AQShning Kaliforniya shtati deyarli bir haftadan beri miqyosi boʻyicha misli koʻrilmagan yongʻinlar bilan kurashmoqda. Havoning quruqligi, kuchli shamol va qaqrab qolgan yer olovning tez yoyilib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Shtatda tabiiy ofatga tayyorgarlikning oliy darajasi kiritilgan. Los-Anjelesning boʻlgalarida bir necha soat ichida yongʻinning 6 yirik manbasi paydo boʻldi va 10 minglab gektarga yoyildi.
Olov bilan kurashish uchun qoʻshni shtatlar bilan qoʻshib hisoblaganda 5700 oʻt oʻchiruvchi tashlandi. Ventura okrugidagi "Tomas" olov oʻchogʻi eng yirigi hisoblanadi. U allaqachon 430 uyning kulini koʻkka sovurdi.
Xavfli mintaqalardan qariyb 200 ming aholi koʻchirildi. Ularning koʻpchiligi bostirib kelayotgan olovdan qutilish uchun uylarini yarim tunda tashlab chiqishga majbur boʻlgan.
Uch oʻt oʻchiruvchi jarohat oldi, yuzlab binolar yoʻq qilindi. Mashina ichida olovdan qochayotgan mahal jon taslim qilgan ayolning jasadini topishdi.
Sunʼiy yoʻldoshlardan olingan suratlarda "Tomas" yongʻin oʻchogʻini aks etgan. Uning Tinch okeani sohillariga yetib borganini koʻrish mumkin. Prezident Tramp Kaliforniyada favqulotda holat eʼlon qilish boʻyicha federal miqyosda farmon qabul qildi.
Yongʻin Kaliforniya shtati qishloq xoʻjaligiga katta zarba bergani haqida xavotirlar bor. Olov avokada ekiladigan yirik plantatsiyalarni yoʻq qilgan. AQShning taxminan 90% avokadasi Kaliforniyada yetishtiriladi. Bu soha shtatga koʻp millionli daromad keltiradi.
Yongʻin Los-Anjeles tumanlaridagi aholi yashaydigan massivlarni vayronaga aylantirgan. Boy tuman boʻlmish Bel-Eyrda olov tufayli aholi tomonidan qoldirilib ketilgan koʻplab koshonalar jabr koʻrgan.
Shunga qaramasdan hukumat payshanba kuni ayrim okruglarda evakuatsiya buyrugʻini bekor qildi. Bu odamlarga qoldirib ketgan uylariga qaytish va zarar miqdorini aniqlashga imkon beradi. Shanba kuni oʻt oʻchiruvchilar olovning ayrim manbalarini nazoratga olishni uddalagan.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69090959 Нима бўлди?
...https://youtu.be/yeHPzKP-sAc
https://www.bbc.com/uzbek/world-69090959 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69090959 Нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-69087320 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-69087320 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69073269 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69073269 Мавзу қизиқ, тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-67954952 Батафсил илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-67954952 Воқеаларнинг сўнгги ривожи қизиқ.
...https://www.bbc.com/uzbek/world-67954952 Нима гап?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68488259
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2