Oʻzbekiston hukumati notarius, arxiv, gaz, elektr, suv taʼminoti tashkiloti va mahallada xizmatlarini joylarda yagona agentlik orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻymoqchi. "Yagona darcha" xizmatlari tarkibida Tezkor davlat xizmatlari agentligi tashkil qilinadi. Uni tashkil qilishda Seul shahri maʼmuriyatidan 10 ga yaqin mutaxassis ikki yil davomida yordam beradi.
Ushbu taklifni oldinga surgan Prezident Mirziyoyev bu borada Oʻzbekiston va Janubiy Koreya misollarini solishtirgan.
"Bizda davlat xizmatlari 25 ta boʻlsa, u yerda davlat xizmatlari 750 ta. Mana qanday ular oldinga ketib qolgan. Bizda bitta notariusning oldiga boring necha soat oʻtirasiz. Adliya vazirligiga boʻysinadigan noinsof xushi boʻlsa qabul qiladi. Xushlari boʻlmasa qabul qilmaydi. Shu kabi juda koʻp masalalar, odamlarning kayfiyatiga juda salbiy taʼsir qilmoqda", degan Mirziyoyev.
Prezidentning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda davlat xizmatlari agentligi faoliyatini yoʻlga qoʻyishda Janubiy Koreya poytaxti Seul shahar maʼmuriyati yaqindan yordam beradi.
"Seul shahri meri bilan aka-uka tutindik. Men Seul fuqarosi boʻldim. Endi men ham seni qoʻl koʻtarib saylashga huquqim bor, deb hazillashdim. Seulning hokimi juda oliyjanob inson. Bizga oʻzining 5-10 odamini 2 yilga beradi. Ikki yilda bu xizmatlarni Toshkentdan boshlab oʻrgansak. Hozir hammaning qoʻlida aypad bor, planshetlar hamma narsa bor. Endi u idoralarga borib boʻyin egib yurish zamoni oʻtdi", degan Prezident.
Prezident avvaliga ushbu qaror 15 kunning ichida Prezident qarori loyihasini kiritishni taklif qildi. Biroq nutqi davomida "ochigʻini aytsam, qaror tayyor, agar sizlar qoʻllasangizlar uni tezroq qabul qilamiz", deb aytdi.
Zalda oʻtirganlar ushbu taklifni oʻrnidan turib gulduros qarsaklar bilan kutib oldi.
"Bu nimadan dalolat, hamma narsa sizlarning ham jonlaringga tegib boʻlgan ekan-da", deb kuldi.
Oʻzbekistonda davlat idoralarida uzun va tartibsiz navbatlar haqida koʻp gapiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda notarius yoki boshqa xizmat xodimlarining qoʻpol muomalalari tushirilgan tasvirlarni uchratish mumkin.
Oldinroq Oʻzbekistonda nodavlat notarial idoralar oʻz faoliyatini 2018 yilning 1 yanvaridan qaytadan boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
2010 yil may oyida Prezident Islom Karimov farmoni bilan xususiy notariuslar faoliyati toʻxtatilgandi.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев