Rossiya Markaziy Banki 2017 yil yanvar-sentyabriga oid raqamlarni eʼlon qilgan. Joriy yilning uch choragi koʻrsatkichlari orasida Rossiyadan tashqariga yuborilgan mablagʻlar ham bor. Rossiya Markaziy Bankiga koʻra, dastlabki 9 oy mobaynida Rossiyadan Oʻzbekistonga jami 2 milliard 636 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ yuborilgan.
Agar 2016 yilning 9 oyi raqamlariga solishtirganda, oʻzbekistonliklarning vataniga pul joʻnatmalari 2017 yilda 31 foiz koʻpaygan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 3 million 109341 Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada migratsiya roʻyxatiga olingan, 2 milliondan ortiq oʻzbekistonlik migratsiya roʻyxatidan chiqqan.
Bunga yana shuni ham qoʻshimcha qilish joizki, oʻzbekistonliklar oʻz yaqinlariga yuborayotgan hamma pullar ham bank statistikasidan oʻtmaydi: kimdir tanishi orqali pulini berib yuboradi, kimdir oʻzi bilan birga olib ketadi, yana kimdir Rossiyadagi puldorga pul beradi, bu puldorning Oʻzbekistondagi yaqinlari pulni egasiga yetqazadi.
Bu yil Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyada ishlashi uchun sharoit oldingi yillardagiga nisbatan yaxshilandi: marhum prezident Karimov hukmronligi yillarida migrantlar "dangasa" deb taʼriflangan, ularning muammo va qiyinchiliklariga davlat qiziqmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyada qonuniy ishlab pul topishini Rossiya rahbariyati bilan muhokama qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻzbekistonliklarning Rossiyadagi bandligi bilan shugʻullana boshladi.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6