http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42188082?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit "Oʻzbekiston Havo yoʻllari" kompaniyasi xabar qilishicha, Janubiy Koreyadagi "Inchxon" xalqaro aeroportining ikki konsultanti Toshkent aeroportida ikki oy ishlaydilar.
Ularning maqsadi, Toshkent aeroportining xalqaro terminali faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishdir.
Oʻzbekistonning tashqi dunyoga yuzi hisoblangan Toshkent aeroportidagi ahvol uzoq yillardan buyon tanqidlarga tutib kelinadi.
Xorij matbuotida eʼlon qilingan dunyoning eng yomon aeroportlari roʻyxatida Toshkent aeroporti ham borligi koʻplab oʻzbekistonliklarning xafa qilgani rost.
Mehmondoʻstligi bilan tanilgan Oʻzbek xalqining asosiy havo bandargohidagi xizmatlar sifati bu taʼrifga butkul teskari ekani ham koʻp bora aytilgan.
Koreys mutaxassislari bilan birga oddiy oʻzbekistonliklarning "nega aeroport aravachasi pulli" degan savollariga javob topilsa va Toshkent aeroporti imidjini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi haqidagi takliflariga ham quloq tutilsa yaxshi boʻlardi.
Siz bunga nima deysiz? http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42188082?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев