http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42224268?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bundan roppa-rosa 1 yil oldin - 2016 yil 4 dekabrida Oʻzbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev gʻalaba qozondi.
Bugun Oʻzbekistondagi Shavkat Mirziyoyev prezidentligining 1 yilligi sarhisob qilinganda, aksar tahlilchilar Oʻzbekistonda barcha sohalarda koʻplab ijobiy oʻzgarishlar yuz bergani holda mamlakat rahbariyati eʼlon qilgan hamma islohotlar ham koʻngildagidek bormayotganiga eʼtibor qaratishadi.
BBC Britaniyada chiqadigan dunyoning eng nufuzli jurnallaridan biri boʻlmish Economist muxbiri, Markaziy Osiyo boʻyicha tahlilchi Joanna Lillisga, Prezident Mirziyoyev boshqaruvining bir yillik ichki siyosatini qanday baholaysiz, degan savol bilan murojaat qildi.
Joanna Lillis: Albatta, Shavkat Mirziyoyev mamlakat prezidenti boʻlgan 1 yil davomida biz Oʻzbekistonda katta oʻzgarishlarning guvohi boʻldik. Prezident Mirziyoyev juda koʻp narsalarni oʻzgartirdi. U ommaviy axborot vositalariga koʻproq erkinlik berdi. Biz jamiyatda hali ham ayrim cheklovlar saqlanib qolayotganini koʻrsak-da, Prezident Mirziyoyev Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan muammolarni ochiq muhokama qilishga yoʻl ochib berdi. Biz yaxshi eslaymiz, ilgari Oʻzbekistonda ayrim muammolarning borligi haqida matbuotda gapirib boʻlmas edi. Hozirga kelib biz buni oʻzbekistonliklar ijobiy qabul qilayotganlarini koʻrmoqdamiz. Oddiy odamlarning oʻzlari muammolarni koʻtarib chiqmoqdalar. Bugunga kelib Internet sotsial tarmoqlari va boshqa joylarda muammolar muhokama qilinayotganini koʻrish mumkin. Iqtisodiyot sohasida ham Shavkat Mirziyoyev koʻp oʻzgarishlarga qoʻl urdi. Misol uchun, valyutaning "qora bozor"ini yoʻq qilish maqsadida qaror qabul qildi. Hozir oʻzbeklar bankdan naqd valyutani sotib ololmasalar-da, valyuta bozori oldingiga nisbatan erkin faoliyat yuritayapti. Prezident Mirziyoyev iqtisodiy juda faol isloh qilayapti. Biroq siyosiy islohotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashyapti.
BBC: Siz Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatini qanday baholaysiz?
Joanna Lillis: Bu yoʻnalishda ham biz juda koʻp oʻzgarishlarni koʻrdik. Men oʻylaymanki, butun Markaziy Osiyodagi insonlar Oʻzbekiston yangi rahbariyatining tashqi siyosatini ijobiy baholamoqdalar. Chunki juda koʻp ijobiy oʻzgarishlar yuz berdi. Xabarimiz bor, oldingi prezident Islom Karimovning tashqi siyosatida qoʻshnilari bilan muammolari koʻp edi. Shu bois Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan munosabati yaxshi emas edi. Shavkat Mirziyoyev prezident boʻlganidan keyin tashqi siyosat sohasida ham hamma narsani oʻzgartirdi. U qoʻshnilar bilan muloqot yoʻllarini izlash va munosabatlarni yaxshilashga ham faol kirishdi. Bundan oldin yopiq boʻlgan chegaralardan oʻtish-qaytish punktlari ochildi. Xususan, Fargʻona vodiysidagi Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan chegarasidagi nuqtalar yana faoliyat yurita boshladi. Shavkat Mirziyoyev oʻz prezidentligining boshidayoq oʻz tashqi siyosatida Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan munosabatlar ustuvor boʻlishi haqida eʼlon qilgandi. Buning ortidan Oʻzbekistonning qoʻshnilari bilan iqtisodiy hamkorligi ham kuchayayotganini koʻrish mumkin.
BBC: Ayni paytda Prezident Mirziyoyev siyosatiga ikki xil baho berilayotganini koʻrish mumkin. Yaqinda Oʻzbekistonda boʻlib qaytgan BBC muxbiri mahalliy inson huquqlari faolining shunday fikridan iqtibos keltirdi: "koʻpchilik boʻlayotgan ushbu erkinlashtirishlar kosmetik xarakterga ega hamda sarmoyalar va kreditlarni qoʻlga kiritish, cheklovlarni olib tashlash evaziga demokratiya koʻrinishini yasash uchun qilinmoqda degan xavotirda". Biz suhbatlashgan boshqa bir siyosiy tahlilchi fikricha, Prezident Mirziyoyev hokimiyatga kelar ekan, vaziyatning inqirozli ekanini juda yaxshi bilgan va Oʻzbekiston oʻz xalqining potentsialini ishga solib mamlakat rivojlanish relsiga oʻtib olmasa ertami-kechmi aniq ijtimoiy-siyosiy portlash roʻy berishini yaxshi anglagan. U demokratik islohotlarni chin dildan istaydi, biroq jamiyatdagi oʻzgarishlarni xohlamaydigan konservatorlar Prezident Mirziyoyev islohotlariga toʻsqinlik qilmoqdalar. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
Joanna Lillis: Birinchidan, shuni aytish lozimki, chindan ham Oʻzbekistondagi hozirgi islohotlar dekorativ xarakterga ega, degan fikrlar mavjud va qaysidir maʼnoda bu toʻgʻri ham. Men Mirziyoyev Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi imidjini yaxshilab sarmoyalarni jalb qilishni xohlaydi, degan fikrdaman. Shuning uchun ham u Oʻzbekistonning xalqaro imidjini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrayapti. Buning ortidan qaysidir sohalarda yaxshilanish yuz berayapti. Shunday boʻlsa ham Mirziyoyev islohotlar borasida qaysidir nuqtadan nariga oʻtishni xohlamasligi mumkin. Misol uchun, siyosiy islohotlar borasida. U siyosiy tuzumni butkul isloh qilishni istamasligi mumkin. Biz Oʻzbekistonda hozir chin muxolif partiyalar yoʻqligini yaxshi bilamiz. Hozircha Oʻzbekistonda haqiqiy erkin saylovlar boʻlgani yoʻq. Bunday vaziyat yaqin orada oʻzgaradi, deb oʻylamayman. Shu sababdan ham Oʻzbekistondagi hozirgi oʻzgarishlar dekorativ xarakterga ega, degan gapda jon bor. Dekorativ boʻlsa ham odamlarning real hayotlarida oʻzgarishlar boʻlayotgani kuzatilayapti. Mirziyoyevning islohotlariga qarshilik boʻlayaptimi, degan savolga kelsak, men ham qarshilik bor, deb oʻylayman. Chunki Oʻzbekistonda status-kvo ahvoli saqlanib qolishidan manfaatdor boʻlgan kuchlar mavjud. Misol sifatida Milliy Xavfsizlik xizmatini tilga olish mumkin. Mirziyoyevning islohotlariga toʻsqinlik qilayotgan boshqa kuchlar ham bor. Lekin oʻzi istagan maqsadiga erishishi yoʻlida, oʻziga boʻlayotgan bu qarshiliklarni yengib oʻtishda Prezident Shavkat Mirziyoyev naqadar kuchli? Hozircha biz u oʻz siyosatini davom ettirishga muvaffaq boʻlayotganini, oʻziga qarshilik qilayotgan boʻlsalar ham boshlagan islohotlarini davom ettiraverishga oʻzida kuch topa olayotganini koʻrmoqdamiz. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42224268?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #ШавкатМирзиёев #ўзбекистон #узбекистан #ShavkatMirziyoyev #OZbekiston
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев