http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42310783?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Nyu-Yorkda tibbiyot sugʻurtasi bilan bogʻliq firibgarlik fosh etilgani, ushbu jinoyat ortida samarqandlik Kristina Mirbabayeva turgani haqida xabar tarqatdi prokuratura.
Bruklin tuman prokurori Erik Gonsales tashkil qilgan matbuot anjumanida aytishicha, qalloblik yoʼli bilan 146 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilgan.
Tergov davomida 2015 yilning 1 yanvaridan 2017 yilning 30 noyabrigacha tibbiyot sugʻurtasi firibgarligi holatlari aniqlangani va davlatga yetkazilgan zarar 146 million dollarni tashkil etishi haqida aytgan Bruklin prokurori Erik Gonsales.
Prokuraturaga koʻra, ijtimoiy imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan amerikaliklarga 30 dollardan 40 dollargacha pul taklif qilingan va klinikalardan birida hech zarurati yoʼq tibbiy tekshiruvdan oʻtish taklif qilingan.
Shundan soʻng oʻsha odam nomiga berilgan sugʻurta polisidan foydalanib goʻyoki davolangani uchun qayta va qayta mablagʻ olinavergan.
Ushbu ish boʻyicha 20 shaxs hibsga olingan.
Ular orasida bir jarroh va uch vrach bor.
Hibsga olinganlarning aksari sobiq Shoʻro respublikalari fuqarolari ekani xabar qilinmoqda.
Hujjatlariga koʻra, 35 yoshli Kristina Mirbibayeva oʻrta maktab va oliy oʻquv yurti saboqlarini Samarqand shahrida olgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42310783?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #ақш #сша #aqsh #OZbekiston #ўзбекистон #кристина #самарқанд #oʻzbekiston #kristina #samarqand #Uzbekistan
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68989788 Яна янги саволлар ўртага чиқди...
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68930236 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68945413 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1