http://www.bbc.com/uzbek/world-42264087?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Rasmiy Ostona oʻz bayonotida Quddus shahrining maqomi yuzasidan kuchayib borayotgan tanglikdan xavotirda ekanini bildirdi.
Kecha - chorshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Quddusni "Isroilning poytaxti", deb eʼlon qilgandi.
Tashqi ishlar vazirligining bu xususdagi bayonoti bilan Qozogʻiston prezident Trampning bu qaroriga rasman va oshkora munosabat bildirgan birinchi Markaziy Osiyo davlati boʻldi.
Soʻnggi yangilik manzarasida Qozogʻiston barcha ishtirokchi tomonlarni ogʻir-bosiqlikka chaqirgan.
Quddusning shu paytgacha amalda boʻlgan maqomini saqlab qolishga tarafdorlik qilgan.
Falastin-Isroil mojarosiga BMT Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari va 2002 yilgi Arab tinchlik tashabbusi doirasida yechim topish mavqeiga sodiq qolishlarini bayon qilgan.
Ularda koʻzda tutilgan tamoyillarda esa, "ikki xalqqa ikki davlat" kabi yondashuv oʻz ifodasini topgan.
Aks-sado
AQSh Prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroilning poytaxti, deb eʼlon qilish qarori Saudiya Arabistoni doxil mintaqadagi eng yaqin ittifoqchilarining ham noroziliklariga sabab boʻlgan.
Saudiya Arabistoniga koʻra, bu - "asossiz va masʼuliyatsiz bir ish"dir.
Frantsiya va Buyuk Britaniya esa, Trampning mazkur qarorini dastaklamasliklarini aytishgan.
Afgʻoniston ham bu qaror mintaqaga tinchlik keltirish ishlariga xizmat qilmasligini aytgan.
Markaziy Osiyo davlatlari esa, hozircha ayni masala yuzasidan biror bir munosabat bildirishmagan. Rossiya ham jim.
Ammo Isroil Bosh Vaziri qaror berilgan kunni "tarixiy", deya olqishlagan.
Prezident Donald Trampning qilgan ishi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yaqin Sharqqa oid uzoq yillik siyosatini tubdan oʻzgartirib yuborgan.
Quddusning taqdiri Isroil va Falastin oʻrtasidagi eng ziddiyatli masalalardan biri hisoblanadi.
"Bunga toqat qilib boʻlmaydi"
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos prezident Donald Trampning chorshanba kungi qarorini keskin tanqid qilgan, bunga "toqat qilib boʻlmasligi"ni aytgan.
Payshanba kuni Gʻarbiy Sohil va Gʻazo Boʻlgasida falastinliklarning yirik norozilik chiqishlari kutilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi esa, mazkur masalani juma kungi favqulodda yigʻinida muhokama etadi.
Gʻazo Boʻlgasini nazorat etuvchi "Hamas" islomiy harakati juma kunini "Gʻazab kuni", deya eʼlon qilgan.
Trampning qarori Amerikaning mintaqadagi manfaatlari uchun "jahannam eshigini ochajagi"ni aytgan.
Aksariyat arab va musulmon davlatlari ham Amerika prezidentining qarorini qoralab chiqishgan.
AQShning Istanbuldagi konsulligi qarshisida ham allaqachon norozilik namoyishlari boshlanib ketgan.
Malayziya Bosh vaziri har bir musulmonni "Amerikaning mazkur qadamiga keskin qarshi ekanliklarini oshkora namoyish etish"ga chaqirgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi esa, buning "katta tashvishga arzigulik lahzalar" ekanini aytgan.
"Mazkur muammoning ikkita alohida davlatchilikdan boshqa muqobil yechim yoʻli yoʻq"ligini taʼkidlagan.
#bbcuzbek #Quddus #Isroil #Falastin #Prezident #Mahmud #Abbos #Donald #Tramp #Ostona #Malayziya #Amerika #AQSh #YaqinSharq #Istanbul #BirlashganMillatlarTashkiloti #BMT #Gʻarbiy #Sohil #Gʻazo #Boʻlgasi #Hamas http://www.bbc.com/uzbek/world-42264087?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Янги тафсилотлар.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950293 Воқеаларнинг сўнгги ривожи минтақада жиддий хавотирлар ва янги саволларни пайдо қилмоқда.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Вазиятга янги баҳо.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68950289 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68948888 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://youtu.be/SlmPrprM21U
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4