http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42316399?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Tashkent City loyihasi uchun zamonaviy Toshkentning ramzlaridan biriga aylangan Kinochilar Uyi qurbon berilgani sotsial tarmoqlar foydalanuvchilarini norozi qildi.
Qator Internet nashrlari va sotsial tarmoqlarda meʼmor bevasi turmush oʻrtogʻining ijodi mahsuli bilan vidolashgani haqidagi xabar tarqaldi.
Toshkentdagi Kinochilar Uyi binosining meʼmori Rafayel Xayrutdinovning bevasi Firuza Xayrutdinovaning yigʻlab turgan fotosurati Internetda tarqalganini koʻrish mumkin.
Kinochilar Uyi binosi rassom va arxitektor Rafayel Xayrutdinov loyihasi asosida barpo etilgan.
Bino 1982 yili Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi Toshkent kinofestivali boʻlib oʻtayotgan kunlarda ochilgan.
Toshkent markazida Tashkent City barpo etishga qaror qilingani, u 1 milliard dollarga baholanishi xabar qilindi.
Umumiy maydoni 70 gektar boʻlgan yangi ishbilarmonlik markazida biznes markazlar, mehmonxona va restoranlar, xiyobon va texnoparklar moʻljallangan.
Oʻzbekistonlik meʼmorlar, kinematografistlar va rassomlar mamlakat rahbariyatiga murojaat qilib Kinochilar Uyini buzmaslikni soʻradilar.
Biroq bu murojaat javobsiz qoldi va betakror binoni buzishga kirishildi.
Kinochilar Uyi hali uzoq yillar naf keltirishi mumkin edi.
Arxitektor va rassom Rafael Xayrutdinov ikki yil oldin 83 yoshida vafot etgan.
Oʻzbekistonlik meʼmorlar uzoq yillardan buyon Toshkent yoki boshqa shaharlarni yanada obodonlashtirish, chiroyli qilish vaji bilan tarixiy, madaniy qimmatga ega binolar vayron etilgani, yoki binolarga oʻzgartirish kiritilgani notoʻgʻri boʻlganini aytib keladilar.
Ammo taniqli meʼmor, shaharsozlarning bu boradagi fikrlariga quloq solinmadi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42316399?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #toshkent #DomKino #тошкент #ДомКино #ташкент #КиночиларУйи
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3