Bu kabi da’vat Afg‘onistonning Turkmanistonga bevosita chegaradosh shimoliy Jauzjon viloyati markazi Shibirg‘onda bo‘lib o‘tgan yirik madaniy tadbir chog‘ida yangragan.
Tadbirda davlat arboblari, senatorlar, millat vakillari, ziyolilar, tilshunoslar va san’atkorlar doxil mingga yaqin kishi ishtirok etgan.Ishtirokchilarga ko‘ra, Afg‘onistonda “o‘zbek va turkman tillariga birgina rasmiy maqom berilishining o‘zi kifoya qilmaydi”.
“Afg‘onistondagi boshqa tillar qatorida ularning rasmiyligi ham amalda ta’minlanishi lozim va bu masalaga hukumat miqyosida jiddiy e’tibor qaratilmog‘i shartdir”.
O‘zbek va turkman tillari bundan 14 yil burun Afg‘onistonda uchinchi rasmiy til sifatida tan olingan, ularning maqomi mamlakat Bosh qonunida kafolatlangan.
Shibirg‘ondagi til muammosiga e’tibor qaratilgan yirik tadbir ham aslida Afg‘oniston Bosh qonunining 14 yilligiga bag‘ishlangan. Ammo yig‘in chog‘ida asosiy e’tibor o‘zbek va turkman tillari rivojining Afg‘onistondagi bugungi ahvoliga qaratilgan.
Ayni mavzudagi chiqishlar, muhokamalar va munozaralar ortidan esa, san’atkorlar o‘zbek va turkman tillarida o‘z san’atlarini namoyon etishgan, she’rxonliklar uyushtirilgan.
Mahalliy vaqt bilan tonggi soat 09:00 da boshlangan tadbir kechga qadar davom etgan.Unda yig‘in tashkilotchisi bo‘lmish “Milliy Islomiy Uyg‘onish” partiyasi lideri, Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stumning Turkiyadan yo‘llagan payg‘omi ham o‘qib eshittirilgan.
Uning devoni rahbari Inoyatulloh Farahmandning BBC O‘zbek Xizmati bilan suhbatida aytishicha, mazkur payg‘omda ham o‘zbek va turkman tillarining rasmiy maqomiga bugungi e’tibordan xavotirlar izhor etilgan.
Afg‘oniston hukumati va tilshunoslardan ushbu masalaga jiddiy yondashishlari so‘ralgan. Bu ikki tilning rivojiga e’tibor, yillarki, afg‘onistonlik mahalliy ziyolilarning tanqidlariga sabab bo‘lib kelayotgan eng muhim masalalardan biri bo‘ladi.
Afg‘oniston, o‘zbeklar va o‘zbek tili mavzusi kuni-kecha prezident Muhammad Ashraf G‘anining Toshkentga ikki kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida alohida e’tibor topgan voqe’liklardan biriga aylangan.
Afg‘oniston rahbari poytaxt Toshkentda bergan matbuot anjuman chog‘ida o‘zbek tilining mamlakatida tutgan rasmiy maqomiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
O‘zbekistondagi nutqlarini asosan o‘zbek tilida irod qilgan, mir Alisher Navoiy hazratlari ijodidan ikki shingilini o‘zbek tilida o‘qib, prezident Shavkat Mirziyoyevning "rahmat"lariyu zalga yig‘ilganlarning olqishlariga ham sazovor bo‘lgandi.
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-69029325
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69028725 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69025874 Сўнгги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69025874 Нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69025869 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69025869 Бугунги аҳволга яқиндан бир назар.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69022269 Янги гап.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69022269 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69020387 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев