http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42072913?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit AQShda sakkiz kishining oʻlimiga sabab boʻlgan hujumchi, asli oʻzbekistonlik Sayfullo Soipov oʻziga qoʻyilgan terrorchilik va qotillikka doir ayblovlarni tan olmagan.
Soipov AQShga 2010 yilda Oʻzbekistondan kelgan.
Unga nisbatan terrorchilik va qotillikka doir 22 ta ayblov ilgari surilmoqda.
Ular orasida IShIDga moddiy yordam berishga doir ayblov ham bor.
Soipov 31 oktyabr kuni hujumdan keyin qoʻlga olingandi.
Unga qoʻyilayotgan ayblovlar isbotini topsa, Soipov oʻlimga hukm etilishi ehtimoli bor.
Ammo qoralovchilar oʻzbekistonlik hujumchiga nisbatan qanday jazo istashlarini ochiqlashgani yoʻq.
AQSh prezidenti Tramp bir necha marta Soipovni oʻlimga hukm etish kerakligini urgʻuladi.
Soipov mahkama qarshisida toʻq koʻk rangli qamoqxona kiyimida paydo boʻlgan.
Oyoqlariga kishan solingan.
Mahkama tayinlagan advokat oʻz navbatida mijozining ayblovlarni rad etganini aytgan.
Mahkama Soipov ishini koʻrib chiqishni 23 yanvarda davom ettiradi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42072913?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://youtu.be/SlmPrprM21U
https://youtu.be/VM0fRY8JMvI
https://www.bbc.com/uzbek/world-68919530
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 24