http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42215572?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 16 noyabr kuni Toshkent shahar militsiyasi tomonidan ushlab ketilgan 3 dindordan ikki nafari 1 dekabrda qoʻyib yuborildi.
Biroq ularga nisbatan tergov ishlari toʻxtatilmagan. Musharraf Xudoyberdiyeva qamoqdan chiqqan oʻgʻli Oyatullo Usmonov tushkun kayfiyatdaligini va joniga qasd qilar holatga tushib qolganini aytadi.
Materialni BBC O'zbek xizmatining YouTube dagi kanalida tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=vAAckJ7jIjI&feature=youtu.be Yaqinlari 35 yashar Oyatulla Usmonov va 23 yoshli Nasrullo Aʼzamovlarning nimada ayblanayotganidan bexabar qolmoqda.
Ochiqlikka chiqib tergovga qatnayotganlarning yaqinlari BBCga farzandlarining taqdiridan xavotir olishayotganini aytdi.
"16 noyabr kuni ROVDga olib ketishgan, peshinda GUVDga olib borishgan. Oʻsha kuni yarim tunda 12:30 sudya olib kelishgan va kichik bezorilik qildi, deb 15 sutkaga qamashgan. Biz kechasi 12 da Panelniyga yugurib bordik. U yerdagilar bizda bolalarimizni roʻyxatda turibdi, ammo GUVDda saqlanayotganini aytishdi. Biz har kuni Panelniydan xabar olib turdik. Roʻyxatda bor, ammo oʻzlari yoʻq edi. Tergov qilishyaptimi, deb soʻrasak, yoʻq suhbatda deb javob berishdi", deydi Nasrullo Aʼzamovning onasi Dildora Aʼzamova.
Dildora Aʼzamovaning oʻgʻli 1 dekabr kuni 15 sutka qamoqda oʻtirganidan soʻng ochiqlikka chiqqan. Nasrullo Aʼzamovning onasi oʻgʻli kamgap boʻlib qolganini va 15 sutka GUVDda qiynoq boʻlganmi, degan savoliga javob bermayotganini aytadi.
Nasrullo Aʼzamov 1 dekabr kuni ozodlikka chiqqan boʻlsa-da, unga nisbatan tergov tugamagan, pasporti qaytarib berilmagan. Biroq uning yaqinlari Nasrullo nimada ayblanayotganini hamon bilishmayapti.
1 dekabr kuni Musharraf Xudoyberdiyevaning 35 yoshar oʻgʻli Oyatulla Usmonov ham 15 sutkalik qamoqdan soʻng ozodlikka chiqdi. Biroq uning ham shaxsini tasdiqlovchi pasporti Uchtepa tuman IIB Terrozimga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan olib qoʻyilgan. Oʻzi esa tergovga chaqirilmoqda.
Oʻgʻli ochiqlikka chiqqan boʻlsada Musharraf Xudoyberdiyevaning koʻngli yorishmagan. Oʻgʻlidan ichkarida uni kaltaklashgani haqida soʻraganda, urdi demagan, ammo sakkiz kun teginishmaganini aytgan.
Musharraf Xudoyberdiyeva farzandi aytmayotgan boʻlsa ham uni Toshkent GUVDsida dahshatli qiynoqlarga tutishgani va tahdid qilishgan boʻlishi mumkinligini aytadi.
"Hozir shu oʻgʻlim, oyi boshqa toqatim yoʻq, deyapti. Olib chiqib shartta otib tashlasa qutilardim, dedi. Mana shunaqa darajaga olib kelishgan. Oʻzimni bir narsa qilib qoʻyaman, deydi. Qoʻrqayapman. Nima boʻlganligini aytmayapti. Oldin ham tez-tez chaqirtirib, hali Uchtepa, hali GUVDda tergov qilaverishgani uchun shunaqa toqati qolmadi. Endi aytayapdi, ona 19 yil boʻldi. 16 yoshda edim. Yashagim ham kelmay qoldi. Shartta benzin quyib oʻzimni yoqib yuboraman, deydi. Voy Xudo asrasin, dedim. Mana shunaqa qilsa, nima qila olaman. Toʻgʻrisi qoʻrqib ketayapman. Shirindan shirin toʻrtta bolangni oʻyla, deb koʻnglini koʻtarishga harakat qilyapman", deydi Musharraf Xudoyberdiyeva.
Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasidan BBC izoh olishga harakat qilmoqda. Biroq samara bergani yoʻq.
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 aprelida chiqargan "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni asosida tashkil qilingan.
Oldin Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi vazirlikdagi bitta tarkibiy boʻlinma boʻlgan boʻlsa, farmon asosida ular ikkita alohida boshqarmaga aylantirilgan.
BBCga gapirgan oʻzbekistonliklar ushbu boshqarma Oʻzbekistonda qiynoq qoʻllovchi maskanga aylanib borayotganini aytadi.
Toshkentlik Aziza Uzoqova BBCga bergan intervyusida aytishicha, GUVDga borgan mahal onasining qiynoqqa tutilganini oʻz quloqlari bilan eshitgan.
Onasi unga ukasi Muhammad Amin Abdurahmonov hamda singlisi Umida Uzoqovalarni boshqa-boshqa xonalarda ovozini unga eshittirib, tuni bilan qiynab chiqishganini aytgan.
Navoyidagi bir guruh ota-onalar ham boshqarma tergovchilari farzandlarini dahshatli qiynoqlarga tutib, ayblov koʻrsatmasiga qoʻl qoʻydirib olganini aytishadi.
Prezident Mirziyoyev 30 noyabr kuni tergov davomida qiynoq asosida olingan koʻrsatmalarni inobatga olmaslik va qiynoq qoʻllaganlarga nisbatan jazo qoʻllashga doir farmon chiqardi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42215572?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
Неймар “Реал” президенти Флорентино Перес билан 2019-йилда мадридликлар сафига ўтиши ҳақидаги келишувга эришган, дея хабар бермоқда Don Balon.
Бразилиялик футболчи шу йил ёзида “Барселона”дан 222 миллион евро эвазига “ПСЖ”га ўтган эди.
Манба: penalti.uz