʻradim.
-Cheksam maylimi? - deb yon choʻntagidan sigaret chiqardi. Ruxsat kutib oʻtirmasdan zajigalkasi bilan sigaret tutatdi. Kulini choynak ostida turgan likopchaga koʻrsatkich barmogʻi bilan chertib tushirdi.
Hasanali kuldon keltirib qoʻydi.
-Oʻzingiz biror narsa yozdingizmi?
-Yozilyapti, - dedi sigaret tortib, tutunini burnidan buruqsitib chiqargach. - Qiyin yozilyapti, - deb qoʻshib qoʻydi.
-Sir boʻlmasa, ayting-chi, zamonaviy mavzudami yoki "Shaytanat" yoʻlida?
-Nima, "Shaytanat"ning alohida yoʻli bormi?.. Bilmas ekanman.
Kuldim.
-Yozayotgan asaringizni qachon tugatasiz?
-Har holda Mustaqillik bayramiga tuhfa etolmasam kerak. - Sigaret kulini chertib kuldonga tushirdi.
Pichinglari jahlimni chiqara boshladi. Ataylab tegajoqlik qilyaptimi, sabr-toqatimni sinab koʻrmoqchimi?
-Sarbador qanaqa yozuvchi? - deb soʻradim oʻsmoqchilab.
-U yozuvchi emas, shunchaki xushomadgoʻy, xolos.
Beixtiyor xoxolab yubordim.
-Malades, bilar ekansiz!
U rasmona ajablanib yuzimga tikildi.
-Manda nima ishingiz bor? - deb soʻradi.
Endi man uning yuziga ajablanib tikilib qoldim.
-Qanday yordam kerak? - deb soʻradim jiddiy ohangda.
-Qanaqa yordam?
-Moddiymi, moliyaviymi... Sizga qanaqa yordam kerakligini man bilmayman-ku! - deb gapni hazilga burdim.
-Qanday yordam berishingiz mumkinligini man ham bilmayman.
-Mayli, oʻylab koʻring, - dedim.
-Boʻpti, oʻylab koʻraman, - deb Qalamkash oʻrnidan turdi.
-Kelajakda Zokirjon Xolmatga qoʻshni boʻlishni istamaysizmi?
-Qaysi Zokirjon Xolmatga? - dedi chimirilib.
-Itotar Zokirjonga.
-Itotarlarni jinim suymaydi, - deb yelka qisdi.
Suhbatimiz kutilmaganda yakunlanadi deb oʻylamagan edim. Birpas oʻtirdim. Qarasam, u engashib sigaret qoldigʻini kuldonga ezgʻilayapti. Sarosimaga tushib qolganimni sezdirmasdan noiloj oʻrnimdan turdim.
-Biz yana uchrashamiz. Batafsil gaplashamiz, - dedim.
Qoʻl berib xayrlashdik.
-Ixtiyor oʻzingizda, - dedi.
-Sizning ixtiyoringiz ham oʻzingizda.
Qalamkash, nazarimda, ilk bora samimiy jilmaydi va tez-tez yurib xonani tark etdi.
U manda gʻalati taassurot qoldirdi.
51. Dukchi eshon
Arqonni sal boʻsh qoʻysang bas, odamlar darhol boshingga chiqib oladi. Oʻz oyogʻim bilan Parokandni yoʻqlab kirganimdan keyin uning piligi koʻtarilib ketdi. Ushukda qolgan musichadek devorga suykalib yelkasini oqartirib yuradigan odam endi yoʻlakni toʻldirib tarvanglab qadam tashlaydigan, roʻparasidan kelayotgan kishini turtib oʻtadigan boʻlib qoldi. Kotibasini ham xonasiga beruxsat kiritmay qoʻydi. Moʻylovini qalinlashtirib, labining ikki chetidan osiltirib tushirdi; ilgari doim kuzab yurardi, chimchilasa arang barmogʻiga ilinardi... Devon xodimlariga moʻylov qoʻyishni taqiqlash toʻgʻrisida koʻrsatma bersam, qalay boʻlar ekan? Yoki koʻrsatma oʻrniga kimdir tashabbus koʻrsatsayu hamma yoppasiga moʻylovini qirib yuborsa, maqsadga muvofiq boʻlmasmikan? Ikki oʻn besh - bir oʻttiz. Unday qilinsa ham, bunday qilinsa ham "podskazka" mandan chiqqanini birpasda butun dunyo biladi. Ogʻziga kuchi yetmaydigan xorijiy vaysaqilar mani yana-tagʻin Koʻhiston takasiga tenglashtirib: "Ari arini koʻrsa, chumak uradi", degan maqolani roʻkach qiladi. Laʼnati moʻylovlarga kuya tushmasa, man ulardan osonlikcha qutulmayman, shekilli. Oldin moʻylovlarga befarq qarardim, endi moʻylovni uchratib qolsam basharasiga bexos tupurib yuborgim keladi. Ishqilib, birorta qirol xonadonidan boʻlgan shayx-payxning basharasiga noxos tupurib yubormasam goʻrgaydi!
Guruch bozorini tartibga solish toʻgʻrisidagi farmonimga sharh yozib oʻtirsam, Parokand papka qoʻltiqlab bir soatdan buyon qabulxonada oʻtirganini yordamchim asta qulogʻimga shipshib chiqib ketdi.
-Mayli, kirsin, - dedim boshimni koʻtarib. Parokand oyoq uchida kelib kabinet oʻrtasida toʻxtadi. - Nima gap?
-Burnogʻi yili bir guruh tarixchi olimlardan taklif tushgan edi. Oʻsha taklif jamoatchilik tomonidan ham qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi. Tarix instituti taklifni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Sarf-xarajatlarni Moliya vazirligi hisoblab koʻrib maʼqulladi. - Parokand papkani qoʻltigʻidan olib qoʻshqoʻllab ushladi, ikki qadam oldinga yurdi.
-Toʻxta, Svetlana Ortiqovaga uchrashdingmi? - deb soʻradim.
-Ha, - dedi yerga qarab.
-Xoʻsh?
-Har kuni uch mahal huqna (klizma) qildiryapman.
-Yaxshi. Svetaning qoʻli yengil. Toʻgʻrimi?
-Ha... Uch marta huqnadan keyin oʻrganib qoldim, - deb olgʻa intildi.
-Toʻxta! - dedim. Parokand boʻkchib orqaga bir qadam chekindi. -Orqaga ikki qadam tashla! - dedim. U ikki qadam orqaga tashladi. - Endi bir qadam olgʻa tashla! - Bir qadam siljidi. - Yana ikki qadam orqaga, soʻng bir qadam olgʻa bos! - Oxiri Parokand eshikka qadalib qoldi. - Lenin boboning "Ikki qadam orqaga, bir qadam olgʻa!" maqolasini oʻqiganmisan?
-Oʻqiganman, - dedi moʻylovining uchini yamlab.
-Ana endi ayt, qanaqa taklif ekan?
-Dukchi eshon qoʻzgʻoloniga bir yuzu oʻn yil boʻpti. Shu sanani nishonlash...
-Loʻttivozlar! Erkin Yusupov degan akademik oʻsha sananing 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida taklif kiritib, Maʼnaviyat boshligʻi vazifasidan ayrilgan edi; ishsiz yurib-yurib oxiri oʻlib qutuldi. Haligacha tarixchilarning esi kirmagan ekan-da! Oʻzing-chi?! Oʻzing jinni-pinni boʻlganmisan, choʻchqa?! Xoʻp, bugun narigi qoʻzgʻolonning 110 yilligi nishonlansa, ertaga berigi qoʻzgʻolonning 10 yilligi nishonlanadimi?
-10 - yumaloq tarixiy sana emas.
Parokand gapini tamomladimi yoki ruchka havoda uchib borayotganini koʻrib papka bilan yuzini toʻsib gʻudrandimi, ishqilib, boʻgʻiq tovushda eʼtiroz bildirishga ulgurdi.
-Sanda insof bormi oʻzi?! Odamni ishlagani qoʻyasanmi-yoʻqmi?!
-Kechirasiz, - deb eshik tutqichidan ushladi.
-Shoshma! - Stuldan turib shahd bilan yoniga bordim. - Ataylab asabimni buzyapsanmi yoki shu qadar pandavaqimisan? - Parokand gilamda yotgan ruchkamni olib uzatdi. Ruchkani bukib qars etkizib sindirdim-da Parokandning choʻntagiga tiqib qoʻydim. - Nega indamaysan? Kar boʻlib qoldingmi? Yoki oʻshalar bilan tiling bittami?
-Yoʻq, unday emas.
-Boʻlmasam, nega qonimga tashna qilyapsan?.. Shapaloq yeging kelyaptimi? - deb mushtumni oʻqtaldim. Parokand papka bilan yuzini toʻsdi. - Tushir papkani! - Papkani tushirib, koʻzoynagini yechib oldi. - Ha, koʻzoynak sinishidan qoʻrqyapsanmi?
-Yoʻq, unday emas, - deb koʻzoynagini taqdi.
-Man sani urmayman, betingga ursam beting qotadi, soʻng surbet boʻp qolasan... Dukchi eshon fundamantal terrorist ekanini bilmaysanmi? U dinni roʻkach qilib hokimiyatga intilmaganmi?
Xiyla sukutdan soʻng:
-Oʻrislarga qarshi bosh koʻtargani uchun hozirgi siyosatimizga toʻgʻri kelsa kerak deb oʻylabman, - dedi.
-Nima-nima? Qanaqa siyosatni aytyapsan?
-Rossiya Oʻshda oʻzining harbiy bazasini barpo etmoqchi...
Zaharxanda qilib bosh chayqadim.
-Pandavaqi! - dedim. - San siyosatga aralashmagin, xoʻpmi?
-Xoʻp.
-Yoʻqol! - deb izimga qaytdim. Eshik ochilganini ham, yopilganini ham payqamadim. Joyimga qaytib oʻtirganimda Parokandning qorasi oʻchgan edi. -Tavba, Dukchi Eshonni Oʻshda barpo etilayotgan Rossiyaning harbiy bazasiga nima aloqasi bor? U axir Andijonda qoʻzgʻolon koʻtargan boʻlsa...
52. Chilonjiyda
Oʻzimga oʻzim dam olish kuni eʼlon qilib sayrga chiqdim. Bogʻda Ahmad Xorazmiy chilonjiydani qoqib boʻz toʻshama ustiga yoyib saralayotgan ekan. Kaptar tuxumidek sip-silliqlarini oftobga surib, burishib qolgan qismini salqin tomonga uyub qoʻyar edi.
-Hormang endi, - dedim yoʻlning chetiga choʻnqayib.
Toʻshama ustida emaklab yurgan Ahmad Xorazmiy ilkis boshini koʻtarib birpas manga tikilib qoldi. Soʻng birdan jilmayib qaddini tikladi.
-E-e, salomat boʻling, yoshulli, salomat boʻling! - Maysazor boʻylab yoʻlkaga chiqdi. Soʻrashdik. - Qarang, Xizrni yoʻqlasam boʻlar ekan, shu tobda koʻnglimdan oʻtkazgan edim.
-Boʻrini yoʻqlasangiz, qulogʻi koʻrinadi-da! - deb kuldim.
-Yoʻq-ay, yoʻq-ay, unday deb odamni uyaltirmang, yoshulli! - Chap qoʻlida hovuchlab turgan uch-toʻrt dona chilonjiydani uzatdi.
Chilonjiydani olib oʻrnimdan turdim: huv narida tuflisining bogʻichini bogʻlayotgan kishi boʻlib oʻrindiqqa chap oyogʻini tirab engashib turgan adyutantimga koʻz qirini tashladim. U bogʻichni tufli qoʻnjiga qistirib darhol yonimga yetib keldi. Kaftimni ochib chilonjiydalarni koʻrsatdim. Adyutantim bir donasini olib ogʻziga soldi, uch-toʻrt marta yamlab yutib yubordi. Bilagimdagi soatga qarab qoʻydim.
-Qaysi niyatda koʻnglingizdan oʻtdim, Ahmad ogʻa? - dedim oʻsmoqchilab.
-Siz gapdi oxirigacha eshiting, keyin qaysi tomonga bursangiz, mayli, ixtiyor oʻzingizda, - dedi oʻpkalanib.
Jadal borib bir hovuch chilonjiyda keltirdi-da, hammasini ogʻziga tiqib lunjlarini shishirib chaynay boshladi. Ogʻzida atala hosil boʻlgach, osmonga qarab turib luqmani liq-liq etkazib yutib yubordi; boshmaldoqdek kekirdagi nari borib beri keldi.
-Danagini ham yutib yubordingizmi?
-Yutib yubordim, - dedi boʻgʻriqib. - Oʻldirsa chilonjiydaning danagi oʻldirsin!
-Xorazmliklarning jahli burnining uchida turadimi, nima balo! Man instruktsiyaga amal qildim, xolos. - Bilagimdagi soatga qaradim, soʻng adyutantimni boshdan-oyoq koʻzdan kechirib: - Oʻzgarish yoʻqmi? - deb soʻradim.
-Dim mozali ekan, xarop! - dedi adyutantim tamshanib. - Yana uch-toʻrt dona yesam maylimi? - Yoʻlkadan maysazorga tushdi.
-Mandan emas, Ahmad ogʻadan ruxsat soʻra, - dedim.
-Yoʻq! - dedi Ahmad ogʻa keskin tovushda. Birpas oʻylanib jilmaydi-da, qoʻshib qoʻydi: - Mayli, ruxsat, lekin harom oʻlsangiz man javob bermayman!
Adyutantim tisarilib yoʻlkaga qaytib chiqdi. Chamasi, harom oʻlishni istamadi.
Man hovuchimda turgan chilonjiydalarni ogʻzimga soldim. Koʻzlarimni yumib obdon chaynab yutdim. Danagini tuflab tashlamadim.
-Ahmad ogʻa, ishqilib, danagi chiqib ketadimi? - deb kuldim.
-Chiqishga chiqib ketadi-yu, lekin koʻndalang kelib qolsa, yirtib chiqib ketadi, - deb ish joyiga qaytdi. - U yogʻiga man javob bermayman.
Adyutantim oxiri chidab turolmadi: xirmon tepasiga borib bujmaygan chilonjiydadan hovuchini toʻldirib oldi; kaftini ogʻziga yaqinlashtirib uch-toʻrt donasini birdan hoʻplab-hoʻplab maʼlum masofaga uzoqlashdi.
Chakkamni qashlab Ahmad akaning yoniga bordim. Xirmon tepasiga choʻnqayib oʻtirib bir hovuchini qoʻlimga olib hidladim.
-Buni Xorazmda nima deyishadi? - deb soʻradim.
-Unabi. - U chilonjiydalarni saralashga kirishgan, ishdan bosh koʻtarmas edi.
-Oddiy jiyda koʻpmi yoki unabi?
-Oddiy jiyda koʻp ekilgani uchun ahmaq odamlar shu jiydaning turi koʻp boʻlsa kerak deb oʻylaydi. Aslida, unday emas. Oddiy jiydaning ellik turi mavjud boʻlsa, chilonjiydaning bir yuzu qirq turi bor.
-Yoʻq-ay, aldatmang!
Ahmad ogʻa xaxolab yubordi.
-Ana, non turibdi! - deb boʻz toʻshama chetida turgan yarimta nonga ishora qildi.
-Ishondim, ishondim, - dedim kulib. - Lekin odam kutilmagan faktga duch kelib qolsa, baribir ishonmas ekan.
-Oddiy jiyda jiydadoshlar turkumiga kiradi, chilonjiyda esa jumrutdoshlar oilasiga mansub. Itjumrut, togʻjumrut kabi turlaridan dori-darmon tayyorlanadi. Unabining oʻzi ham qon bosimini meʼyorida saqlaydi, oshqozon, ichak yoʻllarini har xil tekinxoʻr bakteriyalardan tozalaydi. Unabida odamdi zaharlash xususiyati mutlaqo yoʻq.
-Manda biror ishingiz bormidi? - deb gapni boshqa tomonga burdim.
-Ha, - dedi Ahmad aka choʻk tushib. - Ruxsat bersangiz, man Londonga ketmoqchiman.
-Tinchlikmi? Nima balo, siz ham muxolifat safiga qoʻshilib ketasizmi?
-Yoʻq-ay! Anchadan buyon Ketrin ismli bitta ayol bilan Internet orqali xat yozishib turamiz. Hech qoʻymayapti, yoniga chaqiryapti. Londonga borib unga uylanaman. Qirollik kollejidan agrokimyo fanidan dars ham topib qoʻyibdi.
-Shunaqami? - dedim hayron boʻlib. - Mayli, oʻylab koʻray-chi, keyinroq javobini aytaman, - deb orqamga qaradim: adyutantim huv naridagi oʻrindiqda kavshanib oʻtirardi. Koʻnglim ravshan tortib oʻrnimdan turdim.
53. Puchga chiqqan umidlar
Yigirma yildan buyon barcha viloyatu tumanlarning rahbarlarini oʻzim chertib-chertib tanlab qoʻyaman. Ular dastlabki yillarda oʻzlariga bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga zoʻr berib chiranadi. Agar mahalliy rahbar sarhadlarimizga tutash joylarda faoliyat koʻrsatsa, chegaralarni mustahkamlaydi, harbiylar uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Aksariyat holatlarda muhim bir haqiqatni unutishadi. Yaʼni, kechagi bilim va tajriba bilan ishlash mumkin emasligini, hatto kechagi kun bilan yashash mumkin emasligini paqqos esidan chiqarib yuborishadi. Oqibatda ijtimoiy-iqtisodiy hayot batamom jar yoqasiga borib qoladi. Man mahalliy rahbarni jiddiy ogohlantiraman: koʻzingni och, Uchqoʻrgʻon yaqin qoldi deyman. Afsus, koʻzini yogʻ bosgan rahbar tegishli xulosa chiqarmaydi. Zaif tomonlari tobora boʻrtib koʻzga tashlanaveradi. Asta-sekin qarindosh-urugʻchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik girdobiga tushib boraveradi. Yirik tashkilotlarga, yogʻli joylarga birin-ketin qarindosh-urugʻlarini tayinlaydi. Endi ularni nazorat etib boʻladimi? Ularga burningdan oshirib tanbeh berib boʻladimi? Xalq koʻz oʻngida rahbar obroʻ-eʼtiborini yoʻqotadi, ishonchni yoʻqotadi. Eng yomoni shundaki, odamlar haqiqatga ham, Inoyatga ham ishonmay qoʻyadi.
Qachongacha bunday noxush illatlarga chidab yuramiz? Nima uchun bunday asoratlarga qarshi jamoatchilik koʻtarilmaydi? Chunki hamma oʻzining yirtiq ishtonini oʻylaydi; orqamga choʻp kirib ketmasin deb qoʻrqadi.
Osmondan tushgan top-toza distillangan suv ham bir joyda uzoq turib qolsa ayniydi, qurtlab ketadi. Toʻrt-besh yilda har qanday rahbarni bemalol vazifasidan boʻshatib, jinoyatlarini boʻyniga qoʻyib qamatib yuborish mumkin. Ammo eskisining oʻrniga tayinlangan yangi rahbar jinoyatni toʻxtab qolgan joyidan davom ettirib ketaveradi. Gʻalati xalq ekan bu rahbar deganlari! Yo alhazar!
Mahalliy rahbarlar ikki-uch sidirgʻa lavozimidan chetlashtirilib, beobroʻ qilingan kezlarda xalq bir oz qaddini tiklab: "Xayriyat, mazlumlarning koʻkragiga shamol tegadigan zamon ham kelar ekan!" deb yuradi. Rahbarlar uch sidirgʻadan soʻng yana-tagʻin peshma-pesh lavozimidan chetlashtirilib, ular yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar aytilavergach, odamlarning hafsalasi pir boʻldi. Rahbarlarni ishdan boʻshatib ishga tayinlash Yurtmenboshining xobbisi ekan degan koʻnikma odamlar ongiga singib qoldi. Manimcha, ongga singdirilgan koʻnikmadan qoʻrqmaslik kerak. Koʻnikma odamni loqayd qilib qoʻyadi. Biroq odamlar ongiga singdirilgan Gʻoyadan qoʻrqish kerak. Chunki odamlar onggiga singdirilgan Gʻoya erta-indin moddiy kuchga aylanadi va yoʻlida uchraydigan har qanday gʻovni yengib oʻtishga qodir boʻladi. Demak, Koʻnikma biz taraf boʻlsa, Gʻoya muxolifat tarafida boʻladi. Xudoga shukr qilaman, Gʻoya ular tarafda boʻlsa-da, lekin bizda kuch bor. Kimda kuch boʻlsa, Inoyat ham oʻsha tarafda boʻladi. Temur boboning iborasi esa omi xalqni laqillatish uchun oʻylab topilgan safsata, xolos. Aslida, kuch Inoyatdadir!
Rahbarlik sanʼati toʻgʻrisida jiddiy oʻylab koʻradigan vaqt pishib yetildi. Yigirma yil davomida puchga chiqqan umidlar bir joyga toʻplansa bormi, salkam oʻttiz million tonnalik ulkan xirmon paydo boʻladi. Toʻgʻri gapirsang ham endi odamlar ishonmaydi. Hammani bitta gapga urib ishontiray desang, bir kishiga bittadan urongʻich tayinlab qoʻyish kerak. Unday qilinsa, urongʻichlarning oʻzini kim uradi? Hamma oʻzini oʻzi ursa, ehtimol, maqsadga muvofiq boʻlar.
Yaqinda "Temur tuzuklari"ni nari surib, Stalin boboning "Tanlangan asarlar"ini varaqlab koʻrdim. "Yutuqlardan esankirash" maqolasi beixtiyor diqqatimni tortdi. Piri komil ustozning eʼtirof etishicha, podadan ajralib orqada qolgan hayvonni ham, podadan oʻzib oldinga ketib qolgan hayvonni ham qamchi bilan urib podaga qoʻshib qoʻyish kerak; bu ishni choʻpon bajaradi, choʻpon ibtidoiy koʻrinishdagi rahbar hisoblanadi. Aslida, rahbarlik sanʼati choʻponlikdan boshlangan ekan.
Man Stalin boboning fikr-mulohazalariga qoʻshimcha qilib, choʻponning oʻzi ham podaga aralashib yurishi kerak degan boʻlar edim. Siz nima deysiz? Hozircha bu savolni ochiq qoldiraman.
Tajriba koʻrsatadiki, kim rahbar boʻlsa, asta-sekin oʻzining original sanʼatini namoyon etaveradi. Birovning usuli boshqaga toʻgʻri kelmaydi. Nega deganda, shart-sharoit, ijtimoiy muhit aynan takrorlanmaydi. Hech qachon hech qayerda bir xil sharoit boʻlmaydi. Makon va zamon oʻzgarib turadi, odamlar ham oʻzgaradi. Tarixiy tajribalarni bu dunyodan yashab oʻtib ketgan odamlar oʻzlari bilan goʻrga olib ketadi. Kelajak avlodga esa puchga chiqqan umidlarning poʻchogʻi qoladi, xolos. Yongʻoqning poʻchogʻini yoqish mumkin. Rauf Parfiga oʻxshagan tejamkor odam boʻlsa, hatto yongʻoq poʻchogʻini qaynatib suvni qizartirib ichishi mumkin. Puchga chiqqan umidlarning poʻchogʻini nima qilsa boʻladi?..
54. Kalbosh
Ustoz maqomidagi odam. Toʻqsonni qoralab qolgan. Hamon ichiga jun tiqilgan lingcha qopga oʻxshaydi: miqtigina, shalviragan joylari yoʻq. Baroq qoshlari ostidan koʻzlari doim porlab turadi. Dafʼatan uni gʻoʻlaga yoki balandroq kesib qoʻyilgan toʻnkaga ham qiyos qilsa boʻlardi. Gʻoʻla yoki toʻnkadan farqi - tepasiga qoʻyilgan oshqovoqni koʻtarib yuradi. Agar yurish-turishi boʻlmasa, gʻoʻla yumalab yotibdi yoki toʻnka eski joyida turibdi deb oʻylaysan.
Videoyozuvga qarab oʻtirib his-hayajonini, qurum bosgan ichida nima borligini aslo anglab boʻlmaydi. Rahbarlik sanʼatining sir-asrorini Rashidovdan oʻrgangan - hech qachon hech narsaga oshkora munosabat bildirmaydi: qiladigan ishini aytmaydi, aytgan gapini qilmaydi. Oʻz bilganini qiladi. Bilib q i l a d i. Shunisi chatoq. Chunki bildirmay q i l- a d i. Yarim asr hamqadam boʻldik. U chorak asr oldinda yurdi, goh-goh orqasiga qarab mani jadal qadam tashlashga daʼvat etib pogʻonama-pogʻona yuqoriga koʻtarilib ketaverdi. Baʼzan bir joyda depsinib turardi: "Na meste shagom marsh qilyapman, yaqinda "begom marsh!" komandasi beriladi", deb hazillashib ham qoʻyardi. Bir joyda "shagom marsh" qilayotgan chogʻida ham olgʻa intilardi: yon-atrofidagi odamlarni ishga solib, kelajakda oʻzi yurib yoki yugurib oʻtadigan maydonchani supurib-sidirtiradi, uborka qildiradi. "Start. Marsh!" komandasi yangragan zahoti turgan joyidan oʻqdek otilib qoʻzgʻalardiyu marraga birinchi boʻlib yetib borardi. Rashidov undan qachon, qayerda foydalanishni bilardi; koʻpincha zaxirada ushlab turardi. Qayerda, qaysi sohada doʻppi tor kelib qolsa, darhol uni maydonga qoʻyib yuborardi. Muammo hal etilib, obʼekt ishga tushib, bir maromdagi odatiy hayot boshlangan zahoti oʻyindan tashqari holatga chiqarib qoʻyilardi. Nega deganda, kuch-gʻayrati ichiga sigʻmaydigan Kalbosh bir maromda davom etayotgan oʻyinni buzib qoʻyishi mumkin edi. Qoʻyib berilsa, oʻyinni buzib, maydonni agʻdar-toʻntar etib yuborardi.
Rashidovdan keyin katta sahnaga chiqqan landovur "Birinchilar" uni zaxira oʻyinchilari safidan ham chiqarib, nafaqaxoʻrlar qatoriga kiritib qoʻydi. Bu ularning xatosi edi. Undan oʻz oʻrnida foydalanish lozim. Qoʻrgʻonning nuragan devorlarini taʼmirlab, posbonlarni joy-joyiga qoʻyib, muhim nuqtalar nazorat ostiga olinganidan keyin, mayli, uni chetga surib qoʻyish mumkin. Toʻrt tomonidan shamol gʻirillab turgan qoʻrgʻonda kaltabin rahbargina oʻzini bexavotir his etadi. Shu bois ular etagini yopishga ulgurmasdan gursillab yiqildi; bittasi qattiq tushib mayib boʻldi, boshqasi sichqonning inini ming tangaga ijaraga olib jon saqlab qoldi.
Man katta sahnaga chiqqan kunimdan eʼtiboran Kalboshni, dastlab, suflyor, soʻng dublyor etib yonimga oldim. Koʻp asqatdi, qistaloq! Bundan tonmayman. Aslida, uni izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatib qoʻysam, insoniy burchimni ado etgan boʻlardim. Biroq, keyingi paytlarda xiyla oʻzida
https://www.bbc.com/uzbek/world-68336163
https://www.bbc.com/uzbek/world-69057425
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69029325
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3